AFFÛTEUR
AGILITÉ
21
affûteur, euse
n 1. charxchi; 2. nf charx.
affûtiaux
nm pl fam ahamiyatsiz, arzimagan, arzonbaho taqinchoq.
afghan, ane
I. adj Afg‘oniston va A fg‘onistonliklarga oid, afg‘oncha; II. n
1. afg‘on, afg‘onistonlik; 2. nm afg‘on tili.
afin de
loc prép,
afin que
loc conj uchun, maqsadida, -cha; il prit son
carnet afin d’y noter une adresse u manzilgohni yozib olish uchun
daftarchasini oldi; écrivez-lui afin qu’elle soit au courant uni xabardor
qilish uchun unga yozib yuboring.
afortiori
loc adv ayniqsa, xususan, tag‘in ham, buning ustiga.
africain, aine
I. adj Afrika va afrikaliklarga oid; II. n afrikalik.
africanisation
nf afrikalashtirish.
africaniste
n afrikashunos (Afrika tillari va madaniyatini o‘rganuvchi
mutaxassis).
afrikaner
ou
afrikander
I. n asli golland bo‘lgan, oq tanli Janubiy Afrika
fuqarosi; II. adj asli golland bo‘lgan Janubiy Afrikaliklarga oid; la culture
afrikaner asli golland bo‘lgan Janubiy A frikaliklar madaniyati.
afro-asiatique
adj Afrika va Osiyoga oid; A frika va Osiyo.
agaçant, ante
adj jonga tegadigan, bezor qiladigan, qo‘zg‘atadigan,
g‘ashga tegadigan; un bruit agaçant bezor qiladigan, g‘ashga tegadigan
shovqin.
agace
nf zag‘izg‘on.
agacement
nm jahlini chiqarish, g‘azablantirish, g‘ashini keltirish;
provoquer l’agacement de qqn birovning g‘ashini keltirmoq.
agacer
vt 1. g‘azablantirmoq, achchiqlantirmoq, g‘ashiga tegmoq,
qo‘zg‘atmoq; agacer les nerfs de qqn birovning asabini qo‘zg‘atmoq; cet
homme m’agace bu kishi mening asabimga tegyapti; 2. qamashtirmoq; le
citron agace les dents limon tishni qamashtiradi.
agaceries
nf pl noz, noz-karashma qilish, qosh qoqish.
agate
nf aqiq.
agave
nm bot agava (ziynat uchun ekiladigan va bargidan tola olinadigan
katta-katta tropik o‘simlik).
âge
nm 1. yosh; à mon âge mening yoshimda; différence d’âge
yoshidagi farq; quel âge me donnez-vous? menga necha yosh berasiz?
elle sera bientôt en âge de se marier u yaqinda turmushga chiqadigan
yoshga yetadi; être vieux avant l’âge barvaqt qarimoq; 2. davr (inson yoki
hayvon hayotidagi bosqich, davr, umr); un enfant en bas âge go‘dak,
chaqaloq, yosh bola; dès son plus jeune âge yoshlik chog‘idanoq; l’âge de
raison esni tanigan, aql to‘lgan, tushunadigan vaqtdagi davr; l’âge ingrat
balog‘atga o‘ tish, yetish davri; l’âge adulte katta yosh; un homme d’un âge
avancé yoshi o‘ tgan kishi; au déclin de son âge yoshi qaytgan davrda;
grand âge qarilik, mo‘ysafidlik; groupe d’âge yosh gruppasi; 3. asr, davr;
l’âge du bronze, de la pierre bronza, tosh davri.
âgé, ée
adj 1. mo‘ysafid, yoshi qaytgan; 2. yoshga kirgan, yoshli; âgé de
vingt ans yigirma yoshga kirgan, yoshli; le moins âgé des deux enfants
ikki bolaning yoshi kichigi; le plus âgé de mes fils o‘g‘illarimning eng
kattasi.
agence
nf 1. agentlik; byuro (ba’zi muassasalar, tashkilotlar nomi);
agence de voyage sayohat byurosi; agence de presse matbuot agentligi;
agence de publicité reklamalar byurosi; agence de renseignements
ma’lumotxona; 2. bo‘lim, filial; l’agence d’une banque bank bo‘limi.
agencement
nm tuzilish, joylashish; l’agencement d’un appartement
xonadonning tuzilishi, joylashishi; l’agencement d’une phrase gapning
qurilishi.
agencer
vt tuzmoq, yig‘moq, qurmoq; agencer les éléments d’une
armoire shkafni yig‘moq.
agenda
nm yon daftar, kundalik daftar.
agenouillé, ée
adj tiz cho‘kkan; être agenouillé tiz cho‘kib turmoq.
agenouillement
nm tiz cho‘kish.
agenouiller
(s’)
vpr tiz cho‘kmoq; s’agenouiller devant qqn birov oldida
tiz cho‘kmoq; s’agenouiller pour ramasser qqch biror narsani terib olish,
yig‘ishtirib olish uchun tiz cho‘kmoq.
agent
1
nm 1. faktor, ta’sir etuvchi kuch, narsa, modda; agent moteur
harakatga keltiruvchi kuch; agents radioactifs radioaktiv moddalar; 2. gram
complément d’agent majhul darajadagi fe’l bilan qo‘llanilgan to‘ldiruvchi.
agent
2
nm 1. agent, josus, ayg‘oqchi, shpion; agent secret maxfiy agent,
josus; agent de renseignement razvedkachi; agent de la sûreté qidiruv
politsiyasining agenti; 2. vakil, agent, xodim; agent commercial savdo
agenti; agent comptable hisobchi; agent diplomatique elchixona xodimi,
diplomatik vakil; agent immobilier ko‘chmas mulk savdosi bilan
shug‘ullanuvchi agent; agent maritime kemadagi dallol; agent matrimonial
nikohni rasmiylashtiruvchi vakil; agent d’affaires savdo agenti, firma vakili;
agent d’assurances sug‘urta agenti; agent de change birja dalloli; agent
des douanes bojxona xodimi; agent de l’Etat amaldor, davlat xizmatchisi;
agent d’exécution ijrochi; agent du Trésor moliya agenti, xazinachi; agent
de police politsiyachi; agent de la force publique jandarm.
agglomérant
nm bog‘lovchi modda.
agglomérat
nm 1. géol aglomerat (har xil tog‘ jinslari va minerallarning
bir-biriga yopishuvidan hosil bo‘lgan g‘ovak to‘plam); 2. turli toifadagi kishilar
yoki narsalarning to‘dasi, to‘plami.
agglomération
nf 1. aholi punkti; l’agglomération parisienne Parij va
uning atrofidagi aholi yashash punktlari; 2. uyushma, ittifoq; 3. birikish,
qo‘shilish (turli moddalarning biriktiruvchi modda yordamida birikishi).
aggloméré
nm I. nm aglomerat, presslangan material; yaxlit qurilish
materiali; II. adj zichlangan, presslangan, taxtakachlangan.
agglomérer
I. vt zichlamoq, presslamoq, taxtakachlamoq; II.
s’agglomérer vpr 1. to‘planmoq, yig‘ilmoq; les hommes s’agglomèrent
dans les villes odamlar shaharlarda yig‘ilib, to‘planib qolmoqdalar; 2.
presslanmoq, taxtakachlanmoq, bir-biriga yopishmoq; le sucre s’est
aggloméré qand yopishib qoldi.
agglutinant, ante
adj 1. bog‘laydigan, bog‘ lovchi; yopishqoq, shirador; 2.
ling agglutinativ, agglutinatsiyalanuvchi; langues agglutinantes agglutinativ
tillar (so‘zlari so‘z o‘zagi yoki negiziga affikslar qo‘shilishi natijasida
yasaluvchi va o‘zgaruvchi tillar).
agglutination
nf agglutinatsiya 1. ling ayrim tillarning, shu jumladan
o‘zbek tilining grammatik qurilishiga xos xususiyat-grammatik shakl va
yasama so‘zlarning so‘z o‘zagi yoki negiziga affikslar qo‘shilishi natijasida
yasalishi; 2. biol qizil va oq qon tanachalarining bir-biriga yopishib g‘ujlanishi;
yopishish, birikish, yopishtirish, biriktirish.
agglutiner
I. vt biriktirmoq, yopishtirmoq, yig‘moq; to‘plamoq; les grains
de sable étaient agglutinés qum donalari bir-biriga yopishgan edi; II.
s’agglutiner vpr yopishmoq, birikmoq; les mouches s’agglutinent sur la
confiture pashshalar murabboga yopishib qolardilar.
aggravant,
ante
adj
kuchaytiradigan,
chuqurlashtiradigan,
jiddiylashtiradigan, og‘irlashtiradigan; une circonstance aggravante aybni
og‘irlashtiruvchi holat.
aggravation
nf 1. kuchaytirish, yomonlashtirish, og‘ irlashtirish,
yomonlashish, og‘irlashish, kuchayish, ortish, battar bo‘lish; l’aggravation
d’une maladie kasallikning zo‘rayishi; l’aggravation de la situation
vaziyatning yomonlashuvi; l’aggravation du conflit ixtilof, nizo, mojaroning
kuchayishi; une aggravation de peine jazoning og‘irlashuvi; l’aggravation
du chômage ishsizlikning ortishi; 2. dr aybni og‘irlashtirish.
aggraver
I. vt yomonlashtirmoq, og‘irlashtirmoq, kuchaytirmoq,
murakkablashtirmoq, jiddiylashtirmoq, chuqurlashtirmoq, oshirmoq; les
circonstances aggravent son crime vaziyat uning aybini og‘irlashtirmoqda;
aggraver les difficultés qiyinchiliklarni chuqurlashtirmoq; aggraver l’état
de qqch biror narsaning holatini yomonlashtirmoq; aggraver une maladie
kasallikni zo‘raytirmoq; aggraver la situation vaziyatni murakkablashtirmoq;
II. s’aggraver vpr kuchaymoq, og‘irlashmoq, ortmoq, yomonlashmoq,
chuqurlashmoq, murakkablashmoq, keskinlashmoq; la situation s’aggrave
d’heure en heure soat sayin vaziyat yomonlashardi; la maladie s’est
aggravée kasallik zo‘raydi; les oppositions s’aggravent nizo, qarama-
qarshilik keskinlashmoqda; le chômage s’aggrave ishsizlik ko‘paymoqda.
agile
adj 1. epchil, chaqqon, ildam; agile comme un chat mushuk kabi
chaqqon; 2. fig tez, ildam ilg‘ab oladigan, ziyrak; un esprit agile zo‘r aql
egasi, oqil, dono.
agilement
adv epchillik bilan, chaqqon, ildam, chaqqonlik bilan.
agilité
nf epchillik, ildamlik, chaqqonlik; l’agilité d’un acrobate
akrobatning epchilligi; avec agilité epchillik bilan, chaqqonlik, ildamlik bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: