Microsoft Word Cаидов Лотин-new doc


Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi aholi tarkibi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/52
Sana08.06.2022
Hajmi1,8 Mb.
#643260
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
markaziy-osiyo-xalqlari-tarixi compress

2.8. Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi aholi tarkibi 
O’quv maqsadi: 
Insoniyat tarixida ko’chmanchilik bilan hayot ke-
chiruvchi xalqlarning kelib chiqish sabablari, Markaziy Osiyoda yashagan 
ko’chmanchi qabilalar, xalqlar, ularning turmush tarzi, mashg’ulotlari, 
boshqaruv tizimi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni haqida 
talabalarga atroflicha ma’lumot bersih, yashagan hududlari haqida 
tasavvur hosil qilish va tarixiy davr bo’yicha ko’nikmalar berish.
Tayanch tushunchalar: 
Andranova, sak, massaget, nomad, skif, dax, 
se, Tur, Turon, Arimas, Strub, Katakomba. 
Ko‘chmanchilik - chorvachilikning maxsus shakli va bunday xo‘jalik 
bilan hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. "Ko‘chmanchilik” 
atamasi ba’zan kengroq tushunchada, hatto ovchilik, baliqchilik va ter-
machilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yo‘sini 
ma’nosida ham talqin etiladi. (Masalan: Avstraliya aboreginlari, Amerika 
indeyslari va boshqalar) Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, 
Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va 
terimchi jamoalari hayotida yuzaga keladi. Miloddan avvalgi 4-3 
mingyilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirg‘oq mintaqalarida , 
tog‘ oldi hududlarida, jilg‘alar va daryo adoqlarida yashagan aholi turar 
joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik bilan birga olib borilgan 
yarim o‘troq xonaki chorvachilik xo‘jaligi shakllandi. Asrlar osha chorva 
boshlarining ko‘payishi va chorvachilik xo‘jaligining kengayib borishi 
bilan tog‘ yaylovlari va dashtu bepayon o‘tloqlari o‘zlashtirildi. Garchi 
yaylov chorvachiligi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining asosiy 
mashg‘uloti hisoblansa-da, ko‘chmanchilik xo‘jaligida ozuqa beruvchi 
dehqonchilik va ovchilik ham ma’lum darajada o‘rin tutgan. Ayrim qabi-
lalar yarmi ko‘chib yursa, yarmi o‘troq yashagan. 
Miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarda Osiyoda, tog‘ oldi hududlarda, 
suvli qirg‘oq mintaqalarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab 
ovchilik va dehqonchilik bilan birga olib borilgan xonaki chorvachilik 
xo‘jaligi shakllandi. Chorvachilik xo‘jaligi dehqonchilikka nisbatan oson-
roq, ya’ni yangi-yangi yerlarga ishlov berib, dehqonchilikka tayorlashga 
hamda ko‘p ishchi kuchini talab etmas edi. Shu tariqa juda ko‘plab, 
avvaldan o‘troq hayotga moslashgan aholi punktlari asta-sekinlik bilin 
miloddan avvalgi II mingyillikning oxiri. I mingyilliknining boshlarida 
tog‘ oldi av dashtlarda yashovchi o‘troq va yarim o‘troq qabilalarning bir 
qismi hayotida ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik tarzi shakillanib, 
ko‘chma chorvachilik xo‘jaligiga muqimlashdi. Bu jarayon ayniqsa milod-
dan avvalgi1 mingyilliklarda Markaziy Osiyoda keng tus oldi. Ko‘chman-


68
chilik hayot tarzi o‘z qatorida "Nomad sivilizatsiyasi"ni vujudga keltirdi. 
Ushbu sivilizatsiya daryo sivilizatsiyasiga qarama-qarshi tushuncha hisob-
lanib, uning asosini "yovvoyi yashash tarzi" tashkil qilardi. 
Markaziy Osiyoning qadimgi ko‘chmanchilari haqida yozma manba-
larda (Avestoda, Yunon manbalarida, Bexistunda, Xitoy manbalarida) 
ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Biz Markaziy Osiyo hududida 
ko‘chmanchi qabilalaridan "Sak" va "Massaget"lar istiqomat qilgani uchun 
ular haqida kengroq ma’lumotlar berib o‘tamiz. 
Massagetlar: Kaspiy dengizninig sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, 
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan ko‘chmanchi qabilalar 
guruhi. Ular to‘g‘risida fanda turli qarashlar mavjud: 
-ayrim olimlar fikri bo‘yicha "Massaget"(mase)-baliq so‘zidan kelib 
chiqqan bo‘lib,"baliqxo‘rlar" ma’nosini anglatadi. 
-"massaget" atamasi "mas", "saka", "ga" so‘zlaridan kelib chiqqan 
bo‘lib, saklarning katta uyushmasini anglatadi. 
-"massaget" so‘zi "mazagetlar" so‘zidan "maza"-ulug‘ ma’nosini 
bildirib "ulug‘getlar"ni anglatadi. 
-Xitoy solnomalarida ularni "kata yuetji"lar bilan bir xalq qatoriga 
ko‘yilgan. Bu fikrga S.P.Tolstov ham qo‘shilgan. 
Massagetlar katta uyushma bo‘lib, ular tarkibiga bir necha qabila, qa-
bilachalar (atiylar, asianlar, usunlar, augaslar, daxlar va boshq.) kirgan. Bu 
qabilalarning o‘ziga xos nomlari ular ulug‘lagan totemlaridan kelib chiqqan. 
Jangchilar ko‘pincha o‘zlariga kuchli hayvonlarni (qoplon, yo‘lbars, ilon, 
burgut) totem qilishgan. Geradotning yozishicha, ular piyoda va otda jang 
qilganlar. "Skif"larga o‘xshab otlarni va o‘zlarini sovut bilan himoyalaganlar. 
Himoya vositalari asosan oltindan va aksincha ularning qurollari misdan 
yasalgan. Qurollarining asosini - kamon, nayza va oybolta (sagariy) tashkil 
qilgan. Strobonning yozishicha, massagetlar ikki xil tipga bo‘linganlar: 
1 .Ko‘chmanchi: o‘zini kuchli bilib, faqat boshqa mulklarni talash 
bilan shug‘ullangan. 2.O‘troq: o‘zini zaif bilib, asosiy kuchini chorva 
boqish va dehqonchilikka qaratgan. Bu ikki tip xuddi skiflarga o‘xshab 
asosan, "quyoshga" topinganlar, lekin qurbonliklar ikki xil yo‘l orqali 
amalga oshirilgan. Birinchi tip asosan "ot" qurbonlik qilgan bo‘lsa; 
Ikkinchi tip esa yarim tayyor mahsulotlar (sabzavotlar, meva-cheva, may) 
qurbonlik qilishgan. Gomerning "Odessa" asarida ular "kimmeriylarning 
"avlodi hisoblanib, ularning jang qilishi taktikasi uzoqdan kamon otib, tez-
tez kichik bo‘linmalari hujumlari bilan ko‘rsatilgan. Ular asosan deh-
qonchilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarib, savdoni odatda saklar bilan olib borganlar. 
Sak: (shaklar) Osiyo dashtlari chorvadorlari, Geradot yozishicha 
Yevrosiyo cho‘llarida, Qora dengiz sohillarida istiqomat qiluvchi ko‘ch-
manchi "skalot" qabilalari. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Ular 
77
miloddan avvalgi 155 yilda Yunon-Baqtriya davlati inqiroz sari yuz tutdi. 
Kushonlar to‘g‘risida eng kerakli ma’lumotlarni "Kichik Xan tarixi" 
asari (Xitoy sulolasi)dan, shuningdek, Kushon hukmdorlarining tangalari-
dan va ular qurib qoldirgan yodgorliklardan olish mumkin. 
Xitoy solnomalarida kelishicha, Yuechjilar Baqtriyada 5 ta oilaga bo‘li-
nib yashadilar. Guyshuan oilasining yabg‘usi qolgan 4 oila yabg‘ularini 100 
yil mobaynida o‘ziga tobe etib, Guyshuan podsholigini tashkil qiladi va 
poytaxti taxminan Baqtra bo‘lgan deyiladi. Uning yabg‘usi Kiotszyukyu 
(ayrim manbalarda Geray) Parfiya bilan urush olib borib, hozirgi Afg‘oniston 
hududlari va Qobulni egallab olgan. Keyinchalik uning o‘g‘li Hindistonni 
bosib oladi va uni boshqarishni o‘z lashkarboshilaridan biriga topshiradi. 
Uning qo‘shnilari bu davlatni "Guyshuan" deb atagan bo‘lsa, Xitoyda ularni 
hali ham o‘sha eskichada yuechji deb atashardi. Kushon podsholarining 
nomlari Xitoy yozma manbalarida juda noaniq transkripsiyada berilgan. Hin-
diston va Markaziy Osiyodan topilgan tangalar yordamida kushon podsho-
larining nomini bilishimiz mumkin. 
Bir vaqtning o‘zida Kushon hukmdorlarining hukm surgan yillari 
to‘g‘risida ham Hindiston, ham Xitoyda yozilgan qaydnomalar mavjud. 
Lekin ularda berilgan sanalar keskin farqlanadi. Buning sababi nimada? 
Bunga sabab Xitoyda oy va quyosh kalendarlariga amal qilingan. 
Hindistonda esa Xitoydan farqli ravishda Budda, Vikram va Saka kalen-
darlari amalda bo‘lgan. Ular mingliklar va yuzliklar (1000, 100)ni ifoda-
lashmagan. Ularda faqat birliklar va o‘nliklar (1-10) mavjud bo‘lganligi 
uchun olimlar hanuzgacha solishtirish yo‘li bilan Kushonlar hukmron-
ligining aniq xronologiyasini aytib bera olmaydilar.
Ularning ilk podsholaridan biri Kudzula Kadfiz bo‘lgan. U taxminan 
mil. 1 asrda 10 15 yil davomida hukmronlik qilgan. Shu davrda u alohida 
ajralib ketgan yuechji, tohar qabilalarini birlashtirgan. Kudzula Kadfiz 
arshakiylar hukmdori bilan, saklar (Xindiqush janubidagi) bilan jang qilib 
Qobul atrofidagi viloyatlarni, shuningdek Kashmirni ham ishg‘ol etdi. U 
Kushon podsholigi hududini Sug‘ddan yuqori Hind daryosigacha Pomir-
dan Parfiyagacha kengaytirdi. 
Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb 
etgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi 
tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg‘u» degan yozuvli tangalar zarb etilgan. 
Kudzula Kadfiz vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Vima Kadfiz (yoki Kadfiz II) 
taxtga o‘tiradi. U Hind daryosi havzasidagi va Panjobdagi viloyatlarni 
bosib olishga harakat qilgan. 
Bu hududni boshqarib turgan grek-makedonlar kichik hukmdorlarining 
qo‘shinini yengib, o‘z davlati chegaralarini to Banorasgacha kengaytirgan. 
Bundan keyin Kushon chor davlati Buyuk Kushonlar saltanati deb atala 
boshlandi. U Vima Kadfizga atab tosh haykal o‘rnatganlar. Bu haykal 


76

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish