Tabiiy resurslar kamayishi – kishilarning xo‘jalik va boshqa hayotiy
faoliyati manbai bo‘lgan tabiiy obyektlarning yo‘qola borishidir.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, «insoniyat sivilizatsiyasi»
davrida, to‘g‘rirog‘i iqtisodiy madaniyatlashgan kishilarning izchil
faoliyati davrida Yer kurrasidagi o‘rmonlarning 2/3 qismi kesilib ketdi,
250 xil turdagi hayvon va o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketdi, 3-4 mlrd. gektar
yer qishloq xo‘jalik oborotidan chiqarib yuborildi, atmosfera havosidagi
kislorodning zaxirasi 10 mlrd. tonnaga kamaydi. Keyingi 100 yil ichida,
fransuz olimi A.Gerrenning ma’lumotlariga ko‘ra, tuproq eroziyasi va
texnogen buzilishi 2 mlrd. gektar yerni unumdorligini yo‘qotib
yuborgan. Shu kunlarda Yer kurrasida 1 daqiqada 20 ta o‘rmon kesil-
moqda, kuniga bir turdagi hayvonot yoki o‘simlik turi qizil kitobga
kiritilmoqda.
Tabiiy resurslarning kamayib borishidan tashqari atrof tabiiy
muhitning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga, modda va
energiya almashuvining tabiiy holatda kechishiga keskin ta’sir qilmoqda.
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi deb tabiiy moddalar (tuproq, suv, yer
osti boyliklari, atmosfera havosi) tarkibining fizik va kimyoviy
o‘zgarishiga aytiladi. Agarda bunday o‘zgarish inson hayotining faoliyati
bilan kechsa – antropogen ifloslanish, uning ishtirokisiz kechsa – tabiiy
ifloslanish deyiladi.
10
Ekologik inqiroz – jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit
holatining yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari, ekologik
tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo‘qolishi, tabiiy muhit inqirozi yoki
ijtimoiy muhitning falokatidir. Ekologik inqirozga misol qilib, Orol
dengizi va uning atrofidagi holatini olsak bo‘ladi. Qirq yil mobaynida
Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamay-
di, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib, dengizni tirik orga-
nizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada qariyb
barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo‘qoldi
1
.
Aholi soning ko‘payishi va suvga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, yangi
yerlarni jadal o‘zlashtirish, sug‘orma dehqonchilikni yanada rivoj-
lantirish, suv taqchil bo‘lgan yillarning muntazam takrorlanib turishi eng
yangi tarixdagi yirik global ekologik halokatlardan biri sodir bo‘lishiga –
sayyoramizdagi eng chiroyli suv havzalaridan birining qurib borishiga
olib keldi. Qachonlardir dunyoda eng katta ko‘llar toifasiga kirgan Orol
dengizi insoniyat ko‘z ongida halokatga yuz tutib bormoqda.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari-
ning birgalikdagi sa’yi-harakatlari tufayli 1995-1997-yillarga kelib,
Orolga suv quyilishi 15-17 kub km.gacha ko‘paytirildi. Yopiq havzaning
suv taqsimoti xalqaro shartnoma va deklaratsiyalar orqali tartibga
solinmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ilk bor qabul qilgan ekologik
munosabatlarni tartibga solishdagi qonunlaridan biri «Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuni. Bu qonun O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir qatorda qabul qilingan bo‘lib,
undagi prinsip va me’yorlar tabiat bilan jamiyat munosabatlari o‘zaro
uyg‘unlashgan holda bo‘lishini taqozo qiladi. Mamlakatimiz yosh, tez
sur’atlar bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tomon olg‘a
borayotgan davlatlar toifasiga kiradi. Iqtisodiy rivojlanish, vaqtinchalik,
juda boy (100 ga yaqin mineral xom ashyo turidan foydalaniladi) tabiiy
resurslardan foydalanishga suyangan holda amalga oshmasdan iloji
yo‘q. Shuning uchun ham milliy qonunchiligimiz orqali tabiat in’om-
1
Karimov I.A. BMT Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan oliy darajadagi yalpi majlisidagi nutq // Demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish –
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. Т. 19. – Т., 2011. – Б. 15.
11
laridan foydalanish va ularni muhofaza qilish shakli iqtisodiy-ekologik
ko‘rinishdadir. Qabul qilingan ekologiyaga oid 100 dan ziyod qonunlar
tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qila oladi,
lekin bu qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilishning iqtisodiy,
huquqiy, siyosiy chora-tadbirlarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb
masalalari turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |