Epileptiform sindrom.
Polimorf xarakterli tutqanoqlar (parsial,
generallashgan) bilan xarakterlanadi, dinamikasi bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi
holatlarda gemodinamik buzilishlar, miya shishishi belgilari va kalla ichi
gipertenzion belgilarning so‘nishi bilan tutqanoqlar to‘xtaydi, boshqa hollarda
(ishemiyada, o‘choqli nekroz, qon quyilish sohalari va ularni transformatsiyasi)
tutqanoqlar shaklining murakkablashuvi, og‘irlik darajasi va tezligi ortib boradi.
O‘tkir davrda ko‘pincha yo‘qolib, turli xil omillar ta’sirida xurujlar 1½ - 2 oy va
undan keyin ham yana paydo bo‘lishi mumkin. Xuruj xarakterini o‘zgarishi miya
strukturasi yetilishi darajasiga bog‘liq. Shu bilan birga generalizatsiyalanish bilan
yakunlanuvchi patologik aktivlik o‘choqlarining paydo bo‘lishida distrofiya va
demiyelinizatsiya ko‘rinishidagi ikkilamchi o‘zgarishlar, uyali glioz rivojlanishi
bilan kechadigan neyronlarning siyraklashuvi katta ahamiyatga ega.
Ba’zi bolalarda tutqanoq xurujlari hayotining 2-3 oyida MNS funksiyasining
nisbatan yengil buzilishlaridan keyin ham kuzatiladi. Bu esa qo‘shimcha ekzogen
zararlar ta’siri ostida miyadagi gemostazni ta’minlovchi fermentli reaksiyalarning
dekompensatsiyasiga sabab bo‘lib, tug‘ma tutqanoqqa moyillik borligidan dalolat
beradi. Erta yoshli bolalar uchun kichik xurujlar xarakterli: absans, turli xildagi
propulsiv tutqanoqlar (to‘satdan boshini oldinga bukish bilan namoyon bo‘ladigan
tutqanoqlar), tonik propulsiya – salom egilishi, klonik propulsiya bosh va
gavdaning oldinga tez turtkisimon harakati bilan, ba’zan yiqilishlar – «cho‘qishlar»
bilan kechadigan), boshni orqaga tashlash bilan kechadigan retropulsiv, butun
tananing yashinsimon cho‘chishi bilan kechadigan impulsiv tutqanoqlar. Ular
seriyali ravishda, lekin xushni yo‘qotilishisiz kechadi. Tutqanoqlar, ayniqsa,
retropulsiv va propulsivlar tutqanoqlar psixomtor rivojlanishning ortda qolish va
avval orttirilgan ko‘nikmalarning yo‘qolishi va juda tez degradatsiya bilan
namoyon bo‘ladi. Erta yoshda ko‘p uchraydigan cho‘chishlar, parsial va fokal
xurujlar tarqoq shaklga o‘tishi mumkin. Erta yoshli bolalar uchun tutqanoq
xurujlari diensefal tusga ega. Bu esa klinikada ko‘pincha vegetativ-vistseral
disfunksiyalar komponentining ustun turishi, ba’zan esa bu xurujning yagona
ko‘rinishi hisoblanadi. EEGda topilgan alohida va guruhli o‘tkir to‘lqinlar, yuqori
amplitudali sekin to‘lqinlarning seriyalari, cho‘qqi-to‘lqin komplekslarining
generallashgan gipersinxron biopotentsiallarning paroksizmal paydo bo‘lishi xuruj
epileptik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.
197
Do'stlaringiz bilan baham: |