www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
— Siz obkom Rajabovsiz, siz burjua mafkurachilarini namuna qilmang, o‘rtoq Rajabov!
— Baqirmang, o‘rtoq Esonov, baqirmang. Ko‘chadan o‘tgan-ketganlar nima deb
o‘ylaydi? Bor, baribir, yoshlarda bor.
— Baqirsam-baqirmasam? Nima bor, nima bor?
— Intellektuallik bor. Intellektuallik donolik deb o‘ylaysizmi? Kechirib qo‘yasiz.
Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Intellektuallar xalq
qalbida nima dard bor, hech qachon anglab yetmaydi. Shu sabab, intellektuallar xalqdan
oyog‘i uzilib qolgan zotlar bo‘ladi. Intellektuallar kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab
fikrlaydi. Intellektuallar kitob sahifalarida yashaydi, kitobiy yashaydi. Shu sabab,
kitoblardan og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarihdan saboqlar o‘qiydi. Ammo... ko‘chat
ekib, daraxt o‘stirolmaydi. Loy qorib, imorat qurolmaydi. Go‘ng sepib, yerni
to‘ydirolmaydi. Sababi, intellektuallarda hayotiy aql bo‘lmaydi! Kitob boshqa, hayot
boshqaligini tasavvur ham etolmaydi. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi,
qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. O’ylari hayotdan juda-juda olis bo‘ladi. Lekin intellektuallar
o‘zlarini nihoyatda akdli deb biladi, nihoyatda zamonaviy deb biladi. Shu sabab, o‘zlarini
hamisha men haq, deb biladi. Aslida esa, intellektuallar jisman ham, ruhan ham zaif
zotlar bo‘ladi. Masalan, intellektuallar izg‘irin shamol nimaligini yaxshi biladi, ammo ana
shu shamolga bardosh berish qo‘lidan kelmaydi. Intellektuallar o‘z maqsadlari yo‘lida
hech balodan tap tortmaydi. Marazlik bilan bo‘lsa ham — ko‘zlagan martaba-
mansablarini egallaydi. Ablahlik bilan bo‘lsa ham — o‘ylagan shon-shuhratlariga erishadi.
Keyin... Vatani yonib ketmaydimi — intellektuallar televizorga qarab o‘tiraveradi. Xalqi
o‘lib ketmaydimi — intellektuallar gazeta-jurnal o‘qib o‘tiraveradi.
— O’zi, bular namuncha baqirib-chaqiradi? Namuncha shataloq otib yuguradi?
Namuncha pitir-pitir etadi? Bitta shularmikin desam, butun SSSR xalqlari shunday bo‘lib
qoldi. Qafasda yashayotgan kaptarni qo‘yib yuborsa nima bo‘ladi? Kaptar pat-pat etib,
ozodlikka otilib chiqadi. Dastlab, qayoqqa uchishini bilmaydi. Yerga qo‘nishiniyam
bilmaydi, ko‘kka uchishiniyam bilmaydi. Oqibat, boshi oqqan tarafga qarab uchadi.
Shamol esgan yoqqa qarab uchadi. Poyintar-soyintar uchadi, pala-partish uchadi.
Qayoqqa uchayotganini o‘ziyam bilmaydi. Taqdiri endi nima bo‘lishiniyam bilmaydi.
Ozodlikka qanday erishdi? Ozodlikni xudo berdimi yo o‘z xo‘jayini berdimi? Buniyam
bilmaydi! Ozod bo‘ldim, deya patira-putur uchaveradi. Shunday o‘chib ketaversa — bir
baloga duchor bo‘lishiniyam bilmaydi. SSSR xalqlari ana shu... kaptar holiga tushib
qoldi! Sovet xalqlari hali... ozod yashash nima ekanini bilmaydi! Sovet xalqlari hali...
hur-erkin parvoz etish nima ekanini bilmaydi. Nega shunday? Sovet xalqlari shu
vaqtgacha kommunistik partiya qanotlari ostida yashab o‘rgangan. Kommunistik partiya
nimani ixtiyor etsa — ana shuni bajarib yashab kelgan. Kommunistik partiya nimani
bersa — ana shuni yeb yashab kelgan. Sovet xalqlari o‘zlaricha... mustaqil bir qadam
bosib yashab ko‘rmagan!
— Siz, sovet xalqlarini qafasdan qutulib chiqqan... kaptarga o‘xshatyapsiz-da? Yo‘q,
kaptar beozor bo‘ladi. Kaptar ezgu niyatli bo‘ladi.
— Unda, kimga o‘xshat, deysiz?
— Bular.. Burjua mafkurachilari SSSRni xalqlar turmasi, deydi-ku? Endi, ana shu
gapdan kelib chiqamiz-da? Bular... Turmadan ozod bo‘lib chiqqan... mahbuslarga
o‘xshaydi! Bular turmadan xalos bo‘lgan mahbus kabi xavf-xatarli. Boisi — mahbus
turmada xohish-irodasiz yashagan. Orzu-umidsiz yashagan. Uy-xayolsiz yashagan.
Tashabbus-ilhomsiz yashagan. Chin, u, to‘g‘ri, mahbus bo‘lgan. Ammo partiya uni tekin
davolagan. Chin, u mahbus bo‘lgan. Ammo partiya bir so‘m puli bilan... bir kun
yashagan! U favqulodda ozodlikka chiqib qarasa... tevarakda oldingiday nazoratchi yo‘q,
taqiqlovchi yo‘q! Demak, ko‘ngilga kelganini qilsa bo‘ladi! Qayta qurishchasiga aytsak...
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |