www.ziyouz.com kutubxonasi
87
88-bob
Ozuqalardan badanga zarar beradigan narsalardan chetlashish haqida
Faqih Abu Lays (Alloh rozi bo'lsin) aytadilar: Badan kuz va qish kunlarida quvvatli
bo'ladi, taomni ko'taradi, chunki oshqozon bu vaqtda qiziydi va taomni hazm qiladi. Yoz
va bahorda oshqozon soviydi, sovuqligi sababli taomni ko'tarishga zaiflik qiladi.
Yoz kunlari sovuq suvni ko'p ichishning zarari kam, qish kunlari zarari ko'p. Kishi qish
kunlarida suv ichishni kamaytirishi lozim. Shuningdek, kechasi ham ko'p suv ichmaslik
kerak, chunki bu vaqtda oshqozon soviydi, unga zarari etishi va kasallanishi xavfi bor,
lekin issiqlik g'olib kelsa yoki isitmasi bo'lsa, ichaverishi mumkin. Uxlamoqchi bo'lgan
odam qorni to'q bo'lsa, sunnatga muvofiq birinchi o'ng tomoni bilan yotishi lozim bo'ladi,
so'ng chap tomonga buriladi, chunki bu hol taom hazm bo'lishini osonlashtiradi. Ammo
oshqozon to'la holda uxlash qalbni qattiq qiladi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
"Taomlaringni namoz bilan parchalanglar, u bilan uxlamanglar, aks holda qalblaring
qattiqlashadi", degandilar. Kishi uzrsiz qorni bilan yotishi durust emas. Nabiy (sollallohu
alayhi vasallam) bir kishini qorni bilan yotganini ko'rib, uni turtganlar va: "Bunday
yotma, chunki bu yotishdan Alloh g'azablanadi", deganlar. Agar qorni to'q bo'lsa va
qorni og'rishidan qo'rqib, yostiqni qornining ostiga qo'yib uxlasa, zarari yo'q, chunki bu
uzrlidir, zarurat mamnu' ishlarni muboh qiladi, so'ng ko'p egani uchun tavba qilishi
lozim. Taomdan oldin sovuq suv ichish oshqozon olovini o'chiradi, uni taomdan so'ng
ichish oshqozonni qizdiradi va badanni yog'laydi. Agar kishi olma, o'rik, uzum va shunga
o'xsha ho'l mevalardan esa, uning orqasidan suv ichishi durust emas, chunki bu ish
oshqozonni buzadi. Bir-ikki soatdan so'ng ichishi durust. Agar issiq guruch yoki holva
esa, ustidan hech qachon sovuq suv ichmasin, chunki tishlarga zarar qiladi, juda ichgisi
kelsa, avval bir-ikki luqma non esin, so'ng ichsin, shunda zarar kamroq bo'ladi. Issiq non
bilan tut yeyish qorinda qurt paydo qiladi.
Ibn Muqfa' aytadilar: "Kim qirq kun tinmay piyoz esa, so'ng yuzida dog' paydo bo'lsa,
faqat o'zini malomat qilsin. Agar kamaytirsa va uning (piyozning) ortidan sho'r esa,
so'ng unda qichima paydo bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin. Kim baliq bilan tuxumni
aralashtirib esa, so'ng falaj bo'lsa, faqat o'zini malomat qilsin, kim shira bilan sutni
aralashtirsa, pes kasalligi bilan balolansa, faqat o'zini malomat qilsin".
Kishi taom eyayotganda, taomning hammasini eb bo'lmaguncha, suv ichmasin, shunda
zarari kamroq. Baliq ko'p yeyish ko'zga ziyon qiladi, kishiga qornida sut bilan nordon
narsa yoki ko'katni jamlashi durust emas. Taomdan oldin ho'l meva eyishning zarari
kam, undan keyin eyishning zarari ko'proq. Sut bilan ho'l mevani birga yeyish durust
emas, shuningdek, quduq suvi bilan daryo suvini birga ichish ham noma'qul.
To'rtta narsa o'tib ketgunicha maqtalmaydi: taom hazm bo'lgunicha, jangchi qaytib
kelgunicha, ekin yig'ib olingunicha, ayol o'lgunicha.
Kun isiganda (kunning o'rtasida) go'shtni ko'p yeyish kasallikni qayta qo'zg'aydi.
Nonning badanga eng zararlisi issiq bo'lgani, badanga zarari kamrog'i bir kun turgani.
Go'shtning badanga zararlisi orqa yarmi, zarari kamrog'i boshga yaqinrog'i. To'yib ho'l
xurmo yeyish oshqozon kasalligini keltiradi. Danakni non bilan yoki yolg'iz o'zini yeyish
hazmni og'irlashtiradi. Patir non va shunga o'xshashlarning hazmi ham sekin. Tut
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |