Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Miya ichiga qon quyilishlar



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Miya ichiga qon quyilishlar. 
Klinik ko‘rinishlari va joylashuviga ko‘ra 2 ta 
asosiy guruhga bo‘linadi: supra- va subtentorial, ya’ni miyacha chodiridan 
yuqoriga yoki pastga. Chala tug‘ilgan bolalarda, asosan, supratentorial joylashgan 
intra- va periventrikulyar qon quyilishlar kuzatiladi.
Supratentorial qon quyilishlarda qon miya yarim sharlarini yuzasi bo‘ylab 
tarqalib chakka chuqurchasiga oqadi. Bunday qon quyilishlar, asosan, bir 


 190
tomonlama bo‘ladi. Bola hayotining birinchi kunlarida ular belgisiz kechadi yoki 
bolaning umumiy qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, nevrologik belgilari esa 
kechroq paydo bo‘ladi. Ularga ptoz, g‘ilaylik, nistagm, psevdobulbar belgi 
bo‘lishi, yutish va so‘rishning buzilishi, fokal yoki kloniko-tonik xarakterdagi 
umumiy tutqanoqlar kiradi.
Subtentoreal qon quyilishlarda qon ko‘ndalang sinus va miyacha chodirining 
chetki venalaridan miya asosiga tarqaladi. Ba’zan esa, qon miyaning IV qorinchasi 
va umurtqa kanaliga oqishi ham kuzatiladi. Quyilgan qonning bunday joylashuvida 
bolalar o‘ta og‘ir holatda bo‘ladi, ko‘pincha, o‘ladi. Klinikada nafas va yurak 
faoliyatining qo‘pol buzilishlari, tonik xarakterdagi umumiy tutqanoqlar, ensa 
mushaklarining rigidligi, opistatonus, liqildoqning bo‘rtishi, Grefe belgisi, ptoz, 
g‘ilaylik, nistagm kuzatiladi.
Miya ichi qon quyilishlarini, shuningdek, epidural, subdural, parenximatoz
qorincha ichi, subependimal va ko‘p sonli mayda qon quyilishlarga ajratish 
mumkin.
Epidural qon quyilishlari kalla suyaklarining shikastlanishidan kelib chiqadi 
va kalla suyagi hamda miyaning qattiq pardasi orasida paydo bo‘ladi (ichki 
kefalogematoma). Ular kam uchraydi va katta amaliy ahamiyatga ega emas.
Subdural qon quyilishlar ko‘proq uchrab nafaqat og‘ir patologik 
tug‘ruqlarda, balki tez kechuvchi tug‘ruq jarayonida ham kuzatiladi. Bevosita 
sababi bo‘lib tug‘ruq paytidagi kalla suyagi siqilishi va suyaklarni siljishi 
hisoblanadi. Bunday qon quyilishlarning manbai bo‘lib, yuqori sagittal va 
ko‘ndalang sinuslarga quyiluvchi vena hamda miyacha chodirining tomirlari 
hisoblanadi. Subdural gematomalar ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladi. Bunda 
miyaning o‘choqli zararlanishlari emas, balki miya qon aylanishining buzilishi, 
miya gipoksiyasi va yurak faoliyatining reflektor to‘htashiga olib keluvchi 
uzunchoq miya va po‘stloq osti tuzilmalarida joylashgan hayot uchun muhim 
markazlarning (nafas, qon tomirlarni harakatlantiruvchi) siqilishi asosiy 
ahamiyatga ega. Klinikada oq asfiksiyalar tomirli shok, yirik to‘lqinli tremor, 
gipertenzion-gidrotsefal sindrom, fokal komponentli tutqanoqlar, boshini 
burayotganda kuchayadigan gorizontal nistagm, gomolateral midriaz, gemitip 
bo‘yicha o‘zgaruvchi mushak tonusi, tug‘ma va pay reflekslarining assimetriyasi 
kuzatiladi. Orqa miya suyuqligida ksantoxromiya, oqsil-hujayra dissotsiatsiyasi 
aniqlanadi. Kalla suyagi tranillyuminatsiyasida yoritilishning pasayishi kuzatiladi. 
Gematoma so‘rilishi yoki uni gigroma hosil qilib suyulishida yorug‘, keng, fokal 
yoritilish kuzatiladi. ExoEG da Mexoning siljishi, exo pulsasiyaning kuchayishi 
kuzatiladi. REG qon quyilish tomonda qon to‘lishining assimetrik kamayishini 
ko‘rsatadi. Diagnostikada subdural bo‘shliqni tahmin qilinayotgan gematoma 
sohasidan punktsiya qilish katta ahamiyatga ega. 
Subaraxnoidal qon quyilish – yetilib tug‘ilgan chaqaloqlarda og‘ir gipoksiya 
va kalla ichi tug‘ma travmasi natijasida kelib chiqadi. Ular ko‘p miqdorda bo‘lib, 
mayda meningeal tomirlarni butunligini buzilishi natijasida yuzaga keladi. 
Subaraxnoidal qon quyilishlarning o‘choqlari bosh miya yarim sharlarining tepa-
chakka sohasida joylashadi. Klinikada qo‘zg‘aluvchanlik, umumiy toniko-klonik 


 191
tutqanoqlar, vegetativ-vistseral o‘zgarishlar (taxikardiya, taxipnoe, uyquni 
buzilishi, tomir dog‘lari) mushak tonusining oshishi (ba’zida opistonus bo‘yicha), 
tug‘ma va pay reflekslarining oshishi, liqildoqlarning bo‘rtishi, Grefe belgisi, 
midriaz, g‘ilaylik (ko‘pincha yaqinlashtiruvchi), gorizontal nistagm aniqlanadi. 
Kallani transillyuminatsiyasida yorqin, keng yorishish, ExoEG – exo pulsatsiyani 
kuchayishi, ventrikulyar indeksning kattalashishi, REG da – tomir tonusining 
assimetrik oshishi aniqlanadi. Subaraxnoidal qon quyilishi yakuniy tashhisini orqa 
miya suyuqligining xarakterli o‘zgarishlariga asoslanib qo‘yiladi. Shuning uchun 
biz 1-jadvalda orqa miya suyuqligining me’yorda va subaraxnoidal qon 
quyilishidagi sitologik va bioximik tekshiruv ma’lumotlarini keltiramiz.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish