Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
oqsoqlana-oqsoqlana orqaga, bola yig‘layotgan tomonga qarab ketdi. Men ham beixtiyor 
ergashdim. Bola hamon yerga dumalar, har dumalaganda quloqni teshib yuborgudek 
chinqirar edi. Uning tepasida o‘zi ham o‘pkasini arang bosib turgan yoshgina juvonga 
endi e’tibor berdim. 
— Jinni bo‘lib qolgan bu, — dedi juvon yig‘lamoqdan beri bo‘lib. — Morojniy ober, dedi. 
Olib bersam bunaqa qilyapti. 
Bola hamon chinqirib yig‘lar, xarxasha qilar edi: 
— Issiq manoj! Issiq manoj obering! 
— Unaqasini qayoqdan topaman! — Juvonning toqati toq bo‘ldi shekilli, dumalayotgan 
o‘g‘lini yerdan yulqib ko‘tardi. Orqasiga bir-ikki shapatiladi. 
— Hoy, qizim, bola-ya bu, bola-ya! — onam chumchuqdek chirqillab juvonga yopishdi. 
— Kel, jonim,— dedi bolani bag‘riga bosib. — Kela qol, o‘zim senga issiq morojniy olib 
beraman. 
Bola yig‘idan to‘xtamadi. Ammo avvalgidek tipirchilamasdi. Uning shunchalik jahlini 
chiqargan «sovuq manoj» oqib ko‘ylakchasining oldini shalabbo qilgan, boshdan 
oyog‘igacha loy edi. 
— Nimaga qarab turibsan? — dedi onam menga to‘satdan. — Yo sen ham bolamisan? 
Bor, olib kel mashinangni. Hozir u-utaga boramiz. Di-ditga tushamiz-a? 
Rostini aytsam, bolani shu ahvolda mashinaga o‘tqazgim kelmadi. Chet eldan keltirilgan 
yangi parolon g‘ilof olgan edim. Hammasini rasvo qilib yuboradi endi. Noiloj mashinani 
tislantirib olib keldim, qovog‘imdan qor yog‘ayotganini o‘zim ham sezib turardim. 
Onam yoniga o‘tirgan juvonga tushuntirdi: 
— Bunaqada bola xuyli bo‘lib qoladi, qizim. Aldab-suldab ovuting-da. Ana, di-ditga 
tushdik. 
Bola endi yig‘lamas, ammo o‘pkasi to‘lib to‘xtovsiz hiqillar edi. 
— Qayoqqa ketayotgan edinglar, o‘rgilay? — dedi onam ayolni ham yupatuvchi ohangda. 
Meni ona-bolaning qayoqqa borishi emas, o‘rindiqning qancha joyi loyga belangani 
ko‘proq o‘ylantirardi. 
Ayol chimirilib o‘tirganimni sezdi shekilli, xijolat chekib shosha-pisha qo‘l siltadi. 
— Mana, keldik. Rahmat. Shu yerda trolleybusga chiqamiz. — U ovunib qolgan 
o‘g‘ilchasini ko‘tarib shosha-pisha mashinadan tushdi. — Katta rahmat, baraka topinglar. 
Qarasam, xuddi o‘zim o‘ylagandek: o‘rindiqning yarmi loyga belanibdi. 
— Qiziqsiz, — dedim jahlimni bosolmay, — hammaning ishiga aralashaverasizmi? 
— Nima hammaning ishi? 
— Birovning bolasi bo‘lsa... Yig‘lasa, sizga nima? Yig‘lab-yig‘lab ovunadi. 
— Nimaga birovning bolasi bo‘larkan! — To‘satdan onamning jahli chiqib ketdi. — Yig‘lab 
turgan bolaning begonasi bo‘ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig‘lab turgan 
norasidaga rahmi kelmagan odam — odammi? 
Indamadim. Ammo bari bir o‘shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo‘q, chamamda, 
onalarning biz tushunmaydigan, bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga 
o‘xshaydi. 
XIYONAT
Hali maktabga qatnamasdim. Mahallamizdan ikki chaqirimcha narida allaqanday bolalar 
uyi bor edi. Katta bolalarning aytishiga qaraganda, o‘sha yerda tez-tez kino bo‘lib 
turarkan. Bir kuni akalarim qo‘shni bolalar bilan pichir-pichir qilishayotganini eshitib 
qoldim: 
— Eshitdinglarmi, bugun kino kelarmish. 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish