Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
Qo‘shchi tomdan tushdi. Hovuz bo‘ylab yurdi. Hovuz supada tik turdi. Qo‘llarini orqa 
etdi. Yo‘q qorinni olg‘a surdi. Io‘q qorinni olg‘a suraman deya... ketiga chalqayib qoldi. 
Yo‘q qorin oldinda qoldi... Keti ich-kari kirib yo‘qoldi. O’zi ketiga chalqayib qoldi! 
Qo‘shchi dehqonlarga barmoq nish etdi. 
— Shunday turinglar! — dedi. Dehqonlar supa poyiga to‘p bo‘ldi. Qo‘shchi supaga 
barmoq bigiz etdi. 
— O’tiringlar! — dedi. 
Dehqonlar cho‘k tushdi. Chordana qurib o‘tirdi. 
Qo‘shchi belqarsdan bilak o‘tkazdi. Belqars tutamladi. Io‘q qorinni tag‘in-da olg‘a surdi. 
Keti tag‘in-da ichkari kirib yo‘qoldi. 
— Ammo-lekin! — dedi. — Aytinglar, qani, men kimman? 
Dehqonlar o‘zaro qarashib oldi. Bilamiz demishday, bosh irg‘adi. Hazil demishday, 
miyiqlarida kuldi. 
— Kim bo‘lardingiz, o‘zimizni Botir qo‘shchi-da, — dedi. 
Qo‘shchi yo‘q qorinni olg‘a siltadi. 
— Yo‘q! — dedi. — Ammo-lekin topolmadilaring! 
Dehqonlar burchakka bet burib keldi. Dehqonlar og‘iz ushlab kuldi. 
— Kolxoz tuzilgani qachon edi? — dedi qo‘shchi. — 
Sizlarga qachon aql kiradi? Topinglar, men kimman? 
Dehqonlar yuzidan kulgich qochdi. Bari o‘ylab qoldi. Oxiri chidab o‘tirolmadi. 
— Unda, o‘zingiz ayting?
— Biz bir dalada yurgan dehqon bo‘lsak? 
Siz tuman borib keldingiz, siz ayting? 
Qo‘shchi ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Ko‘kragini olg‘a shishirdi. 
— Mana shu... men-a? — dedi. — Mana shu men! Aytinglar, qani, mana shu men
kimman? 
Dehqonlar tag‘in bir-biroviga qaradi. 
— Ha, shu siz, shu siz! — dedi. 
— Unda, sizlarga topshiriq: boringlar, meni kim ekanimni bilib kelinglar! 
Qo‘shchi shunday deya, supadan tushdi. Ko‘chaga ravona bo‘ldi. 
Bir dehqon qo‘shchini izidan yetdi. Qo‘shchini bilagidan tutamladi. 
— Menga qara, Botir, — dedi. — Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, 
tovoni yoriq, deydilar. Otang shul, enang shul, nima qilasan, osmonga chiqib? Tush 
pastga, tush! 
Qo‘shchi qaytib keldi. Qo‘shchi ko‘kragiga kaft qo‘ydi. 
— Men! — deya ko‘krak urdi. — Mana shu men, Botir firqaman, Botir firqa! 
Dehqonlar o‘zaro qarashib-qarashib oldi. 
— Kim-kim? — dedi. 
— Bir so‘z bilan aytsak: Botir firqa! 
Qo‘shchi shunday deya, supa bosh-adog‘ilab odimladi. Dehqonlarga qarab-qarab 
odimladi. 
— Bir so‘z bilan aytsak, men shu kundan boshlab 
Botir firqa bo‘ldim! Ayni vaqtda, qishloq sho‘rosini raisi-da bo‘ldim! — dedi. — Kimda-
kim meni Botir firqa demas ekan, o‘zidan ko‘rsin! 
Dehqonlar baqa bo‘lib qoldi. 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish