Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
qancha filantropik jamiyatlarning faol a’zosi edi; bu guruhlarning yig‘in va tadbirlariga qo‘shimcha 
keyinchalik kelgan Ota-onalar va o‘qituvchilar uyushmasi yig‘ilishlari er-xotinlik yaqinlashuvining 
butun jarayonini teatrga borish va qarindosh-urug‘larni ziyofati taklif etishlar bilan bir qatorda ular 
turmushi tarzini ikkinchi darajali narsaga aylantirib qo‘ygandi. 
Palmer ko‘zini yumdi-da, fikrlarini bir amallab izga solishga urindi. Bunda Edisni ayblash mumkin 
emas, o‘yladi u. Modalar jurnali suvratlarining uslubiga monand tarzda u g‘oyat jozibador edi. Eriga 
nisbatan jismoniy moyillikning yo‘qligi Palmerning uyga kech qaytgandagi mana bu barcha kechki 
ziyofatlarning, va yana bungacha Chikagodagi o‘zini nojo‘ya so‘zlar bilan itarib tashlashga xotinini 
majbur etgan barcha oqshomlarning qisman natijasi hisoblanadi. U hech qachon xotiniga tiqilinch 
qilmasdi, Edisning esa uning nimalarga qodirligini yaxshiroq bilishi uchun imkoni bo‘lmasdi. Faqat 
Virjiniyagina uning jinsiy ishtahasi nechog‘li kuchliligini yoki bu ishtaha lazzati yigit uchun nechog‘li 
muhim bo‘lishi mumkinligini namoyish etdi. 
 
 
Ellik ikkinchi bob 
 
Palmer uni uyiga taksida olib borib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq soat millari allaqachon tonggi 6.30 ni 
ko‘rsatib turardi, shu bois Bernsning uyidan unga o‘zidan oldinroq chiqib ketishga ruxsat berdi. 
Kvartiraning “toza uy”ga aylanganidan 15 daqiqa o‘tib, Palmer yergacha bir qavat yetmay liftdan 
chiqdi va yon eshikdan binoni tark etdi. U Ist River shohrohidan burilib ketgan, rulda jahldor 
haydovchi o‘tirgan bir taksini tutdi. U Aydluaylddan odam olib kelgan bo‘lib, qaytishida chiqadigan 
hech kim yo‘q edi. Butun yo‘l davomida jimjimador betonli uyiga yetguncha Palmer haydovchining 
alamli nolishlarini tinglab keldi. 
U mashina ko‘zdan yo‘qolguncha kutib  turdi-da, uyiga qarab ketdi. Ko‘cha tip-tiniq bo‘lib, havo 
sovuq edi. Tong g‘ira-shirasi ko‘zga tashlanib qolgan bo‘lsa-da, osmon qo‘rg‘oshinday og‘ir ko‘rinardi. 
Palmer paltosi, shlyapasi va sharfini ilar ekan, ichkarida ham tashqaridagiday kulrang yog‘du 
hukmron ekanini his etdi. Atrofidagi hamma narsa go‘yo tosh qotgan. Yoqimsiz g‘ira-shirada 
zinapoyaning tabiiy eman rangi qandaydir dag‘al edi. Ikkinchi qavatda botinkasini yechish uchun 
Palmer bir zum to‘xtadi va bu hayot nima uchun har doim jurnallardan kulgili suvratlarni ko‘chirib 
oladi, deb xayolidan o‘tkazdi. 
U katta yotoq bo‘lma yonidagi vannada ustki kiyimlarini yechdi. Avvaliga o‘zini endi turganday qilib 
ko‘rsatsammikin degan behuda o‘yni kechirdi ko‘nglida. Agar Edis uxlab yotgan bo‘lsa, bu ish g‘oyatda 
qiyin edi. Agar shunday qilish lozim bo‘lsa, avval to‘shakni betartib holga keltirishi, vannaga qaytib 
borishi va xotinini uyg‘otish uchun dush suvini sharillab oqizib qo‘yishi kerak bo‘lardi. U yotoq 
bo‘lmaga ko‘z soldi. Edis uxlayotgandek edi. Palmerning to‘shagi yoyilib yotardi. Yalang oyoqlari bilan 
tovushsiz yurib, u yo‘lakay ichki ko‘ylagini yechgancha xotiniga yaqinlashdi. So‘ng asta ehtiyotkor 
harakatlar bilan yostig‘i va choyshabini titib qo‘ydi. 
Vannaga qaytib kelib, u trusigini yechdi-da, butun bo‘yi bilan o‘zini oynaga soldi. Oynani bu yerga 
o‘rnashtirish Edisdan chiqqandi. Har ikkoviga o‘z vaznlarini kuzatib borishga yordam berib, oyna katta 
ahamiyat kasb etishiga Edis amin edi. Hozir oyna Palmerga dahshatli ma’lumotni taqdim etib turardi: 
naq kindigi tagida qizil-ko‘kish tish izlari mana men deb turardi Palmer oynaga yaqinroq kelib razm 
solib qaradi va shaklidan uning qanday kelib chiqqanini payqash qiyinligini bildi. O’zicha ma’nodor 
bosh irg‘ab qo‘ydi-da, dush dastasini buradi va issiq va sovuq o‘rtasidagi chiziqqa keltirib qo‘ydi. Suv 
shovqini xonani to‘ldirdi. U dush tagida turib oldi-da, badanini sovunlay boshladi. 
Eshikdan uyqusiragan, tumshaygan, deyarli ko‘zga tashlanmaydigan qoshlari o‘rtasida ikkita tik ajin 
hosil qilgan Edis paydo bo‘lganda Palmer yuvinib-artinib, hammom xalatini  kiyib olgandi. 
— Salom, — muloyim ohangda dedi Palmer. 
— Hm. Qachon kelding xudo yarlaqab? 
Palmer xotinining tiniq qora ko‘zlariga sinchkov tikildi. Surmasiz ular kichik va uniqqandek 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish