Glaukoma diagnozini qo‘yish uchun okulistga ko‘rsatib, ko‘z ichki bosimini
o‘lchash zarur.
Gipotireoz
–
qalqonsimon bez ajratadigan tireoidin moddasini kamayib
ketishi natijasida paydo bo‘ladi va yuzda, boshda, bo‘yinda, surunkali
rigidivlashgan og‘riqqa olib keladi. Og‘riq doimiy bo‘lib, quloq va chakkada,
bo‘yin va ensa qismida, bosh sohasida bo‘ladi. Tashhisni anamnez, asosiy modda
almashinuvini tekshirish, endokrinolog ko‘rigi hulosalari asosida qo‘yiladi.
O‘tkir pulpitda
–
og‘riq qattiq bo‘lib, jag‘ va uch shoxli nerv bo‘ylab
uzatiladi, og‘riq xuruj xarakteri bo‘lib, 15-30 daqiqa davom etadi. Og‘riq issiq-
sovuq tekkanda paydo bo‘lib, trigeminal nevralgiyadan asosiy farqi bemorlarni
kechasi bezovta qiladi.
Yuz simpatalgiyasi
– nevralgiyada og‘riq sohasi uch shoxli nervning
shoxlarini innervatsiya sohaga to‘g‘ri kelmaydi va vegetativ qon tomir
o‘zgarishlari juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Trigeminal nevralgiyada og‘riq sohasi
ko‘p hollarda gorizontal bo‘lsa, simpatalgiyada vertikal hususiyatga ega.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, yuz sohasida og‘riq bezovta qilgan
bemorlarni trigeminal nevralgiya diagnozini qo‘yish uchun yuqorida ko‘rsatilgan
kasalliklarni esda tutib, ularni to‘liq tekshirish lozimdir.
Davolash usuli
.
Uch shoxli nervning nevropatiyasini davolash 3 xil turga bo‘linadi:
1.
Konservativ usul. Birinchi navbatda kasallikni sababini topishga
harakat qilib, uni davolash lozim. Ko‘pchilik hollarda nevralgiya katta yoshdagi
bemorlarda uchraganligi va ularda qon aylanish yetishmovchiligi borligini
e’tiborga olib (gipertoniya, serebral ateroskleroz) vazoaktiv (nikotin kislotasi,
kavinton, sermion, trental, solkoseril) antisklerotik dorilarni (prodektin, stugeron,
sinnarizin va boshqalar) berish tavsiya etiladi. Metabolizmni yaxshilash uchun
tserebrolizin, nootropil, aminolon beriladi.
Og‘riq qoldiruvchilar (analgin, baralgin, tramal, diklofenak) vitaminlar V
12,
V
1,
biostimulyatorlar (fibs, platsent ekstrakti, aloe, gumizol) ilon zaxridan olingan
dorilar (vipraksin, noyaksin) kabilar trigeminal nevralgiyani davolashda alohida
o‘rin oladi. Bulardan tashqari spetsifik patogenik dorilardan tegretol, finlepsin,
karbomazepin kabilar tabletka holida individual miqdorda bemorlarga beriladi.
Trigeminal nevralgiyada igna bilan davolash, fizioterapiya muolajalari
(sollyuks, parafin, ozokerit, elektroforez) ham qo‘llaniladi.
2.
Kichik jarrohlik usullarda 0,5% novokain, vitamin V
12,
gidrokortizon,
yoki vipraksin qo‘shib /1,0-3,0 ml miqdorda/ uch shoxli nervni zararlangan
shoxini suyak teshiklardan chiqish sohasiga yuborish mumkin. /for/ supraorbitale,
infraorbitale, mentale/, spirt novokain eritmasini /80
0
spirt 2,0 2% novokain 1,0/
yuborish – alkogolizatsiya usuli /qaynoq suvni yuborish/ gidroterapiya usuli.
282
3.
Jarrohlik usullarga: neyrotomiya, neyroektomiya, gasser tugunini
eksterpatsiyasi, uch shoxli nervni ildizini kesish, bulbar traktomiya, mezensefal
traktotomiya va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |