MAVZU: DINIY TURIZM GEOGRAFIYASI
Diniy turizm tarixi.
Hozirgi kunda xalqaro turizmning
eng muhim tarmoqlaridan
biri diniy ya’ni ziyoratchilik turizmi bo‘lib hisoblanadi. Diniy turizmning shakllanish
tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ya’ni uning ilk bor vujudga kelishi antik davriga
to‘g‘ri keladi. Diniy turizmning asosiy paydo bo‘lgan maskanlari
qadimgi greklar va
rimliklar vatani bo‘lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va
cherkovlar qurib, ularda sig‘inishganlar. Elladaning eng mashhur ibodatxonasi birinchi bor
Delfax
shahrida qurilgan. Ushbu ibodatxona butun greklar olamida eng mashhur va u
guyoki har qanday savolga tangri nomidan qat’iy
javob beruvchi karomatli kohin,
sajdagoh maskani bo‘lgan. Rivotlarga ko‘ra, minglab darvishlar mana shu ibodatxonaga
kelishib, o‘zlarini qurbon qiluvchi majusiylar ruxoniysi avliyo Pifining bashoratlarini
tinglashganlar.
Ma’lumki, turistik resurslarning turlari ko’p bo’lib,
sayohatdan maqsad asosan
tanishuv, dam olish va sog’lomlashtirish, sog’liqni tiklash va sport hamda diniy ziyorat va
boshqa maqsadlarni ko’zda tutadi. Turizmning qadimiy va aktiv turlaridan biri bu
diniy
turizm hisoblanadi. Mazkur tarmoqning geografiyasi nazar tashlaydigan bo’lsak,
jahonning turli mamlakat, mintaqalarida diniy turistik resurslar turlicha ta’minlangan.
Ayni paytda esa hamma joyda ham diniy turistik obyektlar mavjud emas. Binobarin, jahon
miqiyosidagi, ya’ni dunyo dinlari
hisoblangan xristianlik, islom va buddizm hamda
mahalliy dinlarga yer shari aholisi e’tiqod qiladi. Diniy ziyorat maqsadida sayohatlar
qadimdan rivojlangan, xatto hozirgi kundagi eng aktiv “turmigrsiya” hisoblanadi.
Turistik oqimlarga diniy motivasiyalar sezilarli ta’sir o’tkazadi. Diniy turizm ildizlari
uzoq asrlarga borib taqaladi. Ilk sayohatlar to’g’risida ma’lumotlar
Antik davrga
taaluqlidir. Eng mashhur ilohiy markaz Ollada Delfada joylashgan. U o’z diniy peshvolari
bilan umumiy Gresiya ahamiyatiga ega bo’lgan. Ko’p sonli zohidlar, sayyohlar bu yerga
bashoratchi Pifiyaning karomatlarini kutish uchun kelishgan.
Diniy motivlar bo’yicha migrasiya O’rta asrlar davriga to’g’ri keladi, u taraqqiy etish
davom qildi, yangi qirralar paydo bo’ldi. Ziyorat Solb yurishi shaklida o’ziga xos
ommaviy xarakater kasb etadi.
Xristian Yevropasi;
- xristianlik va boshqa ko’psonli dinlar bilan mustahkam o’rin egallovchi
Shimoliy Amerika;
- Xristianlik va an’anviy dinlar bilan Lotin Amerikasi;
- Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika;
- Islom hukmron va alohida xristianlik va an’anaviy dinlar mavjud g’arbiy va Sharqiy
Afrika;
- Buddizm islom, xristianlik va hinduzimni egallagan Janubiy-Sharqiy Osiyo;
- Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo;
- Islom hukmron O’rta Osiyo;
- G’arbiy Osiyo islom va xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan;
- Janubiy Osiyo
iudizm va buddizm tarqalgan, shuningdek xristianlik, jaynizm,
sikxizm va islam mavjud.
Har bir makrohudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan mashhur.
Ular e’tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul, qiladilar va ko’pincha diniy
ixtisoslashtirishning ma’muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari bilan
qo’shilib ketadilar. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy ahamiyatga ega
diniy sig’inish obyektlari mavjud. Quddus-jahonning yirik diniy markazi. Quddus uch din
e’tiqodchilari islom, xristianlik, iudizm uchun muqaddas markaz. Jahon ilohiy markazlari
orasida alohida o’rin egallaydi.
Hududiy etnik alomatlar bo’yicha dinlar nechiga bo’linadi va ularni izohlang!
Diniy turizmni rivojlantirish bo’yicha loyiha tuzing
Diniy turizmni turlari