Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc



Download 420,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana11.03.2023
Hajmi420,67 Kb.
#918227
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
— Astag‘furullo, Kizil bunday tabarruk dargohda nima kilib yuribdi, taqsir? 
— Kim biladi, balkim namoz o‘qimoqni ixtiyor etgandir? 
— Astag‘furullo, Kizil namoz o‘qiydimi? Qizil kofirdan battar-ku? O’z oti o‘zi bilan Qizil-
ku? Qaydam, dargohga... uchirmoqchidir. 
— Unchalik emasdir, taqsir. 
— Kizillardan keladi, taqsir. Qizillardan har balo keladi. Ulardan xonaqoh devoriga... 
churillatish keladi! Borib, haydab yuboringiz! 
— Yoshi ulug‘ odam, yaxshi emas. Ichkari kirib, mo‘ysafidlarga aytamiz, mo‘ysafidlar 
gaplashib qo‘yadi. Qani, kirsinlar, taqsir! 
Vaqt shom yedi. 
Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da shom bo‘ldi. Botir firqani ko‘ngli... shomdan-da 
ma’yus bo‘ldi, shomdan-da mungli bo‘ldi. 
— Juvonmarg bo‘lgur muslimlar! — dedi Botir firqa. — Ha, biz Qizilmiz, Qizil! Ammo-
lekin biz Qizil bo‘lib, yaratdik! Biz Qizil bo‘lib, qurdik! Bu muslimlar oppoq qayta quruvchi 
bo‘lib... nimani yaratdi? Bu muslimlar oppoq demokrat bo‘lib... nimani qurdi? Ha, biz 
Qizil Bayroq ostida mehnat qildik. Ammo-lekin mehnat qildik! Bu muslimlarni qo‘lidan 
besh vaqti namoz o‘qishdan boshqa ish kelmaydi. Bu muslimlar besh vaqgi namozdan 
boshqa nimani bilmaydi. Mayli, menga desa,.. oq bo‘l, ko‘k bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, 
menga desa, qora bo‘l, sariq bo‘l, pistoqi bo‘l. Lekin yarat, qur! Mayli, shu 
muslimlarchalik ham boraylik. Mana, mana shu imorat. Shu imoratni biz qurib edik. 
Xo‘sh, shu imoratni qaysi joyi Sovet? Qaysi joyi Qizil? Shu imoratni qaysi joyi 
kommunistik? Bir so‘z bilan aytsak, imoratni qaysi joyi ziyon-zahmat? He, senday qayta 
quruvchi muslimlarni... Botir firqa katta yo‘lga qarab yurdi. Yurdi-yurdi — ketiga burilib 
qaradi. Kinoteatrga bosh-adoq razm soldi. 
— Birinchi g‘ishtini Yo‘ldosh Oxunboboev qo‘yib edi, — dedi. — Ikkinchi g‘ishtini... men 
qo‘yib edim, men! 
42
O’zbek xotin-qizlarini... xotin-qizlar majlisiga olib kelish azob edi! O’zbek xotin-qizlarini 
bir joyga to‘plash qiyin edi. O’zbek xotin-qizlarini uyidan ko‘chaga chiqarishni o‘zi... 
katta gap edi! 
Birov — kasal der edi. Birov — qozon-tobog‘ini vaj etar edi. Birov — erkagim javob 
bermaydi, der edi. 
Shunda, erkaklarni chaqirib javob so‘ralar edi. Shunda-da javob bermagichlar bo‘lar edi. 
Ana shunda, Botir firqa erkaklarni majlislarda muhokamaga qo‘yar edi. 
— Sen feodalsan, feodal! — der edi. — Sen sovet xotin-qizlariga boylarcha 
munosabatda bo‘lasan! 
Botir firqa xotin-qizlarni... xotin-qizlar yig‘ilishiga olib_ kelmay, maktabdan o‘quvchi 
qizlarni chaqirar edi. O’quvchi qizlarni qator o‘tirg‘izib qo‘yib, tumandan kelmish vakilaga 
tavsiya etar edi: 
— Mana, faol xotin-qizlarimiz! — der edi. 
Bugun — qayta qurish davrida... 
Botir firqa 8 mart bayramini ko‘p ko‘rib edi. 8 mart marosimlarini o‘zi tashkil etib edi. 
Ammo... bugungiday 8 mart bayramini ko‘rmab edi! 
Bu nima — xalq saylimi? Xotin-qizlar gap-gashtagimi? Xotin-qizlar qurultoyimi? 
Barchasi desa-da bo‘ladi! 
«Ana buni demokratiya desa bo‘ladi! — deya o‘yladi Botir firqa. — Ana, qayta qurish 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish