220
dozada dibazol ichishga beriladi. Midokalm ¼-1 tab.dan (tabletkada 0,05 g)
kuniga
3 mahal ichishga beriladi. Davo kursi 3-4 hafta, 1 oy dam bilan. Ba’zi bolalarda
toksik belgilar – bosh og‘rig‘i, bezovtalikni oshishi, uyqusizlik kuzatiladi. Bunday
hollarda midokalmni olib tashlash yoki dam olish va kam dozada keyingi kursni
boshlash kerak. Artan qabul qilish giperkinezlarni kamaytiradi. Nakom Shoshina-
Vasileva sindromi (dofamin etiologiyali BSF) yuborilganda musbat natija berishi
haqida ma’lumotlar bor (1/4 tab kuniga 1 mahal).
Bolani psixik rivojlanishini yaxshilash uchun
quyidagi dozalarda glutamin
kislotasi 6-12 oyli bolalarga 0,1 g dan qabuliga, 1% -eritma ½ -1 ch qoshiqda
kuniga 3 max. 1 yoshdan katta bolalarga glutamin kislota sutkada 1 g yoshiga
hisobidan sutkalik dozani 3-4 mahalga bo‘lib beriladi. Glutamin kislotani sutkalik
dozasi 6 g/yoshiga ko‘paytirish mumkin, lekin undan ko‘p emas. Katta dozalar
berish
kerak emas, chunki nojo‘ya ta’sirlar: qo‘zg‘alish, qusish, suyuq axlat
kuzatilishi mumkin. Dozasi kamaytirilganda bu belgilar yo‘qoladi. Qo‘zg‘algan
bolalarga glutamin kislota berish tavsiya etilmaydi, chunki qo‘zg‘aluvchanligi
yanada oshishi mumkin. Serebrolizinni 0,25% eritmasidan 0,1-0,2 -1 ml bemor
yoshiga bog‘liq holda 20-30 in’eksiya berish kerak. Kurs 1 ½-2 oydan keyin
qaytariladi, keyinchalik yiliga 2-3 kurs o‘tkaziladi. Oxirgi yillarda asosan bir necha
psixik vazifalarni pasayishida pirasetam (nootropil) va piriditol (ensefabol) davoda
yaxshi natija beradi. Davoda pirogenalni (Grishkov M,X. 1962, 1965,
K.P.Semenov 1965 va boshqalar) effektivligi haqida ma’lumotlar bor. Dorini m/o
ga 30 dan 200 MPD gacha yoshi kichik bolalarga in’eksiyada
va katta yoshli
bolalarga 1-2 kundan so‘ng 30-500 MPD qilinadi. Davo kursi 15-20 in’eksiyadan
iborat. Preparat 100, 250, 500 va 1000 MPD pirogen tarkibini 1 xil dan ampulada
chiqadi. Pirogen qo‘llagandan so‘ng bosh og‘rig‘i, qusish, bel va bo‘g‘imlarda
og‘riq kuzatilishi mumkin. Bu hamma belgilar haroratni me’yorlashishidan keyin
yo‘qoladi. Aminalon qo‘llaganda asosan psixik vazifani yaxshilaydigan natijalar
olinadi. Kuniga 3-8 tab. dan buyuriladi. (yoshiga qarab); davo kursiga 500
tabletkagacha.
Umum quvvatlovchi davo bolani umumiy ahvolini yaxshilash va uni turli
infeksion kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun (vit V guruhi va askorbin
kislota) qaratiladi. Ozib ketgan bolalarga shifokor
nazorati ostida anabolik
steroidlar bilan davolash kursi ko‘rsatilgan (4 haftadan oshmasligi kerak). BSFli
bemorlar davo kompleksiga epilepsiyaga qarshi moddalarni qo‘shish ahamiyatli.
Tutqanoqqa qarshi dorilar degidratasiya dorilar bilan qo‘shilganda ancha samarali.
BSFli bemorlar davo kompleksida asosiy o‘rinni ortopedik-konservativ va
operativ yordam egallaydi. Bunday bemorlarga sanator-kurort davo, klimatik va
balneologik omillarni qo‘llash ko‘rsatilgan (loyli applikasiyalar, daryoda
cho‘milish va boshqalar). Kengaytirilgan sistematik
kompleks davo uchun maxsus
muassasalarni kengaytirish va rivojlantirish kerak, BMF li bemorlarni tarbiyalash
va o‘qitish – sanator-maktab, maktab-internatlarda, bolalarga ta’lim berish va
davolashni to‘g‘ri
tashkillashtirish, ham me’yoriy, ham intellektni pasaygan bolalar
qo‘shimcha maktablarda ta’lim olishi kerak.