215
ko‘p hollarda tovonni qo‘pol deformatsiyasiga olib keladi.
Pay, suyak usti reflekslari qo‘l va oyoqlarda oshgan, tovon va tizza
qopqog‘ini klonuslari chaqiriladi. Patologik reflekslarni bukuvchi va yozuvchi
guruhlari ikkala tomonda aniqlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki,
kontraktura va
deformatsiyalar pay reflekslarini chaqirishiga xalaqit beradi. Ko‘pgina bemorlarda
kesishgan adduktor refleksi va me’yorda 6 oygacha yo‘qoladigan Moro refleksini
aniqlash mumkin. Ba’zida qorin mushaklari keskin tonik taranglashishi natijasida
qorin reflekslarini chaqirib bo‘lmaydi. Og‘ir bemorlarda oral avtomatizm
reflekslari (so‘rg‘ich, xartum va boshqalar) aniqlanadi.
Sezuvchanligi va chanoq a’zolari vazifasi buzilmagan. Falajlarni ko‘proq
atetoz yoki xoreoatetoz turidagi sinkineziya va giperkinezlarni
birlikda kelishi
xarakterli. Giperkinezlar harakatlar paydo bo‘lgandagina kuzatiladi, to‘liq
falajlarda ular bo‘lmaydi. Giperkinezlar ko‘proq qo‘llarda, asosan, ularning distal
sohasida, mimik mushaklar va kamroq oyoqlarda aniqlanadi. Atetoz giperkinezlar
yuz mushaklari, kaft va barmoqlarda bo‘lsa, xoreik giperkinezlar ko‘proq qo‘l-
oyoqlarnnng proksimal qismida bo‘ladi. Ruxiy
va jismoniy tinch holatda
giperkinezlar kamayadi, uyquda yo‘qoladi, turli xil qo‘zg‘alishlarda kuchayadi.
Qo‘l-oyoqlar rivojlanmagan, asosan oyoqlarda mushaklar atrofiyasi,
osteoporoz aniqlanadi. Tekshirishda keskin atrofiyalangan mushaklarda elektr
qo‘zg‘aluvchanlik
miqdori bir muncha pasaygan, qayta o‘zgarish reaksiyasi yo‘q.
Ba’zi bir mushak guruhlari gipertrofiyalangan bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina
bemorlarda kalla o‘lchami va shaklini o‘zgarishi (mikrotsefaliya, gidrotsefaliya,
do‘ng peshona, yassi ensa chakkalarni ezilishi va boshqalar) kuzatiladi. Psixik
buzilishlarning darajasi turli xil, ba’zilarda aqli saqlangan. Ko‘pchilik bemorlarda
nutq buzilishi va rivojlanishining kechikishi kuzatiladi.
Nutq buzilishlari aqliy
yetishmovchiligi (aniqrog‘i psixik yetishmovchilik) yoki nutqda ishtirok etuvchi
mushaklarni buzilishiga bog‘liq. Bemorda turli darajadagi dizartrik buzilishlar:
alohida tovushlarni (so‘zlarni) aytishida bir muncha noaniqlikdan to to‘liq
anartriya va afoniya holda so‘zlasha olmasligi aniqlanadi. Artikulyatsion va nafas
mushaklarini giperkinezi va spazmi ham sezilarli darajada nutq buzilishiga olib
keladi, turtkisimon,
duduqlanuvchi, noaniq bo‘lib qoladi. Spastik diplegiyali
bolalarni tug‘ilishining birinchi kunlarida umumiy tutqanoq xurujlari kuzatiladi.
Keyinchalik petit mal tipida kichik va katta epileptik xurujlar rivojlanadi. Kasallik
oqibati epileptik xuruj paydo bo‘lishi bilan sezilarli yomonlashadi, lekin shuni
ta’kidlash kerakki, spastik diplegiyada ular BSF boshqa
turlariga nisbatan kam
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: