PLASTICAGE
PLEIN
421
plasticage
ou plastiquage nm portlagich, plastik bomba qo‘yish.
plasticité
nf egiluvchanlik, cho‘ziluvchanlik, qayishqoqlik; la plasticité de
la cire mumning qayishqoqligi; la plasticité du caractère de l’enfant bola
tabiatining egiluvchanligi.
plastifier
vt egiluvchan, cho‘ziluvchan, qayishqoq qilmoq, plastik modda
bilan qoplamoq.
plastiquage
nm voir plasticage.
plastique
I. adj 1. plastikaga oid, plastik, plastika; arts plastiques
plastika san’ati; 2. plastik, silliq, nafis; des gestes plastiques nafis
harakatlar; 3. plastik, egiluvchan, cho‘ziluvchan, qayishqoq; plas tmassa,
polietilenga oid; l’argile est plastique loy qayishqoq; seau en plastique
plastmassa chelak; sac plastique polietilen qop; II. nm plastmassa,
qayishqoq, plastik modda; III. nf plastika (hajmli shakllar yaratish san’ati);
gavda tuzilishi, bichim, qomat, sumbat; les règles de la plastique tasviriy
san’at qoidalari.
plastiquer
vt portlatmoq, plastik bomba qo‘ymoq; plastiquer une
maison uyni portlatm oq.
plastron
nm ba’zi kiyimlarning ko‘krak qismi.
plastronner
vi 1. gerdaymoq, kekaymoq; 2. o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq, o‘zini
ko‘rsatishga urinmoq; plastronner pour la galerie odamlarga o‘zini ko‘z-
ko‘z qilmoq.
plat
1
,
plate
adj 1. tekis, yassi, yalpoq; pays plat tekis yurt; poitrine plate
yassi ko‘krak 2. yuza, sayoz, yapaloq; assiette plate yapaloq, sayoz idish;
loc adv à plat ventre yuz tuban, muk, mukka tushib; être à plat ventre
devant qqn birovning oldida ikki bukilib turmoq; 3. yupqa, past; avoir la
bourse plate hamyoni quppa-quruq, bo‘sh bo‘lmoq; talons plats past
tovonlar; à plat yotqizib, keng tomoni bilan, yoni bilan; mettre, remettre à
plat ko‘ndalangiga qo‘ymoq (masalani); pneu à plat dami chiqqan balon;
fam être à plat holdan toygan bo‘lmoq, shalpayib qolmoq; tomber à plat
chippakka chiqmoq, muvaffaqiyatsizlikka uchramoq; 4. rimes plates juft
qofiyalar; 5. siyqa, bo‘lmag‘ur, bema’ni; xunuk; style plat siyqa uslub; 6.
xushomadgo‘y, laganbardor; de plates excuses pastkashona kechirim; 7.
l’eau plate gazsiz, gazlanmagan suv.
plat
2
nm 1. biror narsaning yassi, tekis tomoni; le plat de la main qo‘lning
kafti; faire du vélo sur le plat tekis yo‘l velosipedi bilan shug‘ullanmoq; 2.
qorni bilan suvga tushish; faire un plat qorni bilan suvga tushmoq; 3. fam
faire du plat à qqn xushomad qilmoq, pinjiga kirmoq, surkalmoq; faire du
plat à une femme; 4. kitobning muqovasi.
plat
3
nm 1. patnis, lagan, katta chuqur tarelka; des plats en porcelaines
chini laganchalar; des œufs au plat, sur le plat sarig‘ i va oqini
aralashtirmasdan pishirilgan tuxum; loc mettre les pieds dans le plat gapga
ot solib yubormoq; mettre les petits plats dans les grands boplab
siylamoq; 2. ovqat, taom; plats régionaux mahalliy taomlar; plat garni
sabzavot bilan tuzalgan go‘shtli yoki baliqli taom; plat du jour restoranda har
kuni o‘zgarib turadigan ovqat; plat de résistance asosiy taom; plat cuisiné
hafsala bilan pishirilgan ovqat; fam faire tout un plat de qqch arzimagan
narsadan mojaro o‘ylab chiqarmoq.
platane
nm 1. chinor; fam rentrer dans un platane avtomobilda daraxtga
borib urilmoq; 2. faux platane oq zarang.
plate
nf tagi yassi qayiq.
plateau
nm 1. patnis; plateau repas samolyot yoki oshxonalarda
beriladigan ovqat; loc apporter tout sur une plateau patnisda keltirmoq,
tayyorgina keltirmoq; les plateaux d’une balance tarozining pallalari;
plateau (d’un tourne-disque) proigrivatel diskasi; plateau de chargement
harakatlanuvchi platforma; 2. yassi tog‘lik, plato; plateau continental
kontinental plato; 3. sahna; le plateau d’un studio de cinéma kinoga olish
maydonchasi.
plate-bande
nf jo‘yak, pushta, egat, marza; une plate-bande de tulipes
bir jo‘yak lolalar; loc fam marcher sur les plates-bandes de qqn birovning
tomorqasiga tosh otmoq, birovning ishiga aralashmoq.
platée
nf bir tovoq.
plate-forme
nf 1. tekis, yassi yuza; toit en plate-forme tekis tom; 2.
maydoncha (transport vositasining); 3. plato, yassi tog‘ lik; 4. fig platforma
(siyosiy maslak, dastur).
platement
adv siyqa, sayoz, bema’nilarcha.
platine
1
nf platine d’un tourne-disque proigrivatel diskasi.
platine
2
I. nm oqoltin, platina; II. adj inv oqish, oqim tir, platina rangidagi.
platiné
1
,
ée
adj oqish, oqim tir (sochga oid).
platiné
2
,
ée
adj vis platiné kontakt vinti, uzgich kontakti.
platitude
nf 1. siyqalik, sayozlik, bema’nilik; 2. xushomadgo‘ylik,
laganbardorlik.
platonicien,
ienne
adj platonchi, platon nazariyasiga ergashuvchi.
platonique
adj 1. ruhiy, ma’naviy sof; amour platonique ruhiy ishq, sof
(ma’naviy) muhabbat; 2. aniq bir maqsadi bo‘lmagan, mavhum; une
décision platonique et inapplicable qo‘llab bo‘lmaydigan va mavhum
qaror.
plâtrage
nm suvash; suvoq.
plâtras
nm inv 1. suvoq bo‘laklari, parchalari; 2. og‘ir, noaniq narsa; avoir
un plâtras sur l’estomac oshqozoni to‘lib turmoq.
plâtre
nm 1. gips, ganch; pierre à plâtre gips; statuette de plâtre ganch
haykalcha; loc du plâtre qayish, yetilmagan pishloq; loc battre qqn comme
plâtre birovni urib ezib tashlamoq; 2. les plâtres suvoq, suvoq ishlari; loc
essuyer les plâtres ko‘chib kirib yangi uyni o‘zlashtirmoq, dastlabki
qiyinchiliklarga uchramoq; 3. gipsdan quyilgan narsa, gips quymasi; 4. méd
gips; avoir une jambe dans le plâtre oyog‘i gipsda bo‘lmoq.
plâtrer
I. vt 1. suvamoq, ganch, gips bilan suvamoq; 2. méd gipslamoq,
gipsga solmoq; II. se plâtrer vpr fam betiga upa chaplamoq.
plâtrerie
nf 1. gips zavodi; 2. suvoqchilik, gips ishi.
plâtreux,
euse
adj 1. suvalgan, gips bilan suvalgan; 2. gips rangli oq; 3.
gipssimon, gipsga o‘xshagan; fromage plâtreux quruq, yetilmagan pishloq.
plâtrier
nm suvoqchi, gips suvoqchisi; plâtrier peintre ganjchi usta.
plâtrière
nf 1. gips koni; 2. gips xumdoni.
plausible
adj haqiqatnoma, maqbul, qabul qilsa bo‘ladigan.
play-back
nm inv anglic ovozni bir necha bor yozish; chanter en play-
back fonogrammada ashula aytmoq.
play-boy
nm anglic pleyboy, ayollarni yo‘ldan uruvchi yosh boyvachcha.
plèbe
nf hist 1. plebs; 2. péj litt qora, avom xalq.
plébéien,
ienne
adj plebeylarga oid; plebeylar; des goûts plébéiens
sodda, oddiy did.
plébiscite
nm plebissit; par voie de plébiscite plebissit yo‘li bilan.
plébisciter
vt 1. plebissit yo‘li bilan ovoz bermoq; 1. ko‘pchilik ovoz bilan
qo‘llab-quvvatlamoq.
pléiade
nf 1. Hulkar (Savr yulduz turkumida joylashgan tarqoq yulduzlar
to‘dasi); 2. pleyada (XVI asr yozuvchilari guruhi); 3. litt pleyada (atoqli
arboblar guruhi).
plein
1
,
pleine
adj 1. to‘la, to‘liq, liq to‘la, limmo-lim; plein à ras bords
limmo-lim, qirg‘og‘igacha to‘la; loc une valise pleine à craquer yorilib
ketguday qilib to‘ldirilgan jamadon; parler la bouche pleine og‘zi to‘la
gapirmoq; avoir l’estomac plein qorni to‘q bo‘lmoq; plein comme une
barrique to‘yib ichgan; fam un gros plein de soupe meshqorin odam; un
plein panier de légumes bir savat sabzavot; loc saisir qqch à pleines
mains biror narsani mahkam ushlamoq; sentir à plein nez burunni yorib
yubormoq; 2. bo‘g‘oz (hayvon haqida); 3. liq to‘la; les autobus sont pleins
avtobuslar liq to‘la; 4. to‘lgan, to‘lib-toshgan, cheksiz; plein de berilib
ketmoq, boshi bilan sho‘ng‘ib ketmoq; plein de soi-même o‘ziga bino
qo‘ymoq; 5. fam boy-badavlat, farovon; 6. sem iz, to‘ladan kelgan, lo‘ppi,
baqaloq; des joues pleines kulcha yuz; 7. to‘ la-to‘kis, mukammal, to‘lgan; la
pleine lune to‘lin oy; reliure pleine peau to‘la teridan qilingan muqova; un
jour plein to‘la bir kun; travailler à plein temps, à temps plein to‘la
stavkada ishlamoq; 8. to‘la, to‘liq, batamom; plein succès to‘la yutuq;
donner pleine satisfaction ko‘ngliga to‘la taskin bermoq; loc adv à plein,
en plein borligicha, astoydil, baralla, to‘la; en plein(e) ayni, avji, naq, rosa;
vivre en plein air tashqarida yashamoq; en pleine mer ochiq dengizda; se
réveiller en pleine nuit yarim tunda uyg‘onmoq; visez en plein milieu naq
o‘rtasini mo‘ljallang; fam loc adv en plein sur, en plein dans ayni, naq,
xuddi o‘ziga; en plein dans le mille naq mo‘ljalga urmoq; la pleine mer
ochiq dengiz; le plein air ochiq havo; plein de to‘lib toshgan, g‘ij-g‘ij, to‘la;
un pré plein de fleurs yaylov to‘la gul; des yeux pleins de larmes jiqqa
Do'stlaringiz bilan baham: