Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Jamiyat  –  keng  ma’noda  insonlarning  tarixan  qaror  topgan 
birgalikdagi  faoliyatlari  majmui  yoki  tor  ma’noda  –  ijtimoiy 
munosabatlarning  konkret  tipi.  Shunday  qilib,  aqliy  mehnat  faoliyatiga 
ega  bo‘lgan  insonlar  yig‘indisi  bo‘lgan  jamiyat  atrof  tabiiy  muhit  bilan 
passiv (sust) emas, balki aktiv (faol) ta’sir doirasida bo‘lishi muqarrardir. 
Inson  –  tirik  organizmlar  turkumiga  kiruvchi  murakkab  ijtimoiy  va 
mehnat  faoliyatini  yurgazuvchi  individ.  Inson  tarixiy  –  jamoat  jarayoni 
subyekti  bo‘lib,  u  Yer  kurrasidagi  moddiy  va  ma’naviy-madaniy  rivoj-
anishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik 
bog‘langan  holatda,  lekin  ulardan  ongining  yuqoriligi,  mehnat  qurollarini 


 

ishlab  chiqara  olishi,  nutqning  rivojlanganligi,  ijodiy  faolligi  hamda 
axloqiy, ma’naviy va ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan ajralib turadi. 
Ingliz  olimi  Ch.Darvinning  ta’limotiga  ko‘ra,  insonlar  hayvon-
larning  ma’lum  bir  turlarini  mehnat  faoliyati  aktivlashuvi,  ya’ni 
kengaytirilishi  va  chuqurlashtirilishi  mobaynidagi  evolyutsion  rivoj-
lanish  mahsuli.  Lekin  fan  va  texnika  yutuqlari  bunday  ta’limotning 
mutloq  to‘g‘ri  emasligi  haqidagi  ma’lumotlarga  ega  va  boshqa 
gipotezalarni oldinga surmoqda. Nima bo‘lganda ham kishilar jamiyati 
mana bir necha million yildirki Yer kurrasida tabiat bilan o‘zaro uzviy 
bog‘langan holda  yashab kelmoqdalar va bu bog‘liqlik kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. 
Mutaxassislarning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  Yer  yuzida  sodir 
bo‘layotgan tabiiy jarayonlarning 9/10 qismida inson faoliyatining mahsuli 
aks  etmoqda.  Bu  jarayonlarni  doimo  ham  ijobiy  deb  bo‘lmaydi.  Chunki 
ekologik xavfsiz muhit,
 
ya’ni insonlarning muhim hayotiy manfaatlari va 
avvalambor toza, sog‘lom, qulay tabiiy sharoitga ega bo‘lish talabini to‘la 
qondirishga  qodir  bo‘la  oladigan  atrof  tabiiy  va  ijtimoiy  muhit  holati 
inqiroz va talafot tomon intilib bormoqda. 
Agarda  jamiyat  va  tabiat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarga  inson 
hayotining  tarixi  nuqtai  nazaridan  qaraydigan  bo‘lsak,  ularni  quyidagi 
munosabat shakllariga ajratsak bo‘ladi: 
1) oddiy; 
2) oddiy-iqtisodiy; 
3) iqtisodiy; 
4) iqtisodiy-ekologik; 
5) ekologik. 
Jamiyat  va  tabiat  o‘rtasidagi  oddiy  munosabat  shakli – kishilarning 
ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik tizim 
(ekotizm) – tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig‘indisi 
bo‘lib,  tirik  organizmlar  o‘zaro  va  atrof  tabiiy  muhit  bilan  uzviy 
aloqadorlik  qonuniyatlari  asosida  bo‘lgan  holati.  Bu  shakl  kishilarning 
ibtidoiy  jamoa  tuzumidagi  hayot  tarziga,  ya’ni  insoniyat  tarixining  ilk 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi davriga xosdir.  
Kishilar  faoliyatining  tabiatga  oddiy-iqtisodiy  ta’siri  davrida  ma’lum 
bir  hududlarda  sezilarli  darajada  ekologik  xavfsiz  muhitga  ta’sir  etgani 
uchun  ham  qadimgi  yozuv  va  qonun  kuchiga  ega  bo‘lgan  kitoblarda 
tabiatga  nisbatan  insonlarning  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lishlari 
ko‘rsatilib  o‘tilgan.  Masalan,  zardo‘shtlarning  «Avesto»  kitobiga  binoan 
bolalar  yoshligidanoq  daraxt  ko‘chatini  o‘tkazishlari  shart bo‘lgan.  Inson 


 

butun  umri  davomida  suv,  tuproq,  olov,  umuman  dunyodagi  jamiki 
yaxshi  narsalarni  pok  va bus-butun  asrashga  burchlidir.  Yer,  suv,  havo, 
olovni  asrash qoidalarini buzgan  kishi  400  qamchi  jazosiga  mahkumdir. 
Lekin  bu  kitobda  ekologik  jazo  sifatida  bir  turdagi  tabiiy  obyektni 
buzgani  uchun  ikkinchi  bir  turdagi  tabiiy  obyektdan  qutulishni  ham 
me’yor qilib qo‘yganlar. Suvni iflos  qilgan yoki  ov  itini  o‘ldirgan  kishi 
10000  ruhiyatni  tetiklashtiradigan  o‘simlik  bargi  terishi,  1000  ta 
echkeemar,  1000  ta  suv  qo‘ng‘izi  va  kasallik  tarqatuvchi  pashshani 
o‘ldirib, gunohini yuvishi lozim bo‘lgan. 
Qadimgi  Vavilonda  shoh  Hammurapi  tomonidan  «O‘rmonlar 
muhofazasi»ga oid qonun bor yo‘g‘i shohning tiriklik davrida (eramizdan 
avval  1792-1750-yillarda)  hukm  surgan  xolos.  Xuddi  shunday  holat 
er.avval III asrda Hindiston rojasi Ashoki qaroriga  «Hayvonot dunyosini 
ovlash qoidalari» ham taalluqlidir. 
Shunday  qilib,  ekologik  xavfsiz  muhit  inqirozi  kishilar 
faoliyatining  atrof-muhitga  antropogen  ta’sirining  uch  oqibatlar 
majmui  –  tabiiy  resurslar  kamayishi,  atrof-muhit  ifloslanishi  va 
ekologik tizimlarni buzilishi mahsulidir. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish