2-§. «Ekologiya huquqi» tushunchasi, predmeti,
vazifalari va tizimi
Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli fanda yangi
ta’limotni – «ekologiya»ni yuzaga keltirdi. «Ekologiya» so‘zi fanga
nemis biolog olimi Ernest Gekkel (1866–1869-yillarda) tomonidan olib
kirilgan. E.Gekkel Ch.Darvinning tirik organizmlarning evolyutsion
rivojlanish qonuniyatlarini keng tatbiq etib, 1866-yil 14-sentabr kuni
o‘zining «Umumiy morfologiya» nomli kitobiga ekologiya haqidagi
o‘zining ilk fikrlarini bayon etadi. Ekologiya so‘zini fanga olib kirishga
XIX asrning ikkinchi yarmida eng rivojlangan va Yevropaning aksariyat
davlatlarida sanoat, ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanishi natijasida,
atrof tabiiy muhit holatining keskin yomonlashuvi, ekologik inqirozning
yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar hayoti bilan shug‘ullanuvchi
aynan biologlarni tashvishga solishi asosiy sabab bo‘ldi va yangi fanni
olg‘a surishga asos bo‘ldi.
Shunday qilib, «ekologiya» tushunchasini asosan ikkiga bo‘lib
o‘rganamiz. Tor ma’noda o‘rgansak, uyimiz haqidagi ta’limotga, keng
ma’noda esa, tirik organizmlar yashaydigan makon haqidagi ta’limotga
ega bo‘lamiz. Shuningdek, bu tushuncha fan sifatida tirik organizm-
larning o‘zaro va ular atrofini o‘rab turuvchi tabiiy muhit bilan
munosabatlar yoki aloqadorlik qonuniyatlarini o‘rganadi.
«Ekologiya» so‘zining grekcha lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan
bo‘lsak, «oikos» – «uy», «turar joy» va «logos» – «ta’limot» yoki keng-
roq ma’noda «tabiatda qanday jamiyat bo‘lishidan qat’i nazar, tirik
organizmlar (mavjudotlar) yashaydigan makon haqidagi ta’limotdir».
«Ekologiya» tushunchasi amaliyotga juda sekinlik bilan kirib keldi. XIX
asrning oxiri – XX asrning boshlarida ingliz fiziologi I.Berdonsanderson
hamda amerikalik olimlar S.Farbe va K.Shreterlar ekologiya to‘g‘risida
o‘zlarining fikr va ta’limotlarini yozdilar. Ekologiya XX asrning
boshlariga kelib fanning mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Keyinchalik
ekologiya xususida AQShda 1913-yilda Ch.Edamsning «Hayvonlar eko-
logiyasini o‘rganishga oid qo‘llanma»si, ingliz zoologi Ch.Eltonning
«Hayvonlar ekologiya»si, Rossiya ekologiya maktabining asoschilaridan
zoolog olim D.N.Kashkarevning «Hayvonot ekologiyasi asoslari» kabi
kitoblari chop etildi.
Umuman olganda, ekologiya huquqining fan sifatida shakllanishida
huquqshunos olimlarning xizmatini alohida ta’kidlash zarur. Mazkur
fanning asoschisi sifatida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat
16
universitetining yer va kolxoz huquqi kafedrasi mudiri N.D.Kazansev-
ning xizmati katta bo‘lgan. Ekologiya huquqi dastlab, «Tabiatni huquqiy
muhofaza qilish» nomi bilan 1960-yilning sentabr oyidan Qozon
universitetida, 1973-yildan boshlab M.V.Lomonosov nomidagi Moskva
davlat universitetida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan.
Ekologiya huquqi O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtla-
rida alohida fan tarmog‘i sifatida 1980-yildan boshlab o‘qitila boshlandi.
Demak, ekologiya huquqi huquq tizimining yagona bir tarmog‘i
hisoblanib u tabiat, jamiyat va umuman insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro
ekologik munosabatlarni tartibga soladi, uning huquqiy-ekologik prinsip-
larini, normalarini o‘rganuvchi fan sifatida shakllanib boradi. Chunki,
inson tabiatdan foydalana borib, uning geografik muhitini o‘zgartiradi,
tabiiylikka putur yetkazib, rivojlanish muvozanatini buzadi, tabiiy
jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ekologik salbiy ta’sirning
oqibati esa tabiatdagi o‘zaro mutanosiblikka zarar yetkazib, biosfera va
inson o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun
ham tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi muvozanat me’yorini saqlab
qolish, ona tabiatdan va uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni
muhofaza qilishga juda katta e’tibor berish insoniyat oldidagi dolzarb
vazifa bo‘lib qoladi.
Zero, hozirgi sharoitda, tabiatni muhofaza qilish, ekologik
muammolarni hal etish, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurash
insoniyatning ongli faoliyati bo‘lmog‘i lozim.
Shunday ekan, ekologiya huquqi tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi
mavjud qonuniyatlarni ochib beradi, boshqa ekologiya huquqi institut-
larini kengroq o‘rganish uchun nazariy asos hisoblanadi, ekologik
siyosatning shakllanishiga va rivojlanishiga keng ta’sir ko‘rsatadi,
ekologik-huquqiy ong va tafakkur hamda ekologik-huquqiy ma’naviyat
va madaniyatning negizini yaratadi.
Ekologiya huquqining huquq tizimida mustaqil fan tarmog‘i sifatida
tan olinishi uning predmeti va metodiga oid maxsus belgilaridir. Ekologiya
huquqi fanining predmeti u o‘rganadigan masalalarning majmui
hisoblanadi. Demak, ekologiya huquqi fanining predmeti – tabiat, jamiyat
va insoniyat (kishilar) o‘rtasidagi o‘zaro tabiiy mutanosiblikni saqlash
hamda ekologik huquqiy munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.
Ekologiya huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan o‘zining subyekti va
obyektiga egaligi, davlat ekologik boshqaruv tizimi mavjudligi, ekologik
huquqiy normalarga rioya qilish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish
va ularni muhofaza etish, xalqaro ekologiya huquqi normalari bilan
17
bog‘liqligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Buni keng ma’noda ekologiyaga
oid muammolar chegara bilmasligi va global tusga ega ekanligi bilan
tushuntirish mumkin.
Hozirgi kunda barcha fanlar qatori ekologiya huquqining bir qator
vazifalari mavjud. Bu vazifalar uning maqsadlari bilan chambarchas
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |