226
Tashhis va qiyosiy tashhis.
Meningitning tashhisida likvorni tekshirish katta ahamiyatga ega. Lyumbal
punksiyada L
3
-L
4
bel umurtqasi o‘rtasidan bemor o‘tirgan
yoki yotgan holatda orqa
miya suyuqligi olinadi. Yotgan holatidagi likvor bosimi normada 100-180 ml suv
bosimiga tengdir. Sog‘lom odamdagi likvor yengil ishqoriy muhitda (rn-7,4) oqsil
miqdori 0,15-0,45 g/l, xloridlar 7-7,5 g/l, kaliy 4-5 mmol/l, kalsiy 1,2-1,6 mmol/l,
glyukoza 0,4-0,65 g/l (qonga nisbatan 2 barobar kamdir).
Orqa miya suyuqligi
normada tiniq, rangsiz va 1 mkl da 5 ta hujayra (asosan lemfotsit va
monotsitlardan) tutadi.
Likvorda hujayra soni oshib ketishiga–pleositoz deyilib ular lemfotsitar,
neyrofilli, eozinofilli va aralash turlarga bo‘ladi.
Yaqqol pleotsitoz va oqsil
miqdorini normal yoki biroz oshishi kuzatilsa bunga hujayra oqsil dissotsiasiyasi
deyiladi. Bu meningitga xos bo‘lib, hujayralar soni juda ko‘p miqdorda oshib
ketadi. Likvorda neytrofil va lemfotsitlardan
tashqari eozinofil, monotsit,
mikrofaglar aniqlanishi mumkin. Bioximik tekshirishlar natijasida oqsil (Pandi
reaksiyasi) va globulinlar miqdorini (None-Apelt reaksiyasi) hamda oqsil
fraksiyalarini (albumin, globulin) oshishi kuzatiladi.
Immunologik usullar yordamida likvorni tekshirish
natijasida undagi
immunoglobulin (A,M,S), monoklonal antitela hamda spetsifik antigen yoki
antitelani aniqlash mumkin. Likvorning xiralashishi infeksiya chaqiruvchiga qarab
sarg‘ish-ko‘kimtir, kulrangsimon rangda bo‘lishi mumkin.
Likvorni tekshirganda
neytrofillarni ustuvorligi kuzatiladi. Pandi va Nonne-Apelt reaksiyalari (++++)
musbat bo‘ladi, glyukoza konsentratsiyasi likvorda normada yoki biroz
pasayganligi aniqlanadi.
Likvorning rangsiz, tiniq yoki sarg‘ishroq bo‘lishi lemfotsitlarni
ustuvorligini ko‘rsatadi. Virusli meningitlarda
glyukoza va xloridlar
konsentratsiyasi o‘zgarmaydi.
Likvorni tekshirish (oqsil va glyukoza miqdori, hujayralar tarkibini aniqlash)
tashhis va davo muolajasini o‘tkazish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bakteriologik, virusologik, psixologik va immunologik
tekshirishlar yakuniy
etiologik tashhis qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Qo‘zg‘atuvchini identafikasiya
qilish va antibiotiklarga sezgirligini aniqlash maqsadida oziq muhitga ekish usuli
qo‘llaniladi.
Zamburug‘li mikrofloraga tekshirish uchun likvor (2 soatdan)
oshmagan
vaqt oralig‘ida zich yopilgan idishda olib kelinadi. Orqa miya suyuqligini (10-15
daqiqa) sentrafugalanib bo‘lgandan keyin uni mikroskopik tekshirishga o‘tiladi.
Etiologik tashhislash uchun likvorni immunologik ekspress tekshirish usuli
eng tez va qimmatli usuldir. Bunda likvorning spetsifik antigenni (meningit
qo‘zg‘atuvchini oqsil komponenti) guruhli zardob presipitlar orqali bir necha
saotlar yordamida aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: