1.topshiriq.
Antik filosofiya deganda nima tushuniladi?
Antik filosofiyada – Sakrat, Platon, Aristoteldan tashqari taxminan eramizdan avvalgi II-Ichi asrlarda Epikur, Lukretsi Kar kabi faylasuflar ham jon haqidagi ta’limotning rivojlanishiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shgan. Bu mutafakkirlar o’zlarining avvalgi ilgari surilgan psixika haqidagi ta’limotning boyitibgina qolmasdan, balki yangi-yangi fikrlarni ilgari surdi. Umuman antik filosofiyada psixika haqidagi ta’limotning ko’pgina ko’rinishlari fikrlar tarzida rivojlandi. Masalan: antik filosofiyada sezgilar haqida (idrok) insonning fikrlash qobiyati haqida insondagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar haqida (iroda effektiv holatlar), birlamchi materializm nuqtai nazardan ilg’or ilgari surildi, shuning uchun ham antik filosofiyani biz tug’ridan-tug’ri antik psixologiyaning rivojlanish tarixi, deb ayta olamiz deydi. Rus olimi A.N.Zdan, - agar biz psixologiya tarixining rivojlanishini asosan 2 davrga bo’ladigan bo’lsa:
Birinchi davrga- psixologiyaning falsafa tarkibida rivojlanishi. Bu davr er.avvalgi VI asrdan 19 asrning 60 yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davr 4 bosqichni o’zida aks ettiradi.
1-bosqich: Eramizdan avvalgi VI asrdan bizning eramizning U asrgacha bo’lgan davr, bu davrda psixika haqidagi fikrlarning paydo bo’lii va ularning ma’lum nuqtai nazardan rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu fikrlar va nuqtai nazarlar, bu bosqichda asosan materializm va idealizm nuqtai nazardan hal qilingan. Bu davrga antik filosofiya vakillri eramizdan avvalgi U1 asrdan 1 asrgacha bo’lgan va antik vrachlarning olib borgan izlanishlari va ularning nuqtai nazarlari kiradi.
2-bosqich: eramizdan avvalgi V asrdan asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrdan jon haqidagi ta’limotning filosofiyada rivojlanishi va tibbiyot fanlarining yutuqlari bilan mustahkamlanishi, buning natijasida Tomik psixologiya vujudga keldi va dastlabki metodologik asosni shakllanishi uchun uchun dunyoqarashlarning vujudga kelishidir.
3-bosqich: XIV asrdan XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Uyg’onish davri, anatomo-fiziologik tadqiqotlarning vujudga kelishi, fan yutuqlari yordamida psixologiya ta’limotining rivojlanishi, xuddi mana shu davrda jon ta’limoti tushunchasi o’rniga psixologiya termini vujudga kelishi.
4-bosqich: XVII asrdan X1X asrning 60-yilarigacha, Ong haqidagi ta’limotning vujudga kelishi va psixologiyaning nazariy asoslarining shakllanishi, psixologiya dastlabki maktablarning vujudga kelishi.
Antik-bu qadimgigacha bo’lgan davr hisoblanadi.Antik-falsafadagi jon haqidagi ta’limotning yoki jonning vujudga kelishi haqidagi tushunchalar, antik vrachlarning tadqiqotlari va o’zlarining tushunchalari bilan mustahkamlangan. Antik vrachlar o’zlarining dunyoqarashi va psixika haqidagi fikrlar bilan antik faylasuflar g’oyalarini rivojlangan va ba’zi paytlarda esa bu filosoflarga qarama-qarshi fikrlarni ilgari surgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |