www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
tushdi. Jahonni topib kelish uchun xalifa yuborgan g‘ulom lashkargohga kelganda, ular
bu yerdan chiqib ketganiga bir necha soat bo‘lgandi.
Zirg‘om esa Vardon bilan Hammodning bedarak yo‘q bo‘lib ketganidan tashvishlanib,
nima qilishini bilmay, hayron bo‘lib qoldi. Ular bir falokatga uchragan bo‘lmasin, deb
qo‘rqdi: «Afshin ularni bir baloga yo‘liqtirgan bo‘lsa-ya»,— degan xayolga ham bordi.
Askarlar o‘lja va asirlarni sotish bilan Ammuriyyada bir necha kunni o‘tkazishdi. Mollar
ko‘p bo‘lgani uchun yahudiy savdogarlari undan ko‘p foyda topishdi. Undan keyin
askarlar shaharni vayron qilish, qo‘porish bilan yana bir necha kun qolib ketishdi.
Shaharliklardan ko‘p odam qirib tashlandi. Pop Notis esa o‘zidan-o‘zi ularga taslim bo‘ldi.
Hamma ishlar saranjom topgandan keyin Mu’tasim Somurroga qaytishga farmon berdi.
Zirg‘om esa benihoya tashvishda. U o‘z sevgilisini Somurroda uchratish niyatida u yerga
qaytayotganlar bilan birga yo‘lga tushdi.
Yo‘lda Zirg‘om qarshi tomondan kelayotgan otliq kishilarga ko‘zi tushdi Ularni ko‘rishi
bilanoq yuragi hovliqib ketdi, chunki otlar orasidagi bittasi Vardonning oti ekanini
payqadi. O‘sha yo‘lovchilarga yetib olish uchun otiga qamchi bosdi. Ularga
yaqinlashganda ikki kishini — Vardon bilan Hammodni tanib: «Vardon!» deb baqirdi.
— Labbay! — dedi Vardon, uning ovozida shodlik va zafar ohangi yangrardi.
Zirg‘om:
— Qaerda edinglar? Men sizlardan juda tashvishlandim, — dedi.
Vardon:
— Somurroga borib kelyapmiz.
Zirg‘om:
— Nima uchun bordinglar u yerga?
— Ikki kelinni u yerga olib borib, tashlab kelyapmiz.
— Qaysi kelinlarni aytyapsan?
— Jahon bilan Haylonani.
— Qanday qilib? Gapir, tezroq gapira qolsang-chi!
— Qarasam, sen Afshinga yalinadigan ko‘rinding. U bilan gaplashadigan bo‘lsang ham,
xalifa oldida gaplashasan. U esa senga chap bermoqchi: Jahon bilan Haylonani qaergadir
olib qochmoqchi. Shu ishdan g‘aflatda qolgudek bo‘lsak, ularni qidirib topishga umr
kifoya qilmasdi. Senga bildirmasdan bir kuch ishlatish kerak degan fikr keldi ko‘nglimga.
Chunki senga bildirsam, «askarlar orasida g‘avg‘o chiqmasin», deb turib olasan. Jahon
bilan Haylonani olib qochishni Afshinga Somon maslahat berganini ham bilgandim.
Shuning uchun Somonni ham qo‘shib, qizlarning ikkalasini zo‘rlik bilan olib ketishga
Hammod bilan so‘z biriktirdik va shu ishni bajardik. Mena ikki kelinni Somurroga olib
borib, Sohibning uyiga joyladik. Somonni esa sen yetib borguningcha, qamoqxonaga
qamatib keldik.
Zirg‘om bir tomondan sevinsa ham unga:
— Afshin bilan kelishgan va’damizda tursak yaxshi bo‘lmasmidi? U xalifa oldida
Somurroga yetib borgan zamonamiz to‘y qilib yuboramiz, deb menga va’da bergan
edi,— dedi.
Vardon:
— Afshin Jahonni Somurroga yuboraman, degan ga-pini chin deb ishonganmiding? —
dedi-da, Hammodga qa-rab.
— Do‘stim, sen Yoqutani ko‘rib sevingani bo‘lsang kerak deb o‘ylayman, lekin nimaga
yana qaytib kelyapsan? — deb so‘radi.
— Sen bilan birga bo‘lish va xizmatimni to‘liq ado etish niyatida qaytib kelyapman.
Askarlar qo‘shlama tarzida yo‘lda bormoqda. Zirg‘om esa Mu’tasim yonida, uning
qo‘shilmasida bormoqda. Kech kirgach, ular dam olish uchun mazgilga tushib, yuklarni
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |