www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
farovon saqladi! G’oya-g‘oya! Ulug‘ inqilob g‘oyasi, sotsializm g‘oyasi, baynalminallik
g‘oyasi, kommunizm g‘oyasi. El-yurtni ana shu g‘oyalar qudratli etib turdi!
— Jamiyat misoli bir tan-jon. Jamiyat ruhiyati — mafkuradan iborat. Shu sabab,
jamiyat mafkura bilan tirik, mafkura bilan hayot. Mafkura haminqadar chayir bo‘lsa,
haminqadar qudratli bo‘lsa, haminqadar pokiza bo‘lsa — jamiyat shu qadar o‘sib-unadi!
— Mafkura jamiyat manfaatlarini himoya etuvchi huquqiy-falsafiy g‘oyalardir, axloqiy-
diniy qarashlardir. Shu bois, ulug‘ niyatlar, ulkan rejalar — mafkuradan bino bo‘ladi.
Bizda ana shunday mafkura bor edi. Uni kommunistik ideologiya, der edilar. Endi,
kommunistik ideologiya yo‘q... Endi, millat manfaati dunyoga keldi, millat maqsadi
dunyoga keldi. Endi, millat shavkati dunyoga keldi, millat orzusi dunyoga keldi. Qayta
quruvchilar ana shulardan... mafkura tizimi bitishlary lozim bo‘lady. Ana shularni
jamlab... milliy mafkura yaratishlari lozim bo‘ladi. Uni — o‘zbekona mafkura, deb
atashlari lozim bo‘ladi.
— Qayta qurish demak — inqilob demak. Inqilobni karomatlari ko‘p. Shunday
karomatlaridan biri — inqilob... to‘da-to‘da ko‘piklarni yuzaga olib chiqadi. To‘da
ko‘piklar... yuzada qalqib yuradi, havolanib yuradi, savlat to‘kib yuradi. Ko‘piklar asl
narsalarni... pastga uradi, chetga suradi! Yuzada esa... yolg‘iz o‘zlari qoladi! Olisdan
qarasangiz — ko‘piklar juda dahshatli ko‘rinadi. Yaqindan qarasangiz — tayin-tuturig‘i
yo‘q... pufaklar bo‘ladi! Qo‘lingizga olib ko‘rsangiz... yo‘q bir narsa bo‘ladi! Ana, o‘sha
ko‘piklar, ana! To‘da ko‘piklar... asl mehnat samaralarini yerga urmoqda, asl zotlarni
yerga urmoqda! Yuzada misoli to‘da ko‘pik bo‘lib... o‘zlari qolmoqda! Bir to‘da ko‘piklar...
Oktyabr inqilobi Rimdan kelgan, deydimi? Ulug‘ Oktyabr inqilobi-ya?
— O’zi, bular ko‘pik desa... ko‘pik ekan! Shuniyam to‘liq bilmas ekan —
tushuntirolmadi. Aslida esa, gap bunday. Buni birovga aytmang, o‘rtoq Rajabov, gap
oramizda qolsin. XVI asr boshlarida Moskvani buyuk knyazi Vasiliy III Pskov oqsoqoli
Filofeydan bir qator murojaatnomalar oladi. Filofey shulardan birida buyuk qnyazdan
Moskvani... «uchinchi Rim» qilishini talab etadi. Boisi, birinchi Rim — «eretik» popistlar
qo‘lida qolib ketgan bo‘ladi. Ikkinchi Rim— Konstantinopolni esa, musulmonlar egallab
olgan bo‘ladi.
— Konstantinopol...
— Ha, ha, o‘sha shahar. Endi, buyuk rus knyazi Vasiliy III oldida ikkita olamshumul
masala ko‘ndalang bo‘lib qoladi: butun yer yuzida Xristos g‘oyalarini tantana qildirish va
cherkov pravoslavi hukmini o‘rnatish. Shunday qilib, buyuk knyaz oqsoqol Filofeyni
da’vatlarini amalga oshirib boshlaydi. Dastlab, knyazni o‘g‘li Ivan Grozniy o‘zini podsho
deb e’lon qiladi. Ivan Grozniy o‘zini Rim va Vizantiya «tsezarlari» merosxo‘ri etib
tanitadi. Qirg‘inbarot faoliyat boshlab yuboradi. Undan keyin bu faoliyatni Petr Birinchi
davom ettiradi. Keng qamrov bilan davom ettiradi! Mazkur g‘oya XIX asrda
«slavyanofillar» nomi bilan keng avj oladi. Kuchli oqim sifatida tarmoq otib boradi.
Slavyanofillar, slavyanofillar... 1917 yilda mazkur g‘oyani — «uchinchi Rim» g‘oyasini...
kommunistlar ilib oladi! Kommunistlar «uchinchi Rim» g‘oyasini o‘zlashtirib olib...
«Oktyabr inkilobi» nomi bilan hayotga tadbiq etadi. Bir so‘z bilan aytsak, KPSS... Ivan
Grozniy bilan Vladimir Leninni payvandidan hosil bo‘ladi!
54
Tok osti so‘ri olachalpoq ko‘laga bo‘ldi.
Botir firqa ana shu so‘rida o‘tirdi. So‘ri panjaraga orqa berib o‘tirdi. Inqillab-inqillab
o‘tirdi. O’qchib-o‘qchib o‘tirdi, yerga tupurib-tupurib o‘tirdi.
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |