www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
— Xotinlar qasrida bo‘lsa kerak. Chunki u kechasi o‘sha yerda bo‘ladi, kerakli vaqtda
Bobakning qasriga chiqadi.
Zig‘rom siqiq joydan keng yerga chiqqandek bir xo‘rsindi, undagi umidsizlik o‘rnini
umidvorlik egalladi. U ketmoqchi bo‘lib turib, o‘zining yirtilgan kiyim-boshlariga qaradi.
Uni Hammod to‘xtadi:
— Bu kiyimlaringni yechib, xurramiylar kiyimini kiyib ol. Odamlar sendan shubha
qilishmasin. Vardon ham shunday qilishi kerak. Ertaga ertalab ayollar qasriga chiqasiz.
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Ertagacha chiday olamanmi?.. Qanday qilib chidayman. Xo‘p, sabr qilgan bo‘lay,
shahar ham chidab tura oladimi? Musulmonlar uning butun atrofini o‘rab olishgan.
Hademay uni fath etishadi. Hali seni bundan xabaring yo‘qmi?
— Fath etishlari mumkin. Bu men uchun yangilik emas. Chunki o‘zim Bobakning
qo‘mondonlaridanman. U ba’zi ayg‘oqchilaridan sizlarning shu darvoza tomondan hujum
qilishlaringizni eshitib, bu kecha undan xabardor bo‘lib turishni menga topshirdi. Shunga
binoan men kechqurun kelib soqchilarni qo‘ydim. Yaqinlashganlaringni ko‘rib, sizga
hujumni boshlashni ularga buyurdim. Natijani o‘zing ko‘rding. Mayli, o‘tgan ishga
salavot, kel, kiyimlaringni o‘zgartir! Sen ham kiyimlaringni almashtirib ol, — deb
Vardonga qaradi. Ammo Vardon boshini yerga eggancha xayolga cho‘mgandi.
— Ie, birodar, senga nima bo‘ldi? Nega buncha xayol surib qolding? Yo sen ham bizning
dardimizga yo‘liqqanmisan?
Vardon bir xo‘rsindi-da:
— Ha, mening ham o‘zimga yarasha dardim bor. Dardimni xotinlar qasriga yetganimizda
bilasan. Hozir, «tezroq qasr tomonga chiqaylik», degan Zirg‘omning fikriga men ham
qo‘shilaman, — dedi.
Ularning gapiga Hammod «xo‘p» dedi. Ular xurramiyalar kiyimini kiyib, hammalari birga
chiqishdi. Hammod o‘zi qaytib kelguncha darvozani muhofaza qilib turishni odamlarga
topshirdi. «Bu ikki asir shu kecha ushlangan asirlar bilan birga mening huzurimda
saqlanadi», deb ularning ko‘nglini xotirjam qilib qo‘ydi. Keyin u qo‘rg‘ondan Bazzga
tikilib qaradi: Hamma yoq chirog‘lar bilan yoritilgan, shaharning o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur
ovozi eshitildi. Odamlarini chaqirgandi, hech biridan darak bo‘lmadi. Keyin u o‘z xodimini
chaqirib: «Odamlar qaerda?»— deb so‘radi.
— Hujum qilish uchun chalingan do‘mbira ovozini eshitmadingizmi? — javob qildi xodim.
«Yo‘q, eshitmadim», — hayron bo‘ldi Hammod. U Zirg‘om va Vardon bilan gapga
alahsib, do‘mbira ovozini eshitmay qolgandi.
Xodim qo‘shimcha qildi:
— Do‘mbira chalindi, kishilar tezda to‘planishdi, ularga sharq tomondagi darvozani
mudofaa qilish to‘g‘risida buyruq berildi. Chunki, aytishlaricha, eng katta sarkardaning
qo‘mondonligida musulmonlar hujumga o‘tgan emish.
— U katta sarkarda Afshinning o‘zimikin?
— Bilmadim, — dedi xodim.
Vardon bilan Zirg‘om ikkalasi Afshinning lashkargohiga qarashdi. Uch yerga yoqilgan
o‘tni ko‘rgach, hujum boshlangani aniqligiga ishonishdi, Zig‘rom: «Qani, qasr tomon
yuraylik», — dedi.
* * *
Hammod, Zirg‘om va Vardon xurramiylar otidan uchtasiga minib, ayollar qasri tomon
choptirib ketishdi. Shahar xalqi to‘polon, g‘ovur-g‘uvur ichida o‘zini mudofaa qilish uchun
qurol ko‘tarmagan bironta odam qolmagan. Ular Hammodni ham, hamrohlarini ham
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |