87-bob
Tabobat haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Kishiga badaniga zarar beradigan narsalardan saqlana
oladigan miqdorda tabobat ilmini o'rganish mustahabdir. Hukamolarning aytishicha: ilm
ikki xil bo'ladi: din ilmi; badan ilmi. Kishi din ishlarini isloh qila oladigan miqdorda ta'lim
olishi zarur bo'lgani kabi, badanini salomat saqlab oladigan darajada tabobatni bilmog'i
va zarar beradigan narsalardan chetlashmog'i lozim. Tabiblar tabobatda parxezdan
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
86
foydaliroq narsa yo'q degan so'zga ittifoq qilishgan. Bir sahobiy bir kishiga: "Senga
tabiblar suyanadigan tabobatni, olimlar suyanadigan ilmni, hakimlar suyanadigan
hikmatni o'rgataymi?", dedi. U: "Ha", dedi. "Tabiblar suyanadigan tabobat –
dasturxonga qorning och bo'lgan vaqtda o'tirish va ishtahang bo'lsa ham (to'ymasdan)
turish. Ulamolar suyanadigan ilm shuki, bilmaydigan narsa haqida so'rashganda, "Alloh
biluvchiroq", deyish. Hakimlar suyanadigan hikmat – agar sen bir qavmning yig'inida
o'tirsang, sukut qil, ular yaxshilik haqida gapirsalar, ular bilan gaplash, agar yomon
narsa haqida gapirsalar, turib ket", dedi sahobiy.
Qadimda uzoq umr ko'rgan bir kishiga umring nima sababli uzun bo'ldi, deyilganda,
taom pishirsak, yaxshilab pishiramiz, chaynasak, yaxshilab chaynaymiz va qornimizni
to'ldirib yubormaymiz uni bo'sh qoldirmaymiz ham, dedi.
Kishi kunduzgi taomdan so'ng cho'zilishi, kechki taomdan so'ng yurishi foydaliroq,
deyiladi. Masalda aytiladiki, agar kunduzgi taomni eb bo'lib cho'zilsa, badaniga yuqadi,
kechki taomdan so'ng yursa, singadi.
Zuhriy rivoyat qiladilar: "Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): "Beshta narsa xotirani
susaytiradi: nordon olma yeyish, suvga bavl qilish, sun'iy yo'l bilan bo'yindan qon
oldirish, bitni tuproqqa tashlash, sichqon tekkan suvni ichish", dedilar". Aytiladiki, qabr
toshlardagi lahvni o'qish, kashnich yeyish, oldin-ketin bog'langan, ikki tuyaning o'rtasida
yurish va ikkita ayolning orasida yurish ham xotirani susaytiradi.
Zahhoq Ibn Abbosdan rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Misvokni
ko'p ishlatinglar, chunki unda o'nta xislat bor: og'izning pokligi, Rabbning rizoligi,
farishtalarga xursandchilik, ko'zga jilo, tishga oqlik, milkni mustahkamlash, tishdan
chirish va toshlarni ketkazish, taomni hazm qilish, balg'amni kesish, farishtalar uning
oldida hozir bo'lishi, namozning savobi ikki barobar bo'lishi, shaytonni xorlash", dedilar.
Aytiladiki: Sariq poyabzal kiygan kishi Alloh taoloning:
"U zotning aytishicha, u ochiq-mallarang sigir bo'lib, ko'rganlarning ko'ngli chog' bo'ladi"
(Baqara, 69), degani sababli huzur, halovatda bo'ladi.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim aqiq ko'zli uzuk taqib yursa, doimo barakot va
xursandchilikda bo'ladi", deganlar.
Aytishlaricha, kim uyni latta bilan supursa, xamirturush ishlatmasa, o'rgimchak to'ridan
uyini tozalamasa, faqir bo'ladi. Kim oxurni o'rgimchak to'ridan tozalamasa, hayvonlari
semirmaydi, degan gap ham bor. Yana aytiladi: yashil rangga, oqar suvga, chiroyli
chehraga, ota-onaning yuziga, namozda sajda o'rniga, shirin limonga, qizil kabutarga
qarash ko'zni ravshanlashtiradi. Qishda olovga qarashda beshta xislat bor: sovuqni
ketkazadi, yuzni chiroyli qiladi, taomni hazm etadi, adashish va qiyinchilikni ketkazadi,
qo'rqinchdan chalg'itadi.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Kim uzun umr ko'rishni xohlasa, erta nonushta
qilsin, kechki ovqatni kechiktirsin, ridoni engillatsin, ayollar bilan jinsiy aloqani
kamaytirsin, deganlar. "Ridoni engillatish nima?" deyilganda, "qarzni kamaytirish",
dedilar.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |