2-мавзу: Сиёсий қарашлар ва таълимотлар: вужудга келиши ва ривожланиши



Download 43,5 Kb.
Sana14.07.2021
Hajmi43,5 Kb.
#118437
Bog'liq
16-Siyos qar


2-mavzu: Siyosiy qarashlar va ta'limotlarning

vujudga kelishi va rivojlanishi


Reja:

1. Siyosiy qarashlar va ta'limotlarning shakllanishi.

2. Sharqda siyosiy fikr va g’oyalar.

3. Yangi davrda siyosiy qarashlar

4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arb va Sharqdagi siyosiy g’oyalar.
1-savol. Qadimgi misrliklar, xitoyliklar, hindlar, bobilliklar, yahudiy, fors, greklar va rimliklarning qarashlarida er yuzidagi tartib va targ’ibotlarni ilohiy kuch bilan bog’lab tushunish, Alloxni uning sababi, manbai deb xisoblash an'anasi mavjud bo’lgan. Bu siyosiy qarashlarda diniy an'ana hisoblanadi.

Masalan, qadimgi Xitoyda imperator er yuzidagi tartiblarni ilohiy tartiblar bilan bog’lab turuvchi yagona shaxs deb qaralgan. Davlat hokimiyatining turli bo’g’inlarida ishlayotgan boshqa shaxslar imperator hokimiyati tartibotlarini amalga oshiruvchilari hisoblangan.

Qadimgi Misrda esa Alloh – hukmdor hokimiyatning ilk manbai sifatida qaralgan.

Qadimgi Hindistonda ham jamiyat va davlatning kelib chiqishi ilohiy, mavjud tartib va qoidalar ham shu asosda o’rnatilgan, degan g’oyalar mavjud bo’lgan.

Siyosiy fikr tarixida diniy an'analarning eng klassik ko’rinishi Avgustin (shimoliy Afrika, 354 – 430 yillar)ning siyosiy nazariyasi o’z ifodasini topgan. Xristian cherkoviga xos belgilar uning davlatidan ustun turishiga asoslangan. «Cherkovga bo’ysungan davlat qasoskorlar to’dasidan farq qilmaydi», degan g’oya ilgari suriladi. Insonlarni esa “ilohiy odam”, “erdagi odam”ga bo’ladi. Avgustin qarashlariga Platonning ikki dunyo; Stoiklarning ikki polis to’g’risida, zardushtiylarning bir - biriga qarama – qarshi ikki asos (yaxshilik va yomonlik) to’g’risidagi qarashlarning ta'siri borligi ko’rinib turadi.

F.Akvinskiy (1225-1274 yillar)ning siyosiy qarashlari o’rta asrda diniy an'analardagi siyosiy qarashlarning eng cho’qqisi deb baholangan. Hayotligi davridayoq Rim katolik cherkovining “doktori” faxriy unvoniga muyassar bo’lgan. Uning qarashlari XIX asrda Rim papasi Lev – XIII tomonidan “katolitsizmning yagona haqiqiy falsafasi”, deb e'lon qilingan. F.Akvinskiy hokimiyati talqin etishning ilohiy nazariyasini ifodalab uch elementning bir – biridan farqini ko’rsatadi: mohiyat, shakl (ega bo’lish va tuzilish) va foydalanish. Hokimiyat o’z mohiyatiga ko’ra ilohiylikning o’rnatilishidir.

Davlatni boshqarishda Konstitutsiyaviy asosga o’tilgandan keyingina din va davlat munosabatining huquqiy asoslari aniq ko’rsatila boshladi. Din davlatdan, maktab cherkovdan ajratiladi. Bugun O’zbekiston Respublikasi ham Konstitutsiya asosida, dunyoviy davlat qurish vazifalarini amalga oshirmoqda. Konstitutsiyaning 61 – moddasida ham “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan, hamda qonun oldida tengdir. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi», deb hayd etilgan. Bu davlat va dinning o’zaro munosabatlarini belgilab berish uchun asos hisoblanadi.

Konfutsiy (e.o. 552/551-479 yillar) siyosiy qarashlarida jamiyat ma'muriy huquq (legizm), utilitar – iqtisodiy (moizm) usullar, shuningdek, notabiiy kuchlar (daosizm) yordamida emas, balki ahloqiy normalar asosida boshqarilishi kerak. Qadimgi Rimda Tsitseron ( er.o. 106 – 43 yillar) siyosiy qarashlari alohida o’ringa ega. U “qonunlar to’g’risida” asarida davlat shakllari to’g’risida, uning monarxiya, aristokratiya va demokratiya ko’rinishlarining yaxshi tomonlarini o’zida ifodalagan aralash idora etish usuli to’g’risida so’z yuritadi.

Demokrit, davlat ishlarini boshqa ishlarga qaraganda muhimroq deb hisoblab, har bir kishi davlatni qulay bo’lishi uchun harakat qilishi lozimligini, ko’proq hokimiyatga ega bo’lishga emas, balki umumiy ish uchun foydali bo’lgan tomonlarni o’ylash kerakligini ta'kidlab, to’g’ri yo’ldan borayotgan davlatni eng katta tayanch deb qayd etadi. Qachon u xalok bo’lsa hamma xalok bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunday bo’lmaslik uchun uning uch yo’lini: 1) tarbiya, ta'lim, ma'lumot berish: 2) yagona fikr bo’lishi: 3) boshqara olishni to’g’ri olib borishni ko’rsatadi.

Platon (er.o.427-347y.)davlatni idora etishning aristokratiya (hokimiyatni qarindosh-urug’lar birga bo’lib olish) shaklini yoqlaydi. Uning boshqa shakllarini: timokratiya, oligarxiyadan demokratiyaga va demokratiyadan tiraniyaga o’tishi mumkin degan fikrni keltiradi.

Aristotel (er.o.384-322y.) davlat shaklini to’g’ri va noto’g’ri shakllarga bo’ladi. To’g’ri shakliga monarxiya, aristokratiya va politiyani, noto’g’ri shakliga esa traviya, oligarxiya va demokratiyani kiritadi va ularning bir – biridan farqini ko’rsatadi.
2-savol. Forobiyning (873-950y.) “Fozil odamlar shahri” asarida adolatli jamiyatga erishish yo’llari, “Fozil shahar hokimining fazilatlari” to’g’risidagi fikr va mulohazalari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joyiga qo’yish bilan bog’liq bo’lgan g’oyalari bugungi kunda ham milliy kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish va muvofiqlashtirishda muhim o’rin tutadi. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i to’g’risida Abu Nosir Forobiy shunday deydi: “Shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita xislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokimi birinchidan, avvalo to’rt muchali sog’ - omon bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror a'zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim .... Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tushunib, tez ilg’ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchinchidan, u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la – to’kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur. To’rtinchidan, u zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va bu alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. Beshinchidan, u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchidan, u ustozlardan ta'lim olishga, bilim ma'rifatga xavasli bo’lishi, o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur. Ettinchidan, taom eyishda, ichimlikda, ayollarga nisbatan ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi (qimor yoki boshqa) o’yinlaridan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.Sakkizinchidan, u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. To’qqizinchidan, u o’z qadrini biluvchi va nomusli, oriyatli odam bo’lishi, pastkashliklardan yuqori tutuvchi, tug’ma oliyhimmat bo’lishi,ulug’ oliy ishlarga intilishi zarur. O’ninchidan, bu dunyo boyliklariga, dinor va dirhamlargi qiziqmaydigan (mol dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur. O’n birinchidan, tabiatan adolatparvar bo’lib, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’zi haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. O’n ikkinchidan, o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi darkor.

Abu Nasr Forobiy mana shu barcha xislatlarning bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir,- deb hisoblagan va mabodo fozillar shahrida shunday barkamol inson topilmay qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi, yoki beshtasi kamol topgan inson ham aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi, deb ta'kidlaydi.

Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy – Nizomulmulk (1018-1092yy.) Sharq tarixi va madaniyatiga o’zining “Siyosatnoma”(yoki Siyar ul-muluk) asari bilan o’chmas iz qoldirgan. Davlatda markaziy hukumat (ijro hokimiyati) kuchli bo’lsa, shunda davlatda tinchlik va adolat barqaror bo’ladi, raiyat o’z maqsadiga eta oladi, jamiyat sulh va adolatda, muruvvatda yashaydi, deb ko’rsatadi. “Siyosatnoma”, jiddiy siyosiy hujjat bo’lib, markaziy hukumatning parchalanishiga qarshi qaratilgan asardir.”Siyosatnoma” markazlashgan davlat tuzishga da'vat etib, kuchli davlat mahkamasi, armiya va boshqa tekshirish vositalarini yaratishga chaqiradi.”Siyosatnoma” asarining o’zbek tiliga ilk bor tarjimasi 1997 yilda amalga oshirildi.

Amir Temur (1337-1405yy.) o’zining siyosiy qarashlarida ”Temur tuzuklari” asarida ellik yildan ortiq davr (1342-1405 y.) tarixi bilan birga, davlat va uning tuzilishi to’g’risida ham qimmatli ma'lumotlar beradi. U jamiyatni 12 toifaga bo’lib, ularga tayangan xolda boshqarish ishlarini amalga oshirgan. Ular: 1) sayidlar, ulamo va shayxlar; 2) bilimdon kishilar; 3) duogo’y taqvodorlar; 4) amirlar, sarxanglar, sipohsolarlar; 5) sipoh (askarlar) bilan raiyat (xalq); 6) dono va ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib va devon bitikchilari; 8) xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar; 9) muxaddislar (xadis olimlari va roviylar); 10) so’fiylar va oriflar; 11) xunar va san'at axli; 12) sayyox va tijorat axillaridan iborat.

Davlatni idora etishda vazirlar, amirlar va noiblarning roliga alohida e'tibor berib, sohibqiron A.Temur sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskorlarni qadrlagan.

A.Temur vazirlar 4 fazilatga ega bo’lishlari shartligini ta'kidlaydi: 1) asllik, toza nasllik va ulug’vorlik; 2) aqlu – farosatlilik; 3) sipox bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amho’rlik ko’rsatish: ular bilan yaxshi muomalada bo’lish; 4) sabru – bardosh, muloyimlik. U joylardagi uluslarga mustaqil siyosat yurgizishga ham imkoniyat bergan. Erlarni o’zlashtirganlar xukumat tomonidan rag’batlantirilgan. Temur davlat boshqaruvida jamiyat a'zolarini, mavjud toifalarga bo’lgan munosabatda ularni “ishonch bilan qo’rquv” o’rtasida saqladim, desada amalda, unda ishonch, kechirimlik, sabr – qanoat tamoyillari ustuvor bo’lib, mamlakat, davlatning kuch – qudratini adolat asosida qurganligini alohida ta'kidlash lozim. U adolat orqali kuchli markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’lgan. Davlat ishlarini yuritishda islom bilan birga dunyoviy ilmga, tamoyillarga alohida e'tibor bergan va ularga amal qilgan.

A.Navoiy (1441-1501y.) siyosiy g’oyalarini “Saddi Iskandariy” dostonida asoslab bergan va unda ijtimoiy adolatli tuzum g’oyasini shox timsolida bayon qilgan. A.Navoiy bu muammoni davlatli shox – adolatli davlat – adolatli qonunlar – adolatli tartib sifatida poetik tasvirlagan, shuningdek, daho shoir turli xalqlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o’rtasidagi oqilona, ma'rifatga asoslangan munosabatlar ijtimoiy barqarorlikka olib kelishini go’zal timsollar orqali kuylagan.

A.Navoiy hayotining mezoni inson, uning faoliyati, sifati va fazilatlari deb bilib, inson o’z hayotini o’zi uchun ham, butun jamiyat uchun ham foydali bo’lgan ishga bag’ishlangan, kasb – xunar o’rganishi, ma'rifatli bo’lishi kerakligini ta'kidlaydi.

3-savol. Tomas Gobbs (1598-1679y.) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs, monarxiyani-hokimiyatning eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilishda, deb tushunadi(Monarxiya 2 ga bo’linadi,1-cheklanmagan monarxiya,2-cheklangan monarxiya.Iordaniya,S.Arabistoni-cheklanmagan monarxiya.Davlat ishlarini qirol yuritadi.2-cheklangan monarxiya-B. Britaniya, Ispaniya, Yaponiya-davlatni qirol emas bosh vazir,e'ni hukumat boshqaradi.)

Angliya faylasufi J.Lokk (1632-1704y.) qarashlarida ham siyosatda fuqarolik kontseptsiyasi ilgari suriladi. Lokk ta'limoti, nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va cheklangan monarxni o’rnatishni yoqlaydi.

U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bo’lib, “shaxs”, “jamiyat” va “davlat” tushunchalarining taxlilini beradi, xamda shaxsni jamiyat va davlatdan yuqori qo’yadi. U xususiy mulkka ega bo’lish huquqini quydagicha asoslaydi, birinchidan, xususiy mulkka ega bo’lish insonning o’zini va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan extiyojni ta'minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga ega bo’lgan taqdirdagina, o’zining rivojlanishiga alohida e'tibor berishi mumkin. Lokk, fikricha xususiy mulk mutloq qadriyat emas, aksincha, erkin jamiyatga erishish vositasidir.

Frantsiya marifatparvari Sharl Lui Monteske (1689-1755y) o’zining “Qonunlar ruxi” asarida “idora etish tarziga” yoki “Qonunlar ruhi”ga ta'sir etuvchi omillarni ko’rsatib beradi. “Ko’pgina narsalar, - deb yozadi Monteske, - iqlim, din, qonunlar, idora etish shakllari, o’tmish saboqlari, axloq, odatlar xalqning umumiy ruhining natijasi sifatida insonlarni boshqaradi”.

Monteske xokimiyatning bo’linishi nazariyasini “aralash idora etish” g’oyasining davomida, deb ko’rsatib, huquqning, qonunning ustuvorligini qayd etadi. Shu asosda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir – birlarini to’ldirgan xolda hokimiyatni saqlab turishlari mumkin, degan xulosaga keladi.

J.Medison (1751-1836y.) respublikanizmning ko’zga ko’ringan nazariyotchilaridan biri bo’lib, u xalq siyosiy hokimiyatning yagona manbai, saylovlar respublikaviy idora etishning muhim xususiyati, degan qoidaga asoslanadi.

Frantsuz ma'rifatparvari J. J. Russo (1712-1778y.) esa siyosatda fuqarolik kontsepsiyasining qat'iy ifodachisi va tadqiqotchisidir. Individlar davlatni yaratadi yoki ayni paytda individlarning o’zi davlatning mahsulidir, deb hisoblaydi. Russo ayni paytda 3ta tashqi omilni qayd etadi: 1. Ijtimoiy tenglikni qo’llab quvvatlaydi, mulkni jamiyat a'zolariga nisbatan tengsiz taqsimlanishiga qarshi chiqadi; 2. Siyosiy yaxlitlikni himoya qiladi; davlatda xususiy hamkorlik bo’lishi mumkin emas, degan g’oyaga tayanadi. 3. U vakillik hokimiyatini – qullik deb hisoblaydi. Bir so’z bilan aytganda, Russo demokratiyaning bevosita shaklini qo’llab chiqadi.

4-savol. 19 - asrning oxiri va 20- asrning boshlarida Sharq mutafakkirlari siyosiy qarashlarining milliy ozodlik g’oyalari bilan bog’liq holda namoyon bo’lganligini ko’ramiz.

Ma'lumki, sobiq kommunistik mafkura asoschilari ”milliy-ozodlik harakatlarini ” qo’llagan bo’lsada, amalda xalqlarning ozodligini bo’g’ishga qaratilgan nazariyasini yaratgan edilar. Sharqda milliy – ozodlik kurashi o’z tarixiy ildizlarini o’rganishning boshlanishi bilan xarakterlanadi. Masalan, M. Gandi (1869-1948y,Hindiston,) M. Iqbol (1877-1938y.) asarlari, nutq va chiqishlari sharq xalqlarini uyg’otishga da'vat etadigan, ularni mustaqillikka undaydigan siyosiy g’oyalari bilan ajralib turadi.

Masalan, M. Gandi inglizlarning urf - odatlari sanoati yutuqlari asosida sodir bo’lgan erksizlik, qaramlikka nisbatan baykot e'lon qiladi.Xalqni ma'rifiy yo’l bilan mustaqil bo’lishga chorlaydi. Gandizm uning nomi bilan bog’liq bo’lib, ozodlik uchun kurashda kuch ishlatmaslik tamoyiliga asoslanadi.

19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Turkiston o’lkasida “Jadidchilik” harakati paydo bo’ldi. Jadidlarning ijtimoiy – siyosiy qarashlarida bir xillik bo’lmagan: idora mashrutachilik (konstitutsion monarxiya) dan jumhuriyatchilik (respublika) namoyondalari qarashlarida xilma – xillik bo’lgan, ba'zi masalalarda jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm muayyan qarashlar tizimi sifatida shu davr ehtiyojlarini ifodalar edi.

Behbudiy milliy manfaatlarni himoya qila oladigan, iqtisodiy va siyosiy qaramlikdan, qoloqlikdan qutulish muammolarini biladigan zamonaviy bilimga ega kadrlar bo’lishi lozimligini alohida ta'kidlaydi. Agar biz madaniyat va iqtisod sohalarida boshqa millatlarga qaram bo’lishni istamasak, biz milliy sudyalar, advokatlar, o’qituvchiar, davlat arboblari, injener, savodli tijoratchilarni tayyorlashimiz zarurligini ta'kidlaydi.

Behbudiy ozodlikka olib borishda ma'rifatning rolini yaxshi tushunadi. U shunday yozadi: “Maorif bo’limida ishlab turgan musulmonlarning boshini silangiz. Mafkuraga yordam etingiz. O’rtadan niqobni ko’taringiz. Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar. Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingiz. Hammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar.”(Sh.Turdiev. M. Behbudiy. Muloqot jurnali 1994y. 3-4 sonlar 47-bet).

Munavvar qori (1878-1931y.) Toshkentda 1901-yilga kelib yangi uslubdagi maktab ochadi va unga rahbarlik qilib musulmon bolalarni o’qita boshlaydi. Munavvar qorining qarashlariga xos asosiy xarakterli tomon shundaki, u Turkistonni chorizm mustamlakasidan ozod qilish, mustaqil musulmon davlatini va milliy birlikni vujudga keltirish asosida taraqqiyotga erishish uchun kurash olib bordi. Uning boshchiligida “Ittixodiy taraqqiyot”, “Milliy ittihod” kabi tashkilotlar tuzilib (1920-1930y.), yashirin holatda erkinlik g’oyalarini keng xalq ommasiga targ’ib qilib keldi. Olib borilgan ishlar zoe ketmadi: xalq ommasining zo’ravonlikka qarshi nafrati kuchaydi va uning milliy – siyosiy ongi o’sdi.

Munavvar qorining milliy taraqqiyot uchun olib borgan g’oyalari tufayli sobiq zo’ravon sho’rolar hukumati uni qattiq ta'qib ostiga oldi. U 1931-yil 26-aprelda sobiq SSSR Xalq Komissarlari kengashi qoshidagi “Birlashgan bosh Siyosiy boshqarmasining sudlov kollegiyasi qarori” asosida otib tashlandi.

“Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo” singari partiyalar tashkil topdi. “Sho’roi Islomiya”ning tashkilotchilaridan biri jadid Munavvar qori Abdurashidov edi. Bu partiyaning vaqtinchalik ilk dasturida quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:

1. Turkiston musulmonlari o’rtasida zamon talablariga mos siyosiy ilmiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazish zarurligini targ’ibot qilish.

2. Turkiston musulmonlarining yagona bir maqsad va yagona g’oya asosida birlashtirish uchun barcha zarur chora va tadbirlarni amalga oshirish.

3. Xalqni yangi muvaqqat xukumatni qo’llab – quvvatlashga chaqirish.

4. Mamlakatni idora etish shakllari haqida ma'lumotlar tarqatish va ta'sis majlisiga tayyorgarlik ko’rish.

Bu dasturda Turkistonning boshqaruv tuzumi haqida aniq bir fikr ko’rsatilmagan bo’lsada, “Sho’roi Islomiya” partiyasi rahbarlari Munavvar qori, Mustafo Cho’qaev, Behbudiy va boshqalar Turkistonda muxtoriyat ta'sis etilishini, moliya, adliya, boshqaruvda maorif va boshqa sohalarda mustaqillik o’rnatilishi zarurligini hamda matbuot erkinligini talab qiladilar.

Turli mamlakat xalqlarining siyosatga turli xil yondashishi tabiiy. Sharqda, xususan respublikamizda siyosatning mohiyatidan kelib chiqib, uni inson manfaatlariga yo’naltirilgan xolda siyosat, siyosiy xokimiyat va siyosiy tizimga mavxum tarzda emas, balki unga tizimiy yondashish mavjudligi bilan ajralib turadi.

O’zbekistonda ham siyosatga falsafiy – axloqiy, diniy, fuqarolik va ijtimoiy kontseptsiyalar asosida yondashuvlar bilan birga ularning negizida fozil shaxar xokimi, komil inson g’oyasi va manfaatlari, insonning madaniy – ma'rifiy rivoji, ma'naviyati, jamoa va shaxs manfaatlari siyosiy xokimiyat o’rtasidagi munosabatda, xokimiyatga, xokimiyat boshlig’iga katta xurmat bilan qarash an'anasi mavjud bo’lganligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotlar:

1. I.Ergashev. Politologiya. T.: 2000

2. M.N. Nishonov, K.V. Djavakova. Politologiya. “Yangi asr avlodi”.T:2005

3. Anvar Qodirov. Siyosat falsafasi. T.: 2005



4. Falsafa. Qomusiy lug’at. “Sharq”. T.: 2004

5. “Temur tuzuklari”. “Sharq”. T.: 2005
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish