www.ziyouz.com
kutubxonasi
111
bo‘ldi. Yo‘lni bilmasa ham, qo‘rg‘onni mo‘ljalga olib yo‘lga tushdi. Yerga tegib ovozi
eshitilmasin deb qilichini baland ko‘tarib, oyog‘ini asta-sekin bosardi. U qo‘rg‘onga
yaqinlashdi. Qo‘rg‘on baland, tepa ustida minoralar bor edi. U yerda darvoza tepasidagi
katta minoradan bo‘lak hech yerda chiroq ham yo‘q, ovoz ham eshitilmaydi. Shu yagona
chiroq yorug‘i ham juda zaif edi.
Zirg‘om tuproqqo‘rg‘onga yaqinlashganda, g‘ivirlagan bir harakat sezdi-da, qilichining
dastasidan ushlagan holda o‘rnidan irg‘ib turdi. Shu payt qilich yalang‘ochlagan o‘n
chog‘li kishi ko‘z ochib-yumguncha toshlar orqasidan chiqib uni qurshab olishdi. O‘zining
qo‘lga tushganini payqagan Zirg‘om qilichini qindan sug‘urdi-da, qattiq bir na’ra tortdi.
O‘limni pisand qilmaydigan bu dovyurak yigit o‘ng va chap tomonga sher kabi
tashlanardi. Ular esa arslondan qo‘rqqan kiyikdek, oldiga tushib qochishardi. Zirg‘om
ular ketidan beparvogina chopardi. U birdan xandaqqa ag‘darildi, qo‘lidan qilichi tushib
ketdi. Uning ikki oyog‘i bilan yelkasi atrofi arqon tashlandi va uni xandaqdan tortib ola
boshlashdi. Zirg‘om hayqiriq-suron, do‘pir-do‘pir ovozlarini va Vardonning «men shu
yerdaman» degan tovushini ham eshitdi. Bu yerdagilar Zirg‘omni poylab turish uchun bir
kishini qoldirib, Vardonning tovushi chiqqan tomonga yugurishdi. O‘z odamlari olisdan
yordamga kelganini tushungan Zirg‘om sherga o‘xshab bir na’ra tortdi-da: «Vardon,
mana bu arqonlarni uz!» deb qichqirdi.
Ko‘z ochib-yumguncha fursat o‘tmasdan Vardon yugurib kelib, arqonlarni kesdi. U
arqondan bo‘shanib olgandan keyin, qilichini ushlagancha xurramiyalarga hujum qildi,
ulardan o‘ldirganini o‘ldirdi, qolganlari tumtaraqay qochib qoldi. Salgina vaqt o‘tmay
xurramiylar ketib hamma yoq bo‘shab qoldi. Keyin Zirg‘om o‘z odamlariga: «Qo‘rg‘on
tomon hujumga!» deb baqirdi. U gapini tugatmasdanoq xuddi tog‘ yiqilayotgandek
qo‘rqinchli bir ovoz eshitildi. Vardonning: «Xojam, o‘zingizni chetga oling, ular tog‘ning
tepasidan turib katta toshlar yuklangan aravalarni yumalatishyapti. Toshlari ustimizga
tushadi, uni shijoat bilan daf qilib bo‘lmaydi», — degan ovozini eshitdi.
Urush va nayza sanchishdan qo‘li toliqqan Zirg‘om o‘zini chetga oldi. Vardon uni
ogohlantirmaganda, toshli aravalardan bittasi ustiga tushib, mayda-mayda qilib
yuborishi hech gap emasdi. Chunki ozgina o‘tmasdan, aravalar qattiq sel yoki jaladek
yuqoridan yog‘ilib keldi. G‘ildiraklar yumalab-yumalab, qo‘rg‘onga kelib taqalaverdi.
Ularga osilib, qo‘rg‘onning tepasiga chiqish mumkin bo‘lib qoldi. Uni ko‘rgan Zirg‘om:
«Qo‘rg‘onga hujumga», deb kishilariga buyruq berdi. O‘zi qilichini yalang‘ochlab,
kishilarining oldiga tushib yugurdi. O‘zi chiqib ulgurmasdanoq, qo‘rg‘onning tepasi
qo‘liga o‘q-yoy ushlagan kishilari bilan liq to‘ldi. Raqib tomon hujum qilayotganlarni o‘q-
yoy bilan otsa ham, ular parvo qilmay olg‘a intilishaverdi. Zirg‘om ularning oldida bo‘lib,
boshidan qalpog‘i tushgan, uzun ust kiyimi va chalvori yirtilgandi. Uning darvoza
yonidagi aravalardan biriga chiqib, undan qo‘rg‘onga oshib tushmoqchi bo‘layotganini
Vardon ko‘rib, u ham o‘shanday qildi. Shu payt qo‘rg‘on darvozasi ochilib, undan
xurramiylardan bir guruhi chiqdi-da, aravani va aravadagilarni qurshab oldi, Zirg‘om
bilan Vardonning ustiga arqon tashladi. Ular bir aylanib, qilich bilan arqonni kesishdi-da,
Zirg‘om ularga: «Pastkashlar! Qilichlar qaerda qoldi, biz bilan arqon urushi
qilmoqchisizlar?» — deb baqirdi.
Zirg‘omga hech kim javob qilmadi, u arava ustida turib qilich o‘ynatardi. Shu payt birdan
arava yog‘ochidan oyog‘i toyib ketib, quladi-da, boshi bir toshga urildi. Uni ko‘rgan
Vardon o‘zini unutib, u bilan ovora bo‘lib qoldi. Bu holdan foydalangan dushman
askarlari ularning ustiga yopirilib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lashdi va qo‘rg‘onning ichkari
tomoniga olib borib, darvoza tepasidagi minoraga chiqarib, soqchilar boshlig‘ining oldiga
tashlashdi. Boshliq Zirg‘omni hushiga keltirish uchun ustidan suv septirdi. U o‘ziga
kelgach, qilichini qo‘liga ushlashga va sakrab turishga harakat qildi. Lekin qo‘l-oyog‘i
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |