Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
Oyim sekin tepamga keldi. 
— Mana, — dedim po‘choqni ko‘rsatib. — Soqqamni chaqib qo‘yibsiz-ku! 
Oyim negadir kuldi: 
— Qayoqdan bilaman. Qo‘y, bolam, akang boshqasini topib berar. 
Oyimning kulishi battar alam qildi. 
Kerakmas, kerakmas! — dedim oyog‘imni tipirlatib. — Yutadigan soqqam edi. 
Oyim boshimni siladi. 
— Bilmabman-da, o‘g‘lim. O‘zing do‘ppisi bilan berding. Yur, choyingni ich! — U 
qo‘limdan tutib yana supaga olib chiqdi. Oldimga tolqonli tovoqni surib qo‘ydi. — O‘tir, 
ovqatlanib ol. Qorning ochib ketdi-ku! 
Tovoqni nari surdim. 
— Yemayman! 
Oyim tovoqni yana men tomonga surdi. 
— Ol, bolam, shirin bo‘pti. 
— Kerakmas! Kerakmas! Kerakmas! — Tovoqni qo‘lim bilan bir urgan edim, uchib avval 
supaga, undan yerga tushdi. Tolqon yer bilan bitta bo‘lib sochildi-da, tuproqqa qorishib 
ketdi. 
Birdan oyimning ko‘zida g‘azab chaqnadi. Shapalog‘ini yozib quloq-chakkamga yaqin 
keltirdi. Qo‘rquvdan ko‘zimni yumib oldim. Yo‘q, urmadi. Biroq labi titrab pichirladi: 
— Non-ku, bu, ahmoq! Gunoh bo‘ladi-ku! 
U sekin yerga tushdi. Sochilgan tolqonni kafti bilan sidirgan edi, tuproq aralashib chiqdi. 
Onam boshini ko‘tarib menga qaradi. Ko‘zlarida alam, ta’na bor edi. 
Birpasdan keyin opam, akalarim dasturxon atrofida yig‘ilishdi. Har bittasiga yarim 
qoshiqdan tolqon yo tegdi, yo tegmadi. Keyin dadam keldi, oyim oshxonadan bug‘i 
chiqib turgan bir lagan lavlagi ko‘tarib chiqdi. Lavlagi shirin narsa-yu, har kuni yegandan 
keyin jonga tegadi. Bari bir non emas. 
— Tolqon qilmadingmi? — dedi dadam bir bo‘lak lavlagini puflab-puflab yer ekan. 
Qo‘rquv ichida oyimga qaradim. 
— Qiluvdim, — dedi u sekin. 
— Qolmadimi? 
— O‘g‘ir o‘lgur ag‘darilib ketdi, — dedi onam aybdor ohangda. 
— Nima? — dadam lavlagi bo‘lagini qo‘lida tutgancha jahl bilan onamga qaradi. 
— To‘kilib ketdi, — dedi oyim boshini quyi solib. 
— Padaringga la’nat! — dedi dadam sekin, ammo tahdidli ohangda. — Kap-katta xotin 
uvol qilib o‘tirsang. Bilib qo‘y, non ko‘r qiladi seni! — U shahd bilan o‘rnidan turdi-da, bir 
hatlab supadan tushdi. Tez-tez yurib ko‘chaga chiqib ketdi. 
Men oyimga qaradim. U bo‘lsa hamon bosh ko‘tarmay o‘tirar, ko‘zlarida iztirob bor edi. 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish