www.ziyouz.com kutubxonasi
243
Umuman o‘lik, ma’yus bozorga qarshi o‘laroq YuBTK aktsiyalariga talab oshgandan oshmoqda edi.
Palmerning maslahati bilan Berkxardt shu yil aktsiyalarning yangi nodo‘st qo‘llarga o‘tib qolishini
qisqartirishga harakat qilib, aktsiyalar saqlovchilardan muddatdan oldin ovoz berishga odatdagi
ishonchnomalarni so‘rab oldi, ammo bu eng ko‘p deganda bir necha ming aktsiyani harakatsizlantirib
qo‘yish uchun umid tug‘dirishga imkon beruvchi “men do‘konni yopayapman” qabilidagi nayrang edi.
Ayni vaqtda agar Olbanidagi bernscha kuch sinashish muvaffaqiyatsizlikka uchragudek bo‘lsa, bu
hatto do‘stona kayfiyatdagi aktsiya saqlovchilarga Berkxardtning omonat banklari yuzaga keltirgan
vaziyatni nazorat qilishga qodir emasligini namoyish qiladi. Bunday holda Berkxardt YuBTK ustidan
nazoratni qo‘lida ushlab tura oladigan aynan o‘shanday odam hisoblanarmikan?
Murakkab o‘yin, o‘yladi Palmer. Ochig‘ini aytganda, u Jo Lumis tashkil qilgan qanotdagi hujumlarni
muvofiqlashtirib o‘tirishni unchalik xushlamas edi. Har bir bo‘g‘imda muvaffaqiyat qozonishga imkon
beruvchi vaqt va kuch zaxirasini tanlab olish uchun favqulodda ustamonlik bilan tuzilgan ayyorona
reja.
Palmer shunday fikrlaganicha telefon go‘shagini ko‘tardi va Virjiniyaning ichki raqamlarini terdi.
— Boshing qalay? — deb so‘radi u salom-alik qilib o‘tirmay.
— Hmm. Xayrli... — uning erinchoq ovozi xirillab chiqdi.
— Yonimga qachon kira olasan?
— Shifokorlar kislorod yostiqchasi yordamida o‘zimga keltirishi bilan.
U go‘shakni joyiga ilib, o‘zicha kulimsirab qo‘ydi. Ikkalasi ham o‘tgan kecha qattiq mast bo‘lishgan
edi. U nihoyat bugun ertalab kayfi tarqab, ko‘ngilsizliklardan qutulib, o‘ziga keldi. Uyga o‘z vaqtida —
kechki o‘n birda qaytganim yaxshi bo‘ldi, — degan xulosaga keldi u o‘zicha, — Edisda hech qanday
shubha-gumon tug‘ilmaydi.
Ana, ayol kabinet eshigini ochib — yopdi, xonaga pardalar orasidan qiya tushayotgan xira fevral
quyoshidan qamashgan ko‘zlarini yarim ochgancha ostonada bir necha lahza turib qoldi. Palmer uning
xona bo‘ylab asta yurib kelayotgani, ish stolidan aylanib o‘tib, o‘ziga yaqinlashayotganiga qarab turdi.
Ayoldan kelayotgan bilinar-bilinmas, sigaret tutuni aralash atir hidi uning ta’sirchan tuyg‘ulariga
bo‘g‘iq qo‘ng‘iroq ovozidek ta’sir qildi. Ayol engashib, uning yanog‘idan o‘pdi va lab bo‘yog‘i yuqib
qolmadimikin deya o‘pgan joyiga qarab qo‘ydi, yana yozuv stolini aylanib o‘tib, qarshidagi stulga
o‘tirdi. Ayol burnini jiyirdi.
— Marhamat qilib, bunchalik dimog‘dor bo‘lmang, — dedi ayol.
— Mayli. Qanday bo‘lishim kerak unda?
— Xudo haqqi, bunchalik chiroyli ham bo‘lmang. Menga o‘xshab horg‘in bo‘ling.
— Mayli. Horg‘in bo‘laman. To‘g‘ri keladimi?
— Xuddi kattakon bankning vitse-prezidentiga o‘xshab toliqqan bo‘ling.
— Mening omadim yurishyapti.
— Meni nega chaqirdingiz? — xo‘rsindi ayol.
— Bu yer juda yorug‘. Biz shafqatsiz odamlarmiz, hech narsadan tap tortmaymiz.
Va nihoyat u ko‘zlarini ochdi.
— Siz nafaqat shafqatsizsiz. Bu tunda bo‘lib o‘tgan narsalarni bajarishga meni qanday majbur
qildingiz?
— Har qalay, qo‘lingizni qayirish yo‘li bilan emas.
— Men bayonnomaga avval va undan ham avval, hech qachon bunga o‘xshash narsaga qo‘l
urmaganim haqidagi arizamni kiritishingizni xohlayman. Hech qachon.
— Qiziq, biroq taklif siz tomoningizdan tushgani esimda.
Ayol chuqur xo‘rsindi.
Siz meni o‘zingizga allaqachon ma’lum blgan narsani bilish uchun chaqirmagandirsiz?
— Men ana shu xatoni tuzatish haqida qaerdan tez ma’lumot olishimiz mumkinligini bilmoqchi edim
Teletaypda birorta tanishingiz yo‘qmi?
— Bernsga qung‘iroq qilsak bo‘lmaydimi?
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |