Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Orttirilgan gidrotsefaliya



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Orttirilgan gidrotsefaliya.
Postnatal gidrotsefaliyaning etiologiyasi turlicha bo‘lib, har doim ham 
aniqlab bo‘lmaydi. Ensa bilan yiqilgan bolada gidrotsefaliya kelib chiqishiga 
shubxa yo‘q. Meningit va araxnoiditning turli shakllaridan keyin likvor 
aylanishining buzilishi va istisqo rivojlanishi mumkin. Zamonaviy davo usullari 
qo‘llanilgunga qadar (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari) yiringli meningitlar 
(ayniqsa meningokokkli) ko‘pincha gidrotsefaliyani keltirib chiqarar edi. Ko‘p 
hollarda bosh miya istisqosini sil meningiti keltirib chiqaradi. So‘nggi yillarda 
gidrotsefaliya virusli seroz meningitdan keyin rivojlanishi qayd etilgan. Lekin 
gidrotsefaliyani aniq omilga bog‘liqligini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi. 
Kasallikning bunday shakllarini “idiopatik” deb ataladi. Ota-onaning diqqatini 
o‘ziga jalb qilmagan o‘tkazilgan kalla suyagi travmasi yoki infeksiyasi bilan 
etiologik bog‘liqlikni inkor etib ham, isbotlab ham bo‘lmaydi. Orttirilgan 
gidrotsefaliyaning shakli patogenezi va patologik anatomiyasi tug‘ma 
gidrotsefaliya bilan bir xil.


 209
Klinik belgilarning rivojlanishi o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin. 
Surunkali turda nevrologik belgilar tug‘ma gidrotsefaliyadagidek. Oyoq-qo‘llar 
spastik parezlari, ataktik buzilishlar ko‘rinishidagi harakat buzilishlari, bosh miya 
nervlarining shikastlanishi, kam holda sezuvchanlik buzilishi kuzatiladi. Tug‘ma 
gidrotsefaliyadan farqli – homila yoki juda erta yosh davrida rivojlangan 
gidrotsefaliyada paydo bo‘lgan kalla suyagi kattalashishi va deformatsiyasining 
yo‘qligidadir.
67-rasm.
 Gidrotsefaliya sindromi.
Bu belgini har doim nazarda tutish kerak. 
Kalla suyagi qancha kam darajada o‘zgarsa, 
gipertenziya belgilari shunchalik ko‘proq 
namoyon bo‘ladi – bosh, og‘rig‘i, qusish, bosh 
aylanishi, ko‘ruv nervi so‘rg‘ichlarining 
dimlanishi. Psixikaning jiddiy o‘zgarishlari 
orttirilgan gidrotsefaliya uchun xos emas. 
Ko‘pincha, umumiy bo‘shashish, ba’zan eyforiya, 
tanqidning pasayishi, rezonerlik, o‘tkir so‘zlashga 
moyillik kuzatiladi. Gipertenziya kuchayishi bilan 
umumiy o‘zgarishlar ham oshadi. Ko‘pchilik 
bemorlarni uyqusi buziladi (kechasi uyqusizlik
kunduzi uyquchanlik). Orttirilgan gidrotsefaliyaning o‘tkir shakllariga gipertenziv 
sindromning to‘satdan rivojlanish holatlari kiritiladi.
O‘tkir seroz meningitdan orqa miya suyuqligida yallig‘lanish o‘zgarishlari 
yo‘qligi bilan farq qiladi. Uning me’yoriy tarkibi yoki hujayra va oqsil 
miqdorining kamayishi (“suyultirilgan” orqa miya suyuqligi) hisoblanadi. O‘tkir 
rivojlangan gidrotsefaliya butunlay ortga qaytishi mumkin. Lekin ba’zi holatlarda 
kasallikning kechishi surunkali, progressiv bo‘lishi yoki stabil qolishi ham 
mumkin. Turli xil omillarning ta’siri ostida gidrotsefaliyaning davriy ravishda 
zo‘rayishi kuzatilishi mumkin. O‘tkir gidrotsefaliyaning rivojlanishida eng ko‘p 
uchraydigan sabab bo‘lib, kalla suyagi travmasi hisoblanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish