Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Bola ingillamay qoldi. 
Ona yolg‘izoyoq so‘qmoq bo‘ylab yurdi. Qishloqni mo‘ljallab yurdi. 
Qishloq bir qadam ko‘rinsa-da, xiyla olis bo‘ldi. 
Bir ilon so‘qmoqni kesib o‘tdi. 
Ona taqqa to‘xtadi. Seskanib oldi. O’zini orqaga oldi. 
Shunda, yelkasidagi bolasi ketiga chalqayib ketdi. Keti bilan yiqilib tushay dedi. 
Ona bolasini oyoqlaridan ushlab qoldi. 
Ona yoqasini ko‘tarib, ichiga «tuf-tuf» etdi. Ilon yurmish o‘t-o‘lan shitir-shitir tingunicha 
qimirlamadi. Joyida turdi. 
Tag‘in yo‘lida davom etdi. 
Bola onasini boshini opichlab-opichlab oldi. 
— Ena, non... — dedi. 
Ona parvo etmadi. Bir maromda odimladi. Qosh qorayib bordi. 
Ona qadamini katta oldi. Ammo qadami o‘ngmadi. Boshi aylandi. Ko‘z oldi tebrandi. 
— Ena, no-on... 
Elas-elas bir it hurdi. It kimga hurdi? It nima-ga hurdi? 
Ona oyoq ildi. 
«It menga huryapti, menga! — deya o‘yladi. — It bir nimani hidini oldi. It non hidini oldi
non. It ana endi chopib keladi!» 
Ona it hurishini... bolasidan ko‘rdi. 
«Bolam non-non deyapti. It «non» so‘zini eshitdi», deya o‘yladi. 
Non dema-ya, qirilib ketgur! — deya, bolasi sonini o‘yib-o‘yib oldi. — Ana, it 
kelyapti, non dema-ya! 
Bolasini nafasi ichiga tushib ketdi. Ona tag‘in yo‘lida davom etdi. It yana bir hurdi. 
Ona ana shunda it bor tarafga qarab ketayotganini angladi. Yo‘lini chap solishni o‘yladi. 
Ammo so‘qmoq yolg‘iz bo‘ldi. O’z oti o‘zi bilan, yolg‘iz. 
Ona: «It non hidini oldi-yov. Chopib kelib yopishmasa-yov», deya o‘yladi. 
— Ona, no-on... 
Ona yo‘lini so‘qmoqdan chap solmoqchi bo‘ldi. Besh-olti odim bosdi. Ammo oyoqlari 
chirmovuqlarga ilashib qoldi. Yovvoyi bedalarga ilashib qoldi. 
Shunday ketsa, oyoqlari chalishib yiqilishidan qo‘rqdi. Yomondan-yomoni... o‘t-o‘lanlar 
ichida boyagiday ilonni bosib olishidan qo‘rqdi. 
Ona yana qaytib so‘qmoqqa tushdi. Qo‘ltiq tugunini mahkamroq bosdi. 
— Ena, no-on... 
Ona yelkalarini uchirdi. Bolasini silkib-silkib oldi. Jerkib-jerkib oldi. Oyoqlarini shapillatib-
shapillatib urib oldi. 
— Non dema! — dedi. — Nonni otini atama! 
Ona hamon hadik bilan qadamladi. 
It yopishadi, deya hadiksiradi. Kun botib bordi. 
Kunbotar alvon-alvon shafaq bo‘ldi. Havodan salqinlik ufurdi. Havodan oqshom nafasi 
ufurdi. 
— Ena, no-on... 
It tobora yaqin bo‘la bordi. 
Ona ehtiyot uchun... it taraf qo‘ltig‘i — o‘ng qo‘ltig‘i-dan tugunni oldi. Avaylabgina... 
chap qo‘ltig‘iga qistirdi. Ko‘ngli xiyol orom oldi. Dadil odimladi. 
Bolasi ich-etini tirnab zorlandi: 
— Ena, no-o-on, no-o-on... 
Ona itdan ellik-oltmish qadam beridan o‘tdi. Batamom bemalol o‘tdi. Boisi, it... bog‘loqlik 
bo‘ldi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish