Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
56
— U-u-u, o‘rtoq Esonov... kallangiz kalla emas — qomus, ha, qomus! Mayli, G’arb 
mafkurachilarini qo‘yib turaylik. O’zimizni KPSSga qaytaylik. Manavi qayta quruvchilar 
KPSSni... sud qilamiz, deydimi? 
— Aytdi, KPSSni sud qilamiz, deb aytdi. 
— Unda, qora kursida kim o‘tiradi? Kim aybdor bo‘ladi? O’rtoq Leninmi? U zot 
mavzoleyda yotibdi-ku? Urtoq Brejnevmi? U kishi allaqachon xilqatga ketdi-ku. O’zi, 
nimani sud qiladi? Marksizm-leninizmnimi? Sotsializmnimi? KPSS qora kursiga 
o‘tirmaydi. KPSS tavba-tazarru etmaydi. KPSS uchun... mana, men aybdor bo‘laman! 
KPSS nima noma’qulchilik qilgan bo‘lsa — shu noma’qulchilikni men qildim! KPSS 
qanday xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, shu xatolikni men qildim! Mana, men — obkom 
Rajabov! KPSS — Stalin degani emas. KPSS — Brejnev degani emas. KPSS — million-
million faqirdan-faqir kommunist demaqdir. KPSS — million-million mehnatkashdan-
mehnatkash ishchi-dehqon demakdir! Qayta quruvchilar ana shu millionlar yuziga loy 
chaplamoqda. Ana shu millionlarni badnom etmoqda! Umr bo‘yi KPSS osh-tuzini yeb
endi KPSSga... tupurmoqda! Bular... xunasalar! Erkak emas, xunasalar! Mana, men 
KPSSni bir zarrasi edim — men KPSSni zarrasi bo‘lib qolaman! Sudda KPSS uchun... 
o‘zim javob beraman, o‘zim! 
Bular sudni biladimi, o‘rtoq Rajabov. Og‘ziga kelganini gapiraveradi-da. Bular bir... 
olomon, olomon! Olomonda to‘rtta tarkibiy xislat bo‘ladi. Bu qanday xislatlar? Bular — 
g‘oya, iroda, ruh, axloq. Ana shu to‘rtta xislat jam bo‘lsa — olomon bo‘ladi. Ana shu 
to‘rtta xislat tufayli olomon qudratli ham dahshatlidir. Olomon — bo‘ron, olomon — 
yong‘in, olomon — sel! Shu boisdan-da, olomon bo‘lar-bo‘lmasga qo‘zg‘ola bermaydi. 
Olomon biror-bir g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Yangi bir g‘oya dunyoga kelsa — olomon ana 
shu yangi g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Mazkur g‘oya porloqmi yo tubanmi — olomon uchun
ahamiyatsiz bo‘ladi. Olomon qatordan qolma, ko‘pdan qolma — shiorlari ostida saf 
bo‘ladi. Olomon uchun jamiyatni yaxshi kuniyam bir, yomon kuniyam bir. Jamiyat biror 
yutuqqa erishsa — olomon qo‘zg‘oladi. Jamiyat biror parokandalikka uchrasa — tag‘in 
olomon qo‘zg‘oladi. Olomon yaxshi kunda bir siyosatdonni ulug‘laydi. Yemon kunda... 
ayni shu siyosatdonni yer bilan baravar etadi! Olomon... to‘qimtabiat bo‘ladi! Bir kunlik 
kayfiyat bilan jam bo‘ladi. Bir soatlik maqsad bilan yig‘iladi. Keyin, birdan ... aynib 
qoladi. Birdan... tariqday tarqab ketadi! Olomon juda osonlik bilan o‘ziga lider topadi. 
Chunki olomon lidersiz bir qadam bosolmaydi. Lidersiz bir so‘z aytolmaydi! Lider olomon 
nomidan g‘animiga qarata birinchi bo‘lib tosh otadi. Birinchi bo‘lib o‘q otadi. Shu bois
olomon o‘z lideri ketidan... ko‘rlarcha ergashadi! O’z lideri izidan... podalarcha yuradi! 
Kim olomon lideri bo‘la oladi? O’zida yo‘q... fazilatlar bilan olomonni ishontira oluvchi, 
yolg‘on-yashiq g‘oyalar bilan olomonga ta’sir eta oluvchi, maza-bemaza shiorlarni xorijiy 
tillar bilan qo‘shib so‘zlay oluvchi zot — lider bo‘la oladi! Inson general bo‘lishi mumkin, 
aksincha, lider bo‘lolmaydi. Inson ministr bo‘lishi mumkin, aksincha lider bo‘lolmaydi. 
Masalan, Nikolay II oqposhsho bo‘ldi. Ammo-lekin lider bo‘lolmadi. O’rtoq Lenin 
oqposhsho bo‘lolmadi. Ammo-lekin lider bo‘ldi! 
50
Gazetada Orol dengizini qutqarish majlisi haqida e’lon berildi. 
Ushbu majlis bo‘ldi. 
Orolpanohlar birin-ketin minbarladi. 
Orolpanoh Madiev bir o‘ngga ta’zim etdi, bir chapga ta’zim etdi, bir olg‘a ta’zim etdi. 
— Xonimlar va janoblar! — dedi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish