www.ziyouz.com kutubxonasi
82
83-bob
Daf urish (nog'ora chalish) haqida
Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Insonlar kelin to'yda daf chalish to'g'risida
ixtilof qilishdi. Ba'zilar zarari yo'q, deyishsa, ba'zilar makruh deyishdi. Zarari yo'q,
deganlar Oisha onamiz Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisga
suyanishgan: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Nikohni e'lon qilinglar, uni
masjidlarda o'tkazinglar va unda daf chalinglar". Muhammad ibn Hotib rivoyat qiladilar:
"Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Halol bilan harom orasini ajratish nikohda daf
chalish va ovozni ko'tarish", dedilar". Muhammad Siyrin aytadilar: "Men xabar topdimki,
Umar (roziyallohu anhu) agar daf ovozini eshitsalar uni to'xtatar, so'ng so'rar, agar kelin
yoki xatna to'yi deyishsa, unga ruxsat qilar edilar".
Hishom ibn Urva otasidan, otasi Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qiladi: "Abu Bakr
(roziyallohu anhu) kirganlarida, Oishaning oldida ikkita joriya bor edi. Ular Iyd kunida
daf chalib o'ynashar va ularning oldida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham bor
edilar. Abu Bakr ularni koyib: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida
shu ishni qilyapsizlarmi?" dedilar. Shunda Rasul alayhissolatu vassalom: "Ey Abu Bakr,
ularni o'z holiga qo'y, har bir qavmni bayrami bor, bugun bizni bayramimiz", dedilar.
Oisha (roziyallohu anho) kelin to'yida edilar. Qaytganlarida Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam): "Biror narsa aytdingmi?" deb so'radilar. Oisha onamiz: "Ha, bunday dedik",
deb quyidagi she'rni aytdilar:
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar Rahmonga toat bo'lmaganida, biz
vodiylaringga kelmasdik" deb aytmadingmi?" dedilar.
Ikrima rivoyat qiladilar: Ibn Abbos o'g'illarini xatna qilganlarida ashulachilarni chaqirdilar
va ularga besh dirham berdilar.
Ammo bu ishni makruh deydiganlar Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat
qilingan hadisga tayanganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki:
"Mo'min uchun uchtasidan tashqari hamma bekorchi ishlar botildir. Otini o'rgatish,
kamon otish, xotini bilan o'ynashish".
Abu Burayda otasidan rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) g'azotdan
qaytganlarida bir ayol kelib: "Agar siz g'azotdan sog' qaytsangiz, oldingizda daf chalishni
nazr qiluvdim?", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar nazr qilgan
bo'lsang chal, agar nazr qilmagan bo'lsang chalma?" dedilar. Ayol: "Ey Rasululloh, men
nazr qilganman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Unday bo'lsa chal",
dedilar. Shunda u ayol chaldi. Shu payt Abu Bakr (roziyallohu anhu) keyin Umar kirdilar.
Ayol birdan dafni otib yubordi va o'tirib qoldi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey
Umar shayton sendan qochadi deb o'ylayman?" dedilar".
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) agar nazr qilgan bo'lsang chal, nazr qilmagan
bo'lsang, chalma, deganlarining ma'nosi nazr qilmagan bo'lsa, chalishdan
qaytarganlaridir va bu chalish joiz emasligiga dalildir. Nabiyning (sollallohu alayhi
vasallam), nikohni e'lon qilinglar, deganlari nikohni ma'lum qilishda kinoyadir, bunda
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
83
aynan dafni chalish tushunilmasligi kerak.
Faqih aytadilar: Ammo bizning zamonimizda chalinayotgan daflar bular sinjot va
jalolotdir. Bas, bilittifoq makruhdir. Ixtilof esa, oldingi zamonlarda chalingan daf
xususidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |