Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Bolalar serebral falaji
(Bolalar rezidual ensefalopatiyasi).
“BSF” termini – homila, tug‘ruq davrida yoki hayotining birinchi oylarida 
rivojlanadigan va klinikada harakat hamda boshqa buzilishlar bilan namoyon 
bo‘ladigan turli xil etiologiya va patogenezi bo‘yicha kechadigan miya 
zararlanishlari uchun umumiy hisoblanadi. Turli xil klinik sindromlarni BSFga 
kiritish uchun bu tushuncha doirasini aniq ajrata olishi zarur. Shu paytgacha kichik 
yoshdagi bolalardagi harakat buzilishining hamma turi ushbu patologiyaga 
kiritilishi haqida noto‘g‘ri tasavvurlar mavjud. BSFga kiritilishi mumkin bo‘lgan 
kasallik xususiyatlari quyidagilar:
1. Patologik jarayonning yakunlanganligi va serebral shikastlanishning 
qoldiq ko‘rinishlarining borligi.
2. Patologik jarayonni rivojlanishining ma’lum bosqichida paydo bo‘lishi, 
buning natijasida miya rivojlanishining ortda qolishi kuzatiladi. Bu holatlar bir 
tomondan rezidual bo‘lib hisoblanadigan klinik sindromlar kechishining ma’lum 
xususiyatlarini keltirib chiqaradi va funksiyalar tiklanishining turli xil darajasi 


 211
bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan esa zararlangan miya rivojlanish 
nuqsonlarida namoyon bo‘ladigan va bola o‘sishi davomida yangi patologik 
belgilar bilan namoyon bo‘ladigan jarayonlarga ega. Bu yerda so‘z degenerativ 
irsiy-oilaviy yoki surunkali yallig‘lanish jarayonlarida progressirlanuvchi patologik 
jarayonni rivojlanishi haqida emas, balki homila, tug‘ruq davrida yoki tug‘ruqdan 
keyingi erta davrida zararlangan miyaning rivojlanish xususiyatlari haqida 
yuritilmoqda.
Etiologiya va patogenezi. 
Rivojlanish jarayonida BSF ning quyidagi 
guruhlari farqlanadi: ante-, intra- va postnatal. Miyaning zararlanish vaqtini har 
doim ham aniq belgilab bo‘lmaydi. Oiladagi bosh farzandlar ko‘proq 
kasallanadilar. Etiologiyasi turli xil bo‘lishi mumkin (infeksiya, intoksikatsiya, 
travma). Miyaning zararlanish vaqti bilan etiologiyasi orasida ma’lum bog‘liqlik 
bor. Antenatal zararlanishlarning etiologiyasi ko‘pincha toksik yoki travmatik deb 
hisoblanadi. So‘nggi yillarda homiladorlikning dastlabki oylarida onasi o‘tkazgan 
infeksion, ayniqsa, virusli kasalliklar katta ahamiyatga egaligi aniqlangan. 
Ekzantemli infeksiyalar, birinchi navbatda qizilcha, turli xil yengil yoki kam 
belgili kechadigan virusli respirator kasalliklar homila bosh miyasini turli darajada 
zararlashi mumkin. Homilaga infeksion jarayonning gematogen tarqalishi yo‘ldosh 
orqali amalga oshishi mumkin. Onaning infeksion-kasalliklari paytida yo‘ldoshda 
degenerativ o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham 
mavjud. Homila rivojlanishining erta bosqichlarida miyaning zararli omillarga 
javob reaksiyasi o‘zgacha kechadi. Miya patologik jarayon bilan rivojlanishining 
qaysi fazasida zararlanganligiga qarab turli xil nuqsonlar, yetishmovchiliklar va 
ular shakllanishining ortda qolishi kelib chiqadi. Kelajakdagi farzandi uchun 
onaning homiladorlikni boshlanishidagi psixik holati, ovqatlanishi, ishlab 
chiqarish, maishiy sharoitlarning ahamiyati katta. Homilador va tug‘uvchi ayolga, 
onaga tibbiy nazorat va yordam nafaqat onaning balki bolaning ham sog‘lig‘ini 
saqlashga imkoniyat yaratadi. YaTCh miyasi patologiyasida O
2
yetishmovchiligi–
homila gipoksiyasi ahamiyatini baholash qiyin. Anoksiyada O
2
ga muhtoj bo‘lgan 
tizimlar ko‘proq zararlanadi. Bu bilan, asosan, NS va ko‘zlar rivojlanishining 
buzilishi tushuntiriladi, miyaning filogenetik jihatdan yosh qismlari og‘irroq 
shikastlanadi (Semyonova K.A., 1968). Bolalar nevropatologlari uchun 
I.S.Persianinovning (1961, 1963 y) ko‘rsatmalari juda muhimdir. Unda post va 
intranatal davrdagi qon aylanishining buzilishiga homila asfiksiyasi sabab bo‘lishi 
ta’kidlab o‘tilgan. Homila asfiksiyasi esa mustaqil kasallik bo‘lmay, balki ona 
organizmi va homilaning turli xil kasalliklari, akusherlik patologiyalari natijasi 
hisoblanib, o‘lik tug‘ilishning eng ko‘p uchraydigan sababidir. Homiladorlik 
toksikozlari homila miyasining zararlanishlarini keltirib chiqarishi mumkin, bunda 
esa asfiksiya asosiy rolni o‘ynaydi (Bodyajina V.I. 1963, Persininov I.S. 1963 va 
boshqalar).
Homilador ayollarni kuzatayotgan shifokorlar, ayniqsa nevropatologlar–
uxlatuvchi preparatlar, qusishga qarshi moddalar, antibiotiklar va boshqa dori 
moddalar homilaga va 1-navbatda, uning NSga toksik ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini e’tiborga olishlari kerak. Homila miyasi normal rivojlanishining 


 212
buzilishi vitaminlar, mikroelementlar o‘zgarishi, qand miqdorining kamayishi, 
nuklein kislotalarning tuzilishi va tarkibining hamda boshqa almashinuv 
jarayonlarining buzilishi natijasida kelib chiqadi.
BSF patogenezini chuqur o‘rganish homiladorlikning dastlabki oylaridan 
boshlab, asosiy masalalardan biri bo‘lgan, ayol salomatligini saqlashni ilgari 
suradi. BSF patogenezida asosiy ahamiyatni ota-onasining alkogolizmi egallaydi. 
Homila miyasini bevosita shikastlanishiga travmalar olib keladi. Yo‘ldoshni 
qisman uzilishi va qon quyilishlar bilan miyani oziqlanishi buzilishi hamda uning 
keyinchalik rivojlanish nuqsonlari ta’sirida qon bilan ta’minlanishi buzilishi 
mumkin.
Tug‘ruqda miyani zararlanishi – intranatal BMF – ko‘pincha travmatik 
genezga ega (tug‘ruq faoliyati sustligi natijasida og‘ir tug‘ruqlar, ona tosini va bola 
boshini o‘lchamlarini to‘g‘ri kelmasligi, qisqichlar qo‘yilishi, vakumekstraksiya, 
bo‘yinni kindik tizimchasi bilan o‘ralishi, turli darajadagi homila asfiksiyasi va 
boshqalar). Miyaning jaroxatlashni faqatgina og‘ir tug‘ruqlarda emas, balki tez va 
muddatdan oldin tug‘ruqlarda ham kuzatilishi mumkin. Tug‘ruq travmasi miya 
moddasi va pardalarga qon quyilishini, keyinchalik miya rivojlanishini buzilishiga 
va ko‘pgina o‘choqli belgilarni paydo bo‘lishiga olib keladigan miya moddasi 
nekrozi va ezilishiga sabab bo‘ladi. YaTChlar miyasi shikastlanishi va BMF turli 
shakllarni rivojlanishiga gemolitik kasallik (chaqaloqlarni sariqligini og‘ir 
shakllari, rezus-konfliktlar, AVO-mos kelmasligi va boshqa omillar) asosiy o‘rinni 
egallaydi. Ko‘pgina BMF li bemorlar anamnezida gemolitik kasallik o‘tkazganligi 
aniqlandi. Uning asosida rezus-omil va qon gruppasi bo‘yicha ona va homila 
qonini kelishmovchiligi yotadi. Ona va homila qonini AVO-omil bo‘yicha mos 
kelmasligi homiladorlikni patologik kechishi, homila rivojlanishini buzilishi, nerv 
tizimini shikastlanishi bilan kechishi mumkin.
Bolalarda miya zararlanishi patogenezida gemolitik kasallik o‘rnini bir 
necha mualliflar qo‘llaydigan “bilirubin ensefalopatiyasi” termini bilan ta’kidlaydi. 
Bu holatlarda kelib chiqadigan gemoliz belgilari nafaqat og‘ir sariqlikni, balki 
miyacha va boshqa a’zolarga qon quyilishlarni chaqiradi. Homilador ayolni puxta 
laborator tekshiruvdan o‘tkazish, gemoliz va gemorragiya rivojlanishi oldini 
olishga yordam beradi.
Homila yoki YaTCh miyasiga qon quyilishi ko‘pincha venoz tomirlardan 
kelib chiqadi. Pardali gemorragiyalar ko‘pincha mayda venalarda ularni bo‘ylama 
sinusga oqib tushish joyida kelib chiqadi. Parenximatoz qon quyilishlar ko‘pincha 
periventrikulyar sohalar, birinchi navbatda katta yarim sharlarning oq moddasi va 
po‘stloq osti tugunlarining shikastlanishi bilan v.terminalisdan yuz beradi. 
Meningeal qon quyilishlardan so‘ng kuzatiladigan zichlashish va bitishmalar qon 
va likvor almashinuvini buzilishiga, bu esa o‘z navbatida umum miya o‘zgarishlar 
va o‘choqli nevrologik belgilarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Serebral 
jarohatlarni o‘rganayotganda shuni hisobga olish kerakki, tug‘ma jarohatda 
o‘zgarishlar va miya moddasini parchalanishi jarohat bilan birga paydo bo‘lib va 
undan keyin bir necha vaqtgacha davom etishi mumkin.


 213
Asosiy ahamiyatni vazomotor innervatsiya qo‘zg‘aluvchanligining buzilishi 
kasb etib, miyada qon aylanishining qaytalanuvchi dinamik buzilishlari o‘choqli 
gipoksiya belgilari bilan birgalikda har xil miya sohalarida struktur o‘zgarishlarni 
rivojlantiradi. Bu hollarda yangi patologik belgilar paydo bo‘ladi. Tug‘ruq jarohatida 
kalla suyaklarini suyak usti pardasini ko‘chishi – gematomalar, sinishlar, ezilishi va 
kalla suyaklarini siljishi kuzatiladi (ko‘pincha tepa, ba’zida ensa sohasida). YaTCh 
lar o‘limida nerv tizimini patologiyasi asosiy ahamiyatga ega.
Erta bolalik davrida bosh miya jaroxatlanishi BSF bilan rivojlanishida 
odatda infeksion, kamroq travmatik xarakterga ega. Yuqorida aytilganidek, miyani 
jarohatlanishini qachon paydo bo‘lgani, vaqti katta ahamiyatga ega. Miyaning 
postnatal jaroxatlanishi ante- va perinatalga qaraganda kamroq uchraydi.
Patologik anatomiyasi. Patologik jarayonning boshlanishi tomir 
o‘zgarishlari: qon quyilishlar, tromblar, emboliyalar, miya moddasini o‘tkir va 
ikkilamchi nekrozi, yallig‘lanish o‘zgarishlari tomir buzilishlari bilan, distrofik-
degenerativ o‘zgarishlar, rivojlanishni orqada qolishi va nuqsonlar bo‘lib 
hisoblanadi. Rivojlanayotgan embrion, homila, YaTCh miyasida yengil birlamchi 
o‘choqdan so‘ng katta o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Oxirgi o‘zgarishlar faqatgina alohida strukturalarning buzilishi bilan emas, 
balki miya hajmi va og‘irligini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. BSFda miyaning 
diffuz yoki o‘choqli sklerozi kuzatiladi (ko‘pincha peshona sohasi shikastlanadi). 
Miyaning sklerozga uchragan sohalarida tomir o‘zgarishlari aniqlanadi. Miya 
pardalari ko‘pincha o‘zgarmaydi, lekin ba’zi bir hollarda ularni xiralashishi va 
zichlashishi, ba’zi sohalarda esa miya moddasi bilan o‘sib ketishi aniqlanadi, 
umumiy va ichki gidrotsefaliya belgilari namoyon bo‘ladi. Miyani bo‘rtgan 
sohalari o‘sishida ba’zida gidrotsefaliya belgilari aniqlanadi.
Miya po‘stlog‘ida hammadan ko‘proq piramida hujayralari zarar ko‘radi. Bir 
xil mualliflar fikricha markaziy skleroz surunkali interstisial yallig‘lanish natijasi 
deb hisoblanadi. Miya moddasi sklerozidan tashqari chandiqli o‘zgarishlar, 
yumshash va kistalar, porensefaliya aniqlanadi. Homila ichi shikastlanishida 
nuqson rivojlanishlari miya po‘stlog‘ini ahamiyatli, embrional rivojlanishini 
qaysidir bosqichida uning strukturasi ortda qoladi, agiriya, mikrogiriya, qavatlarni 
yupqalashishi va noto‘g‘ri joylashishi, turli maydonda sitoarxitektonik 
xususiyatlarni buzilishi, geterotopiya (kulrang modda orolchalarining oq moddada 
bo‘lishi) aniqlanadi. 
Miyani homila ichi shikastlanishi uchun chin porensefaliya xarakterli bo‘lib, 
ko‘pincha silviy arteriyasi bilan ta’minlanadigan sohalarda bir yoki ikki 
tomonlama hosil bo‘lishi mumkin. Chin porensefaliya – voronka shaklida miya 
moddasining nuqsoni hisoblanib, cho‘qqisi miya tubiga, asosi – yuzasiga 
qaratilgan. Voronka bo‘shlig‘i orqa miya suyuqligi bilan to‘lgan. Porensefalik 
nuqson orqali yon qorinchani bo‘shlig‘i subaraxnoidal yuza bilan aloqa qilishi 
mumkin.
Psevdoporensefaliya postnatal davrda arteriya obliteratsiyasi, miya 
to‘qimasining nekrozi yoki qon quyilishi natijasida kelib chiqadi. Bolalar va 
kattalarda psevdoporensefaliya bir-biridan kam farqlanadi. Psevdoporensefaliyada 


 214
fibroz devorli turli kattalik va shakldagi kistalar mavjud. Subaraxnoidal yuza bilan 
aloqador bo‘shliq ko‘p sonli fibroz-glial tolalar bilan chegaralanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish