Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Ikkinchidan,  Yer  kurrasida  yashayotgan  7  mlrd.dan  ziyodroq  aholini 
moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishga  majburmiz.  Tabiatga 
aralashmaslik  prinsipini  alohida  bir  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 
biosfera  qo‘riqxonasi  va  qo‘riqxonalarda  amalga  oshirsa  bo‘ladi,  lekin 
ommaviy  tarzda  tabiatdan  ajralgan  insonlarning  hayotini  tasavvur  qilish 
qiyindir. 
Atrof tabiiy muhitga kishilarni moslashtirish orqali ekologik inqirozdan 
chiqib  ketishni  tavsiya  etayotganlar  bir  tomonlama  ekologik  tizimlarni 
tashqi  kuchlarga  nisbatan  qarshi  turish  (buferlik)  va  o‘z-o‘zini  tiklash 
qonuniyatlariga  ishongan  holda  insonlarning  harakat  doirasini  shunga 
monand  ravishda  olib  borishni  tavsiya  etsalar,  ikkinchi  tomondan, 
kishilarni  tarixan  atrof-muhitga  moslashib  borishining  evolyutsion 
jarayonlarini  jadallashtirishni  yoqlab  chiqadiganlar.  Bu  konsepsiya 
namoyondalarini  tabiat  qonunlarini  jamiyat  qonunlariga  ko‘chirishga 
urinayotganlar  desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Afsuski,  bu  qonunlar  hozirgi 
insoniyat  tarixi  bosqichida  ko‘pincha  bir-biriga  zid  kelmoqda  va  biri 
ikkinchisini inkor etishi mumkin.  
O‘sish chegarasi va organik rivojlanish konsepsiyasi namoyondalari 
Yer  kurrasi  resurslari  imkoniyatlariga  monand  ravishda,  ilmiy-texnik  va 


 
13
insonlarning  o‘sish  chegarasini  belgilash  yoki  bunday  ilmiy  asoslangan 
o‘sishni chegaralashni ma’lum bir region (mintaqa), hudud yoki ma’muriy 
chegarada amalga oshirishni tavsiya etadi. 
Afsuski,  ilmiy-texnikaviy  jihatdan  rivojlanmasdan  turib  tez  sur’at-
larda o‘sib borayotgan aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. 
Ilm-fanni «konservatsiya» qilish va insonlarning o‘sishini «nol» variant-
ga  tushirish  5-10  yilda  amalga  oshiriladigan  tadbirlar  emas.  Bu  jarayon 
uzoq va katta kuchni talab qiladigan tadbirlardandir. Chunki, bu masalani 
birinchi navbatda aholisi tez o‘sib borayotgan va musulmon diniy e’tiqodi 
kuchli  bo‘lgan  davlatlarda  amalga  oshirish  kerak  bo‘ladi,  lekin  bu  juda 
mushkul  ishdir.  «Rim  klubi»  a’zolarining  modeli  (buning  filiali 
«Toshkent klubi») jahon iqtisodiyotining ma’lum bir tipdagi regionlarda 
maishiy-texnik  yutuqlarni  hayotga  keng  tatbiq  qilish  va  oilani 
rejalashtirishni  shu  yerdagi  iqtisodiy,  madaniy,  tarixiy,  ma’naviy  holat 
darajasiga qarab turib o‘sish va organik rivojlanishni cheklashni tavsiya 
etadiganlar. 
Global  boshqaruv  konsepsiyasi  namoyondalari  atrof  tabiiy  muhit 
komponentlari yagona bir tizimda harakat qiladi va ular ajralmasdir degan 
g‘oyani  olg‘a  suruvchilardir.  Shuning  uchun  ham  atrof  tabiiy  muhitni 
saqlab  qolish  ma’lum  bir  hudud  yoki  mamlakat  doirasida  emas,  balki 
xalqaro  miqyosda,  butun  dunyo  hamjamiyatining  birgalikdagi  tadbiri 
orqali amalga oshirilishini, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan 
oqilona  foydalanish  uchun  davlatlar  ustidan  turuvchi  yagona  bir 
tashkilotni  tuzishni,  ushbu  tashkilot  nafaqat  boshqaruv,  balki  nazorat 
vakolatiga  ega  bo‘lishini  yoqlab  chiqadilar.  Ularning  fikricha, 
BMTning YUNEP, YUNESKO, VOZ, MOP degan tashkilotlari hozirgi 
kunda faqatgina davlatlarning ekologiya borasidagi faoliyatini kuzatadilar 
va  faktlarni  keltirish  bilan  cheklanadilar.  Afsuski,  bunday  oqim 
namoyondalari  Yer  kurrasidagi  hamma  davlatlarning  suveren  huquqi 
bo‘lmish  tabiiy  resurslardan  o‘z  qonunlariga  binoan  foydalanish  imko-
niyatlarini  osonlikcha  berib qo‘ymasliklarini inobatga  olishmaydi.  Lekin, 
bizning  fikrimizcha,  ekologik  global  boshqaruv  tizimiga  insoniyat 
oldinmi-kechmi  albatta  yetib  boradi.  Chunki,  ma’lum  bir  joydagi 
ekologik  inqiroz,  (Orol  dengizi  muammosi,  Chernobil  AES  falokati, 
Tojikiston  Regar  aluminiy  zavodi,  Oxota  dengizining  radioaktiv 
moddalar  bilan  zaharlanishi)  mahalliy  ekologik  inqiroz  emas,  balki 
global ta’sir kuchiga ega bo‘lgan inqiroz ekanligi hammamizga ayondir. 
Muhofaza  qilish  va  rivojlanish  konsepsiyasi  namoyondalari 
jamiyatning  ekologik  talablarini  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish 


 
14
talablariga  moslashtirishni  taklif  qiladilar.  Bu  oqim  qarashlari 
rivojlangan davlatlarda keng targ‘ib qilinyapti. 
Ekologik  revolutsiyalar  konsepsiyasi –  siyosiy  tuzum  va  kishilarning 
ekologik  dunyoqarashlarini  keskin  ravishda – revolyutsion  yo‘l  bilan 
iste’molchilik  psixologiyasidan  ekologik  talablar  doirasiga  o‘tkazish. 
Ammo  bu  taklif  qanchalik  yaxshi  bo‘lmasin,  quyidagi  qoidani  esdan 
chiqarmaslikka undaydi: kishilik 
jamiyatida 
(tabiatdagi 
singari) 
revolyutsion  yo‘l  bilan  biron-bir  tadbirni  amalga  oshirish  ularda  salbiy 
oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.  
Sotsialistik  konsepsiya  asoschilari  K.Marks  va  F.Engels  tomonidan 
keng ta’riflangan dunyoqarash atrof tabiiy muhit  holatini inobatga olib 
jamiyat kuchlarini bir me’yorda rejali rivojlantirishni yoqlab chiqadiganlar. 
Albatta, bu dunyoqarash amalda (70 yil Sovet tuzumi hukm surganda) o‘z 
ifodasini  topa  olmadi.  Tabiatni  biron-bir  mamlakat  darajasida  muhofaza 
qilish  yoki  undan  foydalanish  ekologik  holatga  emas,  balki  iqtisodiy-
ijtimoiy,  siyosiy  holatga  qarab  olib  borilishini  isbot  qildi.  Tabiiy 
resurslarning  aniq  hisobini  olish  va  ulardan  rejali  foydalanish  biron-bir 
hudud  yoki  mamlakatda  emas,  balki  butun  bir  hudud  yoki  Yer  kurrasi 
bo‘yicha global holda amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  ekologik  konsepsiyalardan  tashqari 
dunyoning  turli  joylarida,  turli  dunyoqarashga  ega  bo‘lgan  qarashlar 
tizimidagi  partiyalar,  oqimlar,  harakatlar,  kengashlar,  jamg‘armalar 
mavjud.  Lekin,  bizningcha,  ekologik  konsepsiya  –  tabiat  qonunlari  bilan 
jamiyat  qonunlarini  o‘zaro  uyg‘unlashgan  va  ilmiy  asoslangan  holda 
rivojlanshiini yoqlab chiqadigan qarashlar tizimidir. Aks holda boshqacha 
qarashlar tizimi noekologik konsepsiyalar tizimiga kiradi. 
Shunday  qilib,  biz  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  turlicha  munosabat 
shakllarini  ko‘rib  chiqdik.  Lekin  insonlarning  tabiatga  nisbatan  dunyo-
qarashlari  ularning  xarakteriga  o‘xshab  turlicha  bo‘lishi  tabiiy  holdir. 
Buyuk  olim  o‘rta  asrning  ulug‘  faylasufi  bobokalonimiz  A.N.Forobiy 
aytganidek,  «kishilarning  dunyoqarashlari,  ularning  tashqi  ko‘rinishiga 
o‘xshab turlicha bo‘ladi va fazilat ularning ilmiga, hayot tarziga, yashash 
muhitiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liqdir».  Biz  ham  o‘rta  asrning  ulug‘ 
faylasufi A.N.Forobiyning fikriga qo‘shilgan tarzda ekologiya borasidagi 
dunyoqarashlarni  ko‘rib  chiqamiz.  N.F.Reymers:  «ekologiya  keng 
ma’noda  insonlarni  yashab  ketishi  haqidagi  ta’limot»,  deb  bejiz 
aytmagan. Chunki insonlarning Yer  kurrasida yashash muddati ularning 
ekologik  dunyoqarashlarini  amalda  tatbiq  qila  olish  imkoniyati  bilan 
belgilanadi.  


 
15

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish