www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
— Tiling bo‘lsa, ayt: anovi Hamza kinoteatrini kim qurgan? Tiling bo‘lsa, ayt!
— Hamza kinoteatrinimi? Davlat qurgan, nima edi?
Botir firqa o‘ng kaftini kampiriga peshladi. Achchiq ham xunibiyron bobilladi:
— Qanaqa davlat?! Qanday davlat?!
— Siz qurgansiz, rais bova, siz qurgansiz! — bid-bid etdi kampiri. — Davlat degani siz,
siz degani davlat, rais bova!
— Shunday de! Davlat, davlat, deysan! — deya tinchlandi. — Ana shu kinoteatrni...
machit qilibdilar! Ana, bo‘lmasa!
Kampiri bu gapni allaqachon eshitgan bo‘lsa-da — o‘zini endi eshitganga oldi. Mazkur
kinoteatr allaqachon machit bo‘lganini bilsa-da — o‘zini endi bilganga oldi. Yoqalarini
kampirona-kampirona ushlab-ushlab... ajablandi.
— Yo tavba, kinoteatrni-ya? — dedi. — O’sha Hamza kinoteatrini-ya? Yo tavba,
shunday bir madaniyat dargohini machitga aylantiribdilarmi-a? Bu tentaklik qaysi
ahmoqtsan chiqibdi-a?
— Qaysi ahmoqdan bo‘lardi, anavi ko‘cha-ko‘yda akillab yurgan... muslim va
muslimalardan chiqadi-da.
— Endi nima bo‘ladi, rais bova?
— Nima bo‘lardi, endi... kechayu kunduz namoz o‘kiydilar-da, qayta qurish qo‘lidan
kelmagach... namoz o‘qiydilar-da. El-yurt uchun biror narsa yaratolmagach... besh vaqti
namoz o‘qiydilar-da.
— Esizgina kinoteatr-a? Yaxshi-yaxshy kinolar qo‘yib berardi. Kontsertlar bo‘lardi.
— Endi kinoni tushingda ko‘rasan. Ma, choyingdan bosib-bosib quy.
Achchiq-achchiq choy hovurini bosdi. O’pkasini bosdi. Vujudini vazmin-vazmin etdi.
Ammo ko‘ngil xijilligi bosilmadi. Ko‘ngil g‘ashligi bosilmadi.
Lik etib turdi. Ust-boshini tuzatdi. Tashqari yo‘l oldi.
Izidan kampiri ergashib keldi.
— Ha, yo‘l bo‘lsin, rais bova? — dedi.
— Uyoq-buyoqni aylanib, oyog‘imni yoyib kelay.
— Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz.
Ko‘ngilni chigili yoziladi-da.
Kampiri shunday deya-deya, ichkarilamoqchi bo‘ldi. Yana-tag‘in o‘ylab qoldi. Aytaymi-
aytmaymi, demishday, og‘zini ushlab o‘yladi, choli ketidan qarab o‘yladi. Oxiri choli
ketidan aytdi:
— Ay, rais bova, yo‘l-yuzda birov bilan mayda-chuyda gap qilib yurmang?
— Gap? — deya ketiga qaradi Botir firqa. — Gap-ku, gap... Shu qayta quruvchi
demokratlarga... o‘ngirim tegib ketsin, shu o‘ngirimni qirqib-qirqib tashlayman!
— Binoyi qilasiz, rais bova, binoyi qilasiz.
41
U daraxt taglaridan yurdi. Qo‘llarini orqasiga qo‘yib yurdi.
Xiyobon aylandi: skameykalarda dam olib-dam olib aylandi. Kuz yaprokdarini shitir-shitir
bosib aylandi. Yaproqlar ust-boshlariga to‘kilib-to‘kilib aylandi. Daraxtlarda gurr-gurr
etmish chumchuqlar galasini tomosha etib-etib aylandi. Ariqda tip-tiniq kuz suvlarini
kuzatib-kuzatib aylandi.
Kuz suvlarini yoqalab yurdi-yurdi — o‘sha Hamza kinoteatri oldidan chiqdi.
Bir kelgan yo‘liga qaradi, bir suvga qaradi, bir kinoteatrga qaradi. Cho‘ntagidan
qo‘lro‘molini oldi. Skameyka ustini artdi. Qo‘lro‘molini qoqib, joyiga soldi. Plashi
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |