Moddiy nuqta dinamikasi. Reja: Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning I qonuni



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#548235
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moddiy nuqta dinamikasi



Moddiy nuqta dinamikasi.
Reja: 
1.
Dinamikaning asosiy vazifasi. 
2.
Nyutonning I – qonuni. 
3.
Nyutonniny II – qonuni. 
4.
Nyutonning III – qonuni. 
5.
Tabiyatdagi kuchlar. 
6.
Moddiy nuqtalar tizimi. Inertsiya markazi. 
Dinamikaning asosiy vazifasi. 
Dinamika qonunlari jismning harakati bilan uni yuzaga keltirgan yoki bu harakatni 
o’zgartiruvchi sabablar orasidagi bog’lanishni o’rnatadi. Harakatni o’zgartiruvchi sabab bu 
kuchdir. Kuch deganda jismlarning o’z-aro ta’siri natijasida yuzaga keluvchi va harakat holatini 
o’zgartiruvchi fizikaviy sababni tushunamiz. 
Dinamika mehanikaning asosiy bo’limi hisoblanadi. Dinamikaning o’zagini Nyuton 
qonunlari tashkil etadi. Bu qonunlar I.Nyutonning 1687 yilda chop etilgan «Natural 
filosofiyaning matematik asoslari» asarida bayon qilingan. Nyuton qonunlari insoniyatning ko‘p 
asrlik tajribasi natijalarini umumlashtirish yo‘li bilan maydonga kelgan. Bu qonunlarning 
to‘g‘riligi tajriba natijalariga mos kelishi bilan tasdiqlanadi. Nyuton tajriba va kuzatishlarga 
asoslanib, jismlarning qanday holda nisbiy tinchlikda va qanday holda to‘g‘ri chiziqli tekis 
harakatda bo‘lishini aniqlab birinchi qonunini kashf etdi. 
Nyutonning I – qonuni. 
Jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini tashqaridan boshqa jismlar 
ta’sir etmagunicha saqlab qoladi. Jismlarning o’zini tinch holati yoki to’g’ri chiziqli tekis 
harakatini saqlab qolish xususiyati, jismlarning inertsiya xususiyati deb ataladi. shuning uchun, 
Nyutonning birinchi qonuni, 
inertsiya qonuni
deb ham ataladi. 
Mexanik harakat nisbiydir va uning xususiyatlari sanoq tizimiga bog’liq bo’ladi. 
Nyutonning birinchi qonuni istalgan sanoq tizimida bajarilavermaydi, shuning uchun bu qonun 
bajariladigan sanoq tizimlari 
inertsial sanoq tizimlari
deb ataladi. Boshqa sanoq tizimlariga 
nisbatan o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlay oladigan sanoq 
tizimlari inertsial sanoq tizimlari bo’la oladi. 
Koordinata boshi Quyosh markaziga joylashgan geliotsentrik sanoq tizimini juda katta 
aniqlik bilan inertsial sanoq tizimi deb hisoblash mumkin. Uning koordinata o’qlari 
o’rganiladigan planeta yoki yulduzlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Xuddi shu holat uchun, Yer bilan 
bog’langan sanoq tizimi inertsial sanoq tizimi bo’laolmaydi, chunki Yer nafaqat Quyosh 
atrofida, hattoki o’zining o’qi atrofida ham aylanishini hisobga olish zarur. Ammo Yerdagi 
mexanikaviy harakatlar uchun Yer bilan bog’liq bo’lgan sanoq tizimini 
inertsial sanoq tizim
deb 
hisoblash mumkin. 
Tajribalardan ma’lumki, bir xil ta’sir ostida turli jismlar o’zining harakat tezligini bir xil 
o’zgartirmaydi, boshqacha qilib aytganda, har xil tezlanish qiymatlariga ega bo’ladilar. Tezlanish 
faqat ta’sir kuchiga bog’liq bo’lmay, jismning o’zini xususiyatiga, ya’ni massasiga ham 
bog’liqdir. Jismning massasi – materiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning inertsial 
va gravitatsiyaviy xususiyatlarini belgilaydi. 
Inertsial massa jism inertligining o’lchov birligi bo’lib, inertlikni o’zi esa, jismning o’z 
holatini saqlab qolish xususiyatidir. Nyutonning birinchi qonunidagi ta’sirni ta’riflash uchun 
kuch tushunchasini kiritish zarurdir. Tashqi kuch ta’sirida jism o’zining harakat tezligini 
o’zgartiradi, tezlanishga ega bo’ladi yoki o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin – 
deformatsiyalanadi. Demak kuch ikki xil ta’sirga egadir: dinamik va statik. 


Vaqtning har bir belgilangan momentida, kuch o’zining qiymati, fazodagi yo’nalishi va 
qaysi nuqtaga qo’yilgani bilan xarakterlanadi. 
Shunday qilib, kuch vektor kattalik bo’lib, berilgan jismga boshqa jism yoki 
maydonlarning mexanikaviy ta’siri o’lchovi bo’la oladi. Kuch ta’sirida jismning mehanik 
harakati qandayo`zgaradi degan savol tugiladi. Bu savolga Nyutonning ikkinchi qonuni javob 
beradi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish