Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Ekologik konsepsiya – tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi 
qarashlar  tizimi,  ya’ni  jamiyat  qonunlari  bilan  tabiat qonunlarining  o‘zaro 
harakat yo‘nalishlari o‘rni, ahamiyati va mohiyati haqidagi dunyoqarash. 
Jamiyat  qonunlari  –  kishilarning  xatti-harakatlarini  yoki  biron-bir 
obyektga 
nisbatan 
munosabatini 
belgilaydigan 
huquqiy-me’yorlar 
yig‘indisi. 
Tabiat  qonunlari  –  kishilarni  o‘rab  turuvchi  tabiiy  muhitda 
kechayotgan  voqea,  hodisa,  jarayonlarning  jamiyat  qonunlariga 
bo‘ysunmaydigan  va  kishilar  faoliyatisiz  namoyon  bo‘la  oladigan 
kechinmasi.  Tabiat  qonunlariga  quyidagilar  kiradi:  tabiiy  omillarning 
birgalikda harakat qilishi, tabiiy modda (suv, energiya, kislorod, uglerod 
va  shu  kabi)larning  katta  va  kichik  aylanishi,  modda  va  energiya 
saqlanish,  tabiiy  resurslarning  kamaya  borishi,  evolyutsion  tezlanish, 
tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanishi va h.k. 
Naturalistik  konsepsiya  –  jamiyatdan  ustun  turuvchi  tabiatni  ilohiy 
kuch, dono  yaratuvchi,  ideal borliq deb  qaraydigan  falsafiy oqimlar va 
maktablar.  Bunday  qarashlar  tizimi  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi 
munosabatlarning  oddiy  va  oddiy-iqtisodiy  shakli  davridagi  kishilarga 
xos dunyoqarash. Shuning uchun ham ularning xudosi suv, olov, yer va 
boshqa tabiat obyektlari yoki hodisalari bo‘lib kelgan. Ular shu muhitda 
tabiatning  bir  bo‘lagi  sifatida  yashab  kelganlar  va  o‘zgacha  yashashni 
tushuna olmaydilar ham. 
Naturalistik konsepsiyasiga qarama-qarshi dunyoqarash iste’molchilik 
konsepsiyasi  –  jamiyat  qonunlarini  tabiat  qonunlaridan  ustun  yoki 
kishilarni  tabiat  ustidan  hukmronlik  g‘oyasini  ilgari  suradiganlar. 
Bunday g‘oya namoyondalari jamiyatni iqtisodiy munosabat shakliga olib 
kelganlar.  Bu  oqimga  kiruvchilar  asosan  bozor  munosabatlari  shakllana 
boshlagan  kapitalizmning  boshlang‘ich  davrida  turgan  «yangi  biznes» 
sohiblaridir.  Ular  haqida  buyuk  amerikalik  yozuvchi  Djek  London 
o‘zining  o‘lmas  asarlarida  aks  ettirgan  va  ularning  «oltin  orqasidan 
quvib, butun borliqdagi tabiatni faqatgina iqtisodiy talablarini qondirish 
manbai deb qaraydiganlar» deb atagan.  


 
12
Alarmizm  namoyondalari  ma’lum  bir  yagona  partiyaga  birlashma-
ganlar  va  aniq  bir  dunyoqarashga  ham  ega  emaslar,  lekin  ularning 
ekologik  inqirozning  oldini  olishga  bor  kuch  va  bilimlarini  sarf 
qilayotgan  olimlar,  ishchilar,  maishiy-xizmat  va  sport  sohasida  ishlay-
digan  turli  kasb  sohiblari  bo‘lib,  «Grinpis»,  «Yashillar  partiyasi», 
«Kedr» kabi oqimlarga birlashganlar. Ularning soni  10 dan oshib ketgan 
va o‘z saflariga 30 mln.dan oshiq kishilarni birlashtirganlar. 
Alarmizmchilarga  yaqin  bo‘lgan  dunyoqarash  ekologik  inqiroz 
sabablari  konsepsiyasi.  Ular  ham  ekologik  inqirozning  kelib  chiqish 
sabablarini ilmiy-texnik taraqqiyot va aholi sonining tez sur’atlarda o‘sib 
ketishi  deb  biladilar.  Shuningdek,  sivilizatsiya  va  demografik  portlash 
ekologik  xavfsizlik  darajasiga  teskari  proporsional  va  ekologik  inqiroz 
holatidan  chiqib  ketish  uchun  demografik  holatni  boshqarish  va  tabiiy 
resurslarga 
nisbatan 
aholi 
sonini 
uyg‘unlashtirish 
kerak 
deb 
hisoblaydilar.  Bunday  tadbirlar  har  bir  mamlakatning  iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari,  tabiiy  sharoiti  va  resurslari  imkoniyatlariga  monand 
ravishda olib borilishi lozim, deb e’tirof etadilar. 
Tabiatga  aralashmaslik  konsepsiyasini  harakatsizliklar  strategiyasiga 
kiritish mumkin. Chunki, birinchidan – ekologik tizimlarni ayrim hudud va 
mintaqalarda  buzilganligiga  befarq,  aralashmasdan  qarab  turib  bo‘lmaydi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish