Gasser tugunining zararlanishi
Gasser tugunining shikastlanishi ko‘pincha infeksion xarakterga ega. Uning
sabablari filtrlanuvchi virus, gerpes, suvchechak, gripp virusi, OITS,
sitomegalovirus bo‘lishi mumkin. Gasser tuguni yana intoksikatsiyalarda,
jarohatlarda, o‘smalarda, meningitlarda shikastlanishi mumkin. Ko‘proq 50-70
yoshdagi ayollar kasallanadilar. Kasallik o‘tkir, umumiy belgilar: tana haroratining
ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, qaltirash, ko‘p terlash, ishtaha pasayishi, bosh
og‘rig‘i bilan boshlanadi. Umum infeksion belgilar fonida yuzda og‘riqlar,
qichishish va achishish paydo bo‘ladi. Bir necha kundan so‘ng shu sohada terining
qizarishi, shishishi so‘ngra esa gerpetik, pufakli toshmalar toshishi mumkin.
(toshmalar ko‘z, burun, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarga tarqalishi mumkin).
Obyektiv tekshiruvda yuzning tegishli sohasida giperesteziya, giperpatiya yoki
gipesteziya ko‘rinishida sezgining buzilishi aniqlanadi. Uch shoxli nerv hamma
shoxlarining chiqish nuqtalarida og‘riq, korneal, qosh usti, engak osti
reflekslarining pasayishi kuzatiladi. Toshmalar 1-2 hafta saqlanib, sekin-asta qurib,
po‘stloq hosil qilib, uning ostida pigmentatsiya qoladi. Jarayon kuchli bo‘lganda
yoki pufakchalar yiringlaganda chandiq qoladi. Kasallik 1-2 oy davom etadi.
Pufakli toshmalar yo‘qolgandan so‘ng yuzning yarmida sezgi buzilishlari uzoq
vaqtgacha saqlanadi. Qator bemorlarda gerpetik nevralgiyadan so‘ng bir necha oy
davom etuvchi og‘riq paroksizmlari kuzatiladi. Og‘riq uch shoxli nervning I yoki
II shoxlari innervatsiya qiladigan sohada joylashib, teri qichishishi bilan kechadi.
Gasser tugunining gangliopatiyalarini davolashda etiotrop, patogenetik va
simptomatik vositalardan foydalaniladi:
1.
Virusga qarshi preparatlar: zoviraks-0,2 kuniga 4-5 mahal (5-10 kun
davomida), fambir (famtsiklovir)-0,25 3 mahal kuniga (7 kun), atsiklovir-0,2
kuniga 5 mahal (5 kun), medavir-0,2 5 mahal kuniga (5-10 kun), FNKaza 25 mg 4
mahal mushak orasiga (7 kun).
2.
Steroid gormonlar: prednizalon (120 mg), deksametazon (8 mg),
gidrokortizon (250 mg) vena ichiga tomchilab
№
5.
3.
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi preparatlar (trental, kurantil,
kavinton, aktovegin).
293
4.
Yallig‘lanishga qarshi preparatlar (brufen, valtaren, butadion,
pirroksikam, aspirin, natriy salitsilat, ksefokam).
5.
Desensibilizatsiyalovchi preparatlar (demidrol, suprastin, pipolfen,
diazolin va boshqalar).
6.
Dezintoksikatsiyalovchi preparatlar (gemodez, polidez, fiziologik
eritmalar, 5% glyukoza eritmasi, reomakrodeks).
7.
Siydik xaydovchi preparatlar (uregit, laziks, triampur).
8.
Gerpesdan so‘nggi nevralgiyada Gasser tuguni sohasiga rentgenoterapiya
yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |