www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
Vardon uning gapini bo‘ldi va xalifaning: «Yoqutani xotin qilib ol», deb Zirg‘omga
buyurgani, Zirg‘om esa: «xotin qilib oldim», deb xalifani aldab chalg‘itib yurganini
so‘zladi. Shunda Hammodning mardligi tutib:
— Shunday qilgan kishining qaylig‘ini topish uchun jonimni fido qilsam arzimaydimi? —
dedi.
— Bo‘lmasa, men ham sen bilan birga boraman, — dedi Vardon. — Chunki u
mamlakatni, tilini va yo‘llarini yaxshi bilaman.
Hammod ko‘nmadi:
— Ikkalangiz ham shu ishni qo‘yinglar, yolg‘iz o‘zim boraman, xayr, ketdim, — deb
chiqib ketdi.
Zirg‘om bilan Vardon qoldi. Zirg‘om gap boshladi:
— Tavba, bu tushimmi, o‘ngimmi? Bugun bilan kecha kechqurun o‘rtasidagi farq umid
bilan noumidlik o‘rtasidagi farq bo‘lsa, lekin...
Vardon uning gapini bo‘ldi:
— Ammo men bo‘lsam, do‘zaxdan jannatga ko‘chib o‘tgandek bo‘lyapman. Negaki, men
xotinimni juda ham sevardim. Bu yirtqichning vahshiyligi shungacha bordiki, u o‘ziga
nikohlab olish uchun xotinimni taloq qilishimni talab qilib turib oldi. Men qabul
qilmaganimdan keyin, askar yuborib, xotinimni zo‘rlik bilan oldirib ketdi. Ilohim, beting
qaro bo‘lgur, xotinboz majusiy! Agar qo‘limga tushsa, qonini simiraman.
— Ehtimol, u Afshinning qo‘liga tushgandir. Hozircha sen bilan men nima gapligini
bilmaymiz. Qani, ketdik, lashkargohga boramiz, — dedi Zirg‘om.
BOBAKNING HALOK BO‘LISHI
Afshin askarlarini hujumga mohirona tayyorlab qo‘ygani uchun Bazzni osonlik bilan fath
etdi va xurramiylardan ko‘zga ilinganini qatl qildi. Bobakning xotin va bola-chaqalarini
asir oldi. Ammo Jahon bilan Haylona shaharda bo‘lmagani uchun ularni qo‘lga tushirish
imkoni bo‘lmadi. U butun shaharni yondirib bo‘lgach, Bobakning qochib ketganini
aniqladi. Afshin Ruz-Arruzdagi qarorgohiga qaytdi. Jahonni qo‘lga kirita olmagani, hatto
uning qaerdaligini ham bilmagani uchun qayg‘urdi. Somonning aytgan gaplaridan
ikkilanib: «Mabodo, Jahonni uning o‘zi biror yerga qochirmaganmikin», degan xayolga
ham bordi.
Afshin asir olgan kishilar ichida arablar, forslar va qishloqdagi atoqli kishilar, boylar ko‘p
edi. Ularning hammasini katta bir maydonga to‘plab, o‘z qarindoshlariga xat yozishlarini
buyurdi. Kim kelib «falonchi asir menga tegishli», deb da’vo qilsa va o‘z da’vosining
to‘g‘riligiga ikkita guvoh keltira olsa bas. U asir ayolmi, bolami, qizmi, kimligidan qat’i
nazar, egasi olib ketaverishga ruxsat berildi. Shu yo‘sinda ko‘p kishilar asirlikdan ozod
etildi.
Afshin Armanistondagi amir va poplarga Bobakning qochgani to‘g‘risida xat yozdi va o‘z
chegaralarini ehtiyot qilishni, Bobakning yo‘llarini kuzatib turishni iltimos qildi. Zirg‘omni
o‘ldirilgan deb o‘ylab, g‘aflatda qolgani uchun Afshin ancha qayg‘urdi. Chunki uni ko‘tarib
ketayotganlarini ko‘rdik, o‘likmi-tirikmi bila olmadik, har holda, asir olingan yoki
o‘ldirilgan, deb farg‘onalaliklardan kimdir Afshinga ma’lumot bergan edi.
Ertasiga Zirg‘om Vardon bilan birga musulmonlar turgan lashkargohga bordi. Afshin uni
yaxshi qarshi olib, jangdan sog‘-salomat chiqqanligi bilan muborakbod qildi, o‘zining
qora niyatini yashirmoq uchun: «Hujum qilingan kechada ko‘p botirlik ko‘rsatding», deb
Zirg‘omni maqtagan bo‘ldi. Keyin uni muhim ishlarda, xususan Bobakning qochganligi
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |