www.ziyouz.com kutubxonasi
111
— Xotining hech nimadan shubhalanmas ekan-da, tag‘in yaxshi o‘rnashibsan deganing nimasi deb
so‘raganingga o‘laymi?
— U mening ishimdagi alohida sharoitlarga ko‘nikkan, shu xolos, — tushuntirdi Palmer. — Menda
ish yuzasidan ko‘plab uchrashuvlar bo‘lib turadi.
— Vudi Palmer kichik, — xirgoyi qilib dedi Berns. — Nahotki, siz rostdan ham hozir ataylab
qilayotganingizdek sodda-bayov bo‘lsangiz?
Palmer birmuncha muddat jim o‘tirib qoldi.
— Agar men sizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, — asta gapirdi u, — ammo siz juda aniq qilib
aytdingiz, siz meni mana shunday qulay sharoitlardan foydalanib qolishim kerak deb hisoblaysiz.
— Aynan shunday, — tasdiqladi Berns. — Keyin yopig‘liq qozon yopig‘liq qolaveradi. Shahrimizda
bironta ham shunday uylangan odam topilmaydiki, u mana shunday boqibeg‘am xotinni orzu
qilmagan bo‘lsin. Ayt-chi, qarog‘im, bunday imkoniyatdan foydalanmay qolganing qanday yuz berdi?
Biron marta ham zino qilmaganmisan?
O’zini o‘rindiq suyanchig‘iga tashlab, Palmer xiyol kulib qo‘ydi. “Xayrli tun” deb juftakni rostlash
uchun qulay payt. Ayniqsa, hozir.
— Aytishim mumkin, — u o‘zining ovozini eshitdi, — bunaqa fikr miyamga kelmagan ham.
— O’lsam ham ishonmayman.
— Nimadan boshlashni ham bilmasdim.
— Boshimni qotirma ko‘p.
— Bo‘pti, bas qilaylik, — dedi Palmer o‘rnidan turarkan.
— Menga qara, bu barcha mayda gaplar kambag‘allarning foydasiga, — dedi Berns. — Vudi,
qarshingda amakijoning Mak turibdi, uning bilmagan balosi yo‘q. Ko‘zlaringdan hamma narsani ko‘rib
turibman, meni aldayolmaysan. Qizlarning boshidan-oyog‘igacha qanday suqlanib boqishingni
ko‘rganman. Bilmayman, nega bo‘yningga olmaysan, garov o‘ynayman, nimadan boshlashni a’lo
darajada bilasan.
Palmer yana o‘tirdi, duch kelgan, yarmi ichilgan qadahni oldi va shoshmay ho‘play boshladi. U
o‘ziga tasalli berardi: birinchidan, Bernsning shamasi tavakkal qilib otilgan va nishonga tasodifan kelib
tekkan o‘q. Bernsda bunday merganlikdan aslida nom-nishon yo‘q. Merganlikning unga keragi ham
yo‘q. Biroq shu topda u o‘zida yashiradigan narsaning o‘zi mavjud emasligini anglab qoldi. Sukut —
mana uning yagona quroli. To‘g‘ri, u har doim ham o‘qdan foydalana bilmasdi. Sukut qurollarning
xo‘rozi edi.
— Tag‘in nima dey? — biroz tahammuldan so‘ng so‘radi Berns. — Boshqa gapga hojat ham yo‘q.
— U xo‘rsindi, so‘ng tomoq qirib, Palmerga cho‘zildi-da, uning tizzasidan shapatilab qo‘ydi. — Men
bilaman, Vudi, hammasini bilaman, — dedi u. — Ammo, bo‘talog‘im, bular seni mutlaqo xafa
qilmasligi kerak. Bunda yomon narsaning o‘zi yo‘q. Bu sizning tirik odam ekaningiz alomati, xolos,
tamom-vassalom. Eng yaxshi alomat.
Palmer xiyol junjikdi. U lablarining unsiz qimirlayotganini his etdi. Og‘zini bir qultum viski bilan
ho‘lladi.
— Ishlarim joyida, — dedi sekin va juda past ovozda. — Shundan o‘zimni qo‘lga olganman. — Bu
so‘zlar uning boshida yana uzoq, u jim bo‘lib qolgandan keyin jaranglab turdi. U hushi yarimlashib
qola boshlaganini angladi — bo‘kib ichganlikning odatdagi oqibati. U o‘zini yana tashqaridan
o‘rindiqda o‘tirganini ko‘ra olayapti, o‘zining gapini o‘zi eshita olayapti — xuddi shunga iqror
bo‘lganidan o‘zi noqulay ahvolga tushib qoldi. Biroq ayni vaqtda hammasiga baravar “tuf” deb voz
kechib qo‘ya qolishi kerak edi.
— Juda qiziq, — g‘udrandi u.
— Bilasanmi, saqlovchi klapanni yopganda nima bo‘ladi? Qozon portlaydi, mana, nima bo‘ladi.
Men, albatta, tan beramanki, o‘zini qo‘lga olish buyuk narsa, biroq haddan tashqari ko‘pi ham zararli.
Xo‘sh? — dedi Berns.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |