192
bo‘ladi. Miyacha chodiri sinusining yorilishi natijasida kelib chiqadigan qon
quyilishlar ham bola hayoti uchun katta xavf tug‘diradi.
Parenximatoz qon quyilishlar klinikasida quyidagi nevrologik simptomatika
kuzatiladi: adinamiya, kam kuzatiladigan qo‘zg‘alish, fokal tutqanoqlar, qo‘l-
oyoqlar tremori
vegetativ-tomir assimetriyasi, gipertoniyaga aylanadigan mushak
gipotoniyasi. Tonusning assimetriyasi, anizokoriya (qon quyilgan tomonda
qorachiqni kengayishi), g‘ilaylik, ptoz, nistagm (gorizontal, vertikal, rotator),
so‘rishning buzilishi, tug‘ma va pay reflekslarning assimetriyasi. Orqa miya
suyuqligi o‘zgarmaydi. ExoEG da Mexo ning siljishi aniqlanadi. REG da qon
quyilgan tomonda tomirlar qon bilan to‘lishining kamayishi bilan birgalikda
tonusining turg‘un assimetrik kuchayishi ko‘rinadi.
Qorincha ichi qon quyilishlari ko‘pincha chala tug‘ilgan bolalarda kuzatiladi.
Sabab bo‘luvchi omil bo‘lib homiladorlikning patologik kechishi va tez tug‘ruq
hisoblanadi. Asosan, bunday qon quyilishlar hajmli bo‘lib, plexus choroideus qon
tomirlarining yoki Galen venalar tizimiga kiradigan venalarning yorilishi natijasida
kelib chiqadi. Chaqaloqlarda shok holati paydo bo‘lib, ko‘pincha o‘lim bilan
yakunlanadi. Klinikada oq asfiksiya, keskin adinamiya,
tonik tutqanoqlar, yirik to‘lqinli
tremor, vegetativ-vistseral belgilar (termoregulyatsiya, nafas ritmi va yurak
faoliyatining buzilishi, keskin namoyon bo‘lgan assimetrik terlash), tug‘ma va pay
reflekslarining yo‘qolishi, gipertenziv-gidrotsefal sindrom, g‘ilaylik, nistagm (vertikal,
gorizontal, rotator) kabi belgilar kuzatiladi. So‘rish, yutishning buzilishi ham
kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi gemorragik yoki ksantoxrom bo‘lib, hujayra-oqsil
dissotsiatsiyasi rivojlanishi mumkin. ExoEG da ventikulyar indeksning assimetrik
ortishi kuzatiladi. REGda keskin namoyon bo‘lgan tomirli distoniyasi aniqlanadi.
Chaqaloqlardagi subependimal qon quyilishlar dumli o‘zak va ko‘ruv
do‘mbog‘i orasidagi venalar shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Bunday qon
quyilishlarni klinik belgilari yetarlicha o‘rganilmagan.
Ko‘p sonli mayda markaziy qon quyilishlar ko‘p uchraydi, lekin ularni
boshqa miya ichi zararlanishlardan farqlash qiyin. Shu bilan birga xarakterli
oftalmologik o‘zgarishlar kuzatiladi: to‘r parda shishishi, ko‘z tubiga va to‘r
pardasiga qon quyilishlar. Ko‘z tubidagi mayda qon quyilishlar (chiziqlar yoki
dog‘lar shaklidagi) 3-7 kun davomida, yirigi esa (olov tili shaklidagi) 10-26 kun
davomida so‘riladi. Ko‘z to‘r pardasidagi o‘zgarishlar
miya shikastlanishining
topik belgilaridan ertaroq aniqlanishi mumkin. Qon quyilishi bilan kechadigan
miya ichi tug‘ruq travmasidagi EEG da tojlar, chetka, gipersinxronizirlashgan
razryad (ko‘p qismi generalizatsiyalashgan) ko‘rinishida epileptoid xarakterga ega
bo‘lgan donali va guruhli potentsiallar aniqlanadi. Ko‘pchilik bolalarda miyaning
elektrik aktivligi hayotining ikkinchi haftasiga borib me’yorga tushadi va parallel
ravishda klinik holatining yaxshilashi bilan kechadi. YaTCh larning kalla ichiga
qon quyilishlarining topik diagnostikasi juda qiyin. Shuningdek, tutqanoqlarning
xarakteri va fokalligi, nistagmdagi ko‘z olmalari harakatining yo‘nalishi,
nigohning spazmi, boshning burilishi, anizokoriya,
vertikal nistagm, bosh miya
nervlarining boshqa disfunksiyalari, bulbar buzilishlar, bola holati, reflektor
doiradagi o‘zgarishlar o‘choqning joylashuvi haqida aniqlik kiritish mumkin.
193
Orqa miyaning tug‘ruq shikastlari. Orqa miyaning tug‘ruqdagi
shikastlanishining asosiy sabablari bo‘lib mexanik omillar: ezilish, cho‘zilish,
uzilish hisoblanadi. Homila va uning umurtqasiga bo‘lgan mexanik ta’sirlar
dumbasi yoki oyoqlari bilan kelganda, qo‘pol akusher qo‘llanmalari (qo‘l bilan
burash, tozi bilan chiqarish, qisqich qo‘yilishi) da ko‘proq kuzatiladi. Umurtqa
pog‘onasini cho‘zilishi adashgan va diafragma nervlari, hamda vegetativ nerv
tizimi gangliyalarini jarohatlanishiga olib keladi. Orqa miyaga qon quyilishlar,
epidural, intra va subdural, subaraxnoidal, orqa miya moddasiga (gematomiyeliya),
orqa miya ildizchalariga va umurtqa arteriyasi devorlariga (intramural) bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari tug‘ruq jarohatlarida orqa miya va pardalarini to‘liq yoki
qisman uzilishi kelib chiqishi mumkin.
Epidural qon quyilishlar ko‘proq orqa miyaning bo‘yin-ko‘krak
sohasida,
ba’zida uning butun davomida kelib chiqadi. Kam miqdorda qon quyilishlarida
klinik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Katta miqdordagi qon quyilishlar esa chanoq
buzilishlari, paralichlarga olib keladi.
Gematomieliya uchrash tezligi bo‘yicha epidural gemorragiyalardan keyin
ikkinchi o‘rinda turib, orqa miyaning bo‘yin-ko‘krak sohasi, ayniqsa uning kulrang
moddasida joylashadi. Orqa miyani shikastlanishining asosiy belgilari shok,
nafasni buzilishi (diafragmal), harakat va sezgi doirasi, chanoq a’zolar vazifasini
buzilishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, nafas yetishmovchiligi miyaning
kraniospinal qismlarining shikastlanishi natijasida ham kelib chiqadi. O‘tkir spinal
shokda bosh miya so‘g‘onining pastki qismlari, orqa miyaning yuqorigi bo‘yin
qismlarini siljishi, mahalliy qon aylanishining buzilish, shish,
davriy nafas
ritmlardan tortib to gasping bilan namoyon bo‘ladigan o‘zak tuzilmalarining
zararlanishi kuzatiladi. Klinik ko‘rinishlar orqa miyaning zararlanish joyiga bog‘liq
(2-jadval).
Joylashuvi
Belgisi va sindromi
Kraniospinal
Spastik tetraparez, vegetativ-vistseral sindrom: nafas va
yurak faoliyatining aritmiyasi, oshqozon-ichak
diskineziyalari, termoregulyatsiyaning buzilishi,
gipotalomo-gipofizar-buyrak usti tizimining disfunksiyasi,
shok.
Yuqorigi bo‘yin
qismi (S
I-IV
)
Diafragma funksiyasining buzilishi: epigastral sohasini
parodaksal harakati (nafas olganda ichiga kirishi), ko‘krak
qafasi R-skopiyasida diafragma gumbazining baland
bo‘lishi, spastik tipdagi tetraparez.
Bo‘yin qismi (S
V
-
Th
I
)
1 ta yoki 2 ta qo‘lning sust parezi. Gorner sindromi,
oyoqlarning spastik parezi.
Ko‘krak qismi
(Th
I
-Th
XII
)
Spastik tipdagi oyoqlarning parezi.
Bel-dumg‘aza (L
I
-S
I
) Oyoqlarning
periferik parezi, chanoq a’zolar funksiyasini
buzilishi.
194
Spinal travmalardagi subdural qon quyilishlar kam kuzatiladi. Bunda qon
miyacha chodirining yoki bosh miya tomirlarining yorilishi natijasida kalla
bo‘shlig‘idan o‘tishi mumkin. Orqa miyaga sub- va intradural hamda
subaraxnoidal qon quyilishlar klinik belgilari jihatidan gemorragik orqa miya
suyuqligi bilan kechadigan meningitni eslatadi.
Orqa miyaning tug‘ruq shikastlanishlarining eng og‘ir turiga orqa miya va
umurtqa pog‘onasining qisman yoki to‘la uzilishi kiradi. Bu patologiya ko‘pincha
patologo-anatomik yorib ko‘rilgandagina aniqlanadi. Orqa miyaning uzilishi
asosan bo‘yin qismining V-VII bo‘yin umurtqalar sohasida va kam hollarda
yuqorigi ko‘krak qismining I-II yoki II-III ko‘krak umurtqalar sohasida bo‘ladi.
Orqa miya shikastlanishining og‘irlik darajasi umurtqalarning uzilgan sohasidan
qanchalik siljiganligiga bog‘liq. Uzilish epi- va subdural qon quyilishlar bilan
birga kechadi. Orqa miyaning uzilishining (to‘liq yoki qisman) asosiy belgisi
bo‘lib, o‘tkazuvchanlikni buzilishi hisoblanadi. Kasallik kechishida 3 ta bosqich
farqlanadi.
Birinchi bosqich 7-10
kun davom etib, spinal shok bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichda bolalarning ko‘p qismi o‘lib ketadi. Bir necha oy davom etuvchi
ikkinchi bosqichda keskin namoyon bo‘lgan reflektor aktivlik kuzatiladi. O‘lim
ko‘pincha qo‘shimcha infeksion kasalliklardan kelib chiqadi. Uchinchi bosqichda
trofik buzilishlar hamda boshqa a’zo va sistemalar tomonidan uchraydigan
asoratlar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: