Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Gidrotsefaliya 
Gidrotsefaliya – kalla suyagi bo‘shlig‘ida orqa miya suyuqligi miqdorining 
ko‘payishi bilan kechadigan kasallik. Me’yorda katta yoshli odamning 
subaraxnoidal bo‘shlig‘ida 35-40 ml suyuqlik va orqa miyaning subaraxnoidal 
bo‘shlig‘ida 75 ml, YaTCh da esa shunga mos ravishda 20-25 va 40-45 ml bo‘ladi. 
Gidrotsefaliyali bolada orqa miya suyuqligi miqdori o‘rtacha 1-2 l ni tashkil qiladi
og‘ir shakllarida 10 l va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Orqa miya suyuqligining 
miqdori uning ishlab chiqarilishi va so‘rilishi bilan belgilanadi. Ko‘p olimlar 
tomonidan takrorlangan Dandy (1927) ning klassik tajribalari shuni ko‘rsatdiki, 
orqa miya suyuqligi miya qorinchalarining tomirli chigallari epiteliysi tomonida 
ishlab chiqariladi. Klinik amaliyot eksperimental tekshiruvlar natijalarini 
tasdiqlaydi. Patologik sharoitlarida, xususan, yallig‘lanish jarayonlarida orqa miya 
suyuqligini ishlab chiqarilishida miya qorinchalari ependima hujayralarining 
ishtirokini inkor etib bo‘lmaydi. Orqa miya suyuqligi miya qorinchalaridan bosh 
va orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning so‘rilishi venoz sistema 
orqali amalga oshadi. Bu esa venoz qon aylanishini buzilishi orqa miya 
suyuqligining oqimini yetishmovchiligi natijasida miya shishishini keltirib 
chiqaradi va uning me’yorda ishlab chiqarilgan holda ham kalla bo‘shlig‘idagi 
miqdorini oshishini tushintirib beradi.
Orqa miya suyuqligini ko‘p ishlab chiqarilishi natijasida kelib chiqadigan 
gipersekretor, gipo- yoki arezorbtiv (so‘rilishning buzilishi natijasida) 
gidrotsefaliyalar farqlanadi. Ba’zan, bu omillarning ikkalasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Miya qorinchalarida ham, subaraxnoidal bo‘shliqda ham suyuqlik miqdorining 
oshishi bilan kechadigan umumiy gidrotsefaliya yoki miya qorinchalari va 
subaraxnoidal bo‘shliq orasidagi bog‘liqlikni berkilishi natijasidagi ichki istisqo 
borligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik kerakki, gidrotsefaliya 
har doim tiqilgan joydan oldinda rivojlanadi. Tashqi gidrotsefaliya subaraxnoidal 
bo‘shliqda orqa miya suyuqligining miqdorini ortishi miya qorinchalarda esa 
me’yorda bo‘lishi bilan xarakterlanadi va u miya atrofiyasi yoki bujmayishi 
natijasida miya moddasi og‘irligini kamayishi oqibatida kelib chiqadi. U umumiy 
yoki ichki gidrotsefaliyaga nisbatan kamroq kuzatiladi. Klinik nuqtai nazardan 
gidrotsefaliyani paydo bo‘lish vaqti bo‘yicha – tug‘ma va orttirilgan turlarga 
ajratilishi kerak. Miya istisqosining bu shakllari klinik belgilar kechishi va oqibati 
bilan bir-biridan farqlanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish