2.topshiriq.
Psixologiya fani nimani o‘rganadi?
A) Ruhiy hodisalar va ruhiy holatlarni
B) Bizning sezgilarimiz, fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va xatti-harakatlarimizni
S) Ruhiy hodisalarni, ularning fakt va mexanizmlarini hamda miya mahsuli bo‘lgan psixikaning zohir bo‘lishi va uning taraqqiyot qonuniyatlarini
D) Miya jarayonlari va uning qonuniyatlarini
2. Psixologiyaning rivojlanish tarixi necha bosqichlardan iborat?
A) 4
B) 2
S) 6
D) 3
3. Psixika deganda nimani tushunasiz?
A) Yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya) xususiyati bo‘lib, ob’ektiv borliqning alohida aks ettirilishidir.
B) Miya mahsuli, nerv tizimining funksiyasidir.
S) Odamning ruhi, uning ruhiy hodisa va ruhiy holatlaridir.
D) Bizning sezgilarimiz, fikrlarimiz, tuyg‘u-hislarimiz.
4. Ong deganda nimani tushunasiz?
A) Tevarak-atrofimizdagi olam haqidagi bilimlarimiz majmuidir.
B) Odamning borliqni bilishga yo‘naltirilgan faolligidir.
S) Bizning bilimlarimiz, fikr-mulohazalarimiz, tushunchalarimiz, o‘z-o‘zimizga baho berishimizdir.
D) Borliq haqiqatni faqat odamgagina xos ravishda psixik aks ettirishning yuksak shakli bo‘lib, odamlarning ijtimoiy-tarixiy faoliyati bilan belgilanadi.
5. Quyida berilgan hodisalarning qaysi qatoriga psixik tushunchalar kiritilgan?
A) Alanga, katak, diqqat, miya, havo, tuyg‘u.
B) Xohish, idrok, rang, havo, harakat, yorug‘lik.
S) Sezgi, qiziqish, fikr, diqqat, odat.
D) Ovoz, qobiliyatlar, tovush, xayol, muhabbat.
6. Psixologiya metodlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Kuzatish, eksperiment, sotsiometriya, testlar, anketa, suhbat, faoliyat mahsulini o‘rganish.
B) Odam psixikasi haqida ma’lumot to‘plash.
S) Odam va hayvon psixikasini o‘rganish usullari.
D) Kuzatish, ma’lumotlarni matematik qayta ishlab chiqish, taxminlar, faktlarni tushuntirib berishdan iboratdir.
7. Psixologik testlar nima?
A) Odam psixikasining sifatlari, qobiliyatlari va shaxsning taraqqiyot darajasini aniqlab beradigan standartlashtirilgan vazifalar.
B) Odam psixikasini o‘rganishdagi vazifalar to‘plami.
S) Tekshiriluvchilarning masala yechish, vazifalarni bajarishini kuzatish.
D) Psixik hodisalarni tushuntirib beruvchi usullar majmuidir.
8. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining tamoyillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Psixika odamning turmush tarzi bilan belgilanadi.
B) Ong va faoliyat birligi , determinizm, psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi.
S) Ong va faoliyat bir-biriga zid, ammo bir narsa ham emas.
D) Psixika taraqqiyot va faoliyat mahsuli.
9. Introspeksiya bu ...
A) Sababiy bog‘liqlik .
B) Tajriba usuli.
S) Tashqaridan kuzatish.
D) O‘z-o‘zini kuzatish.
10. Bolalarning psixik jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog‘i o‘rganadi?
A) Pedagogik psixologiya.
B) Mehnat psixologiyasi.
S) Ijtimoiy psixologiya.
D) Yosh davrlari psixologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |