Falsafa yo‘nalishi 2-kurs talabasi Otaqulov Karimjon



Download 13,42 Kb.
bet1/2
Sana11.12.2021
Hajmi13,42 Kb.
#104259
  1   2
Bog'liq
Otaqulov Karimjon. Falsafiy antropologiya. Oraliq nazorat ishi


Falsafa yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Otaqulov Karimjon

2-bilet

1. Falsafiy bilim tizimida falsafiy antropologiya.

2. M.Sheler, G.Plessner, A.Gelen inson olami haqida.

1. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta`limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi. Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug` mutasavvuf Abdulholiq g`ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og`irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma`noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.

Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma`nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi.

Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos.

Falsafa tarixida inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.

Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.

Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.

Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan bog`laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga hos bo’lgan biror-bir hususiyatga alohida urg`u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi ahloqiy jihatlarga ko’proq e`tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta`riflagan. Vladimir Solov’ev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi hususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina hos.

Inson tabiati — G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma`naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi.Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.


Download 13,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish