FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA YO’NALISHI 19.03-GURUH TALABASI
MAMATALIYEV TURDIALINING
“Matematik kutilmaning tengligi haqidagi gipotezani tekshirish”
mavzusida bajarilgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida Matematik kutilmaning tengligi haqidagi gipotezani tekshirish haqida va ularning xossalarini o’rganish haqidagi tushunchalar keltirilgan. Shuningdek, taqsimotlarni o’rganishning muhim jihatlarini tahlil qilish ishlari bajarilgan.
Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Kurs ishining obyekti va predmeti bu hodisalar bog’liqsizligi, bog’liq tajribalar ketma-ketligi. Ulardan foydalanish jarayonida turli xil ta’rif, tushuncha va misollardan foydalaniladi.
Mazkur kurs ishini yaratish bo’yicha olib borilgan izlanishlar hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi va ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Ishning bo’limlariga tavsif: Kurs ishi kirish qismi, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Birinchi bobda ehtimollar nazariyasi haqida asosiy tushunchalar hamda ularga talluqli boshqa ma’lumotlar tahlil qilingan.
Ikkinchi bobda matematik kutilmalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda matematik kutilmalar to’g’risidagi gipotezalarni tekshirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Xulosa qismida kurs ishining asosiy natijalari va uning amaliy tadbiqlari bayon qilingan.
Ishning kamchiliklari: Kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yilagan. Masalan, imlo xatolariga yo’l qo’yilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
Xulosa: Ushbu kurs ishni ko’rib chiqib, shuni ta’kidlab o’tish lozim deb topaman: mavzuni dolzarbligi, mavzuga mosligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, ijodiy yondashuvga erishliganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, ta’lab va meyorlar doirasida bajarilganligi uchun Matematika yo`nalishi 19.03-guruh talabasi Mamataliyev Turdialining “Matematik kutilmaning tengligi haqidagi gipotezani tekshirish” mavzusida bajarilgan kurs ishini himoyaga qo’yishga tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |