030-21 guruh talabasi Namozov Maxmud mustaqil ishi.
MAVZU:Sharq va g’arb falsafasida inson masalasi.
REJA:
1.Falsafa tarixida insonning kelib chiqishi haqidagi ta’limotlar.
2.G’arb etik va siyosiy falsafa.
3.Sharq falsafasi.
4.Inson falsafiy muammo sifatida.
Inson — falsafaning bosh mavzusi deganda Siz nimani tushunasiz?
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy talimotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.
Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug mutasavvuf Abdulholiq gijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita dahldordir. Umuman olganda, insonga dahldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning ogirini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu manoda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizasiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqdir.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va manodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos.
Inson boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, istemol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va taqiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psihik hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu hususiyatlari orqali yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini taminlaydi. Insonga hos bo’lgan biologik hususiyatlarni ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki psihologik hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
Falsafa tarixida inson tug’risidagi talimotlarda biologizm, sosiologizm, psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, manaviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.
Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tugilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.
Inson talim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy meyorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar tasirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, yani shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak masuliyatni his etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam etiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning maqsad, G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.
Shaxs mustahkam iymon-etiqod, G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini ifoda etadigan insondir.
Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy sharoitda shahs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shahslar timsoli aks ettirilmoqda.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fozil va barkamol inson shahsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda talim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z oldiga ana shunday shahsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi.
Inson tarihning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni taminlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o’z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo’lib hizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini taminlashi barcha ijobiy va foydali huqlarni saqlashi va targib etishi kabi hususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan boglaydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga hos bo’lgan biror-bir hususiyatga alohida urgu bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi ahloqiy jihatlarga ko’proq etibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida tariflagan. Vladimir Solov’ev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga siginish kabi hususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga siginish insongagina hos.
Inson tabiati — G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va manaviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi.Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
Qadimgi tarixdan beri siyosiy hukumat oʻrnatish ildizlari doimo odam tabiatiga bogʻliq boʻlib kelgan. Aflotun oʻzining Respublika (The Republic) sida ideal jamiyat faylasuf-qirol tomonidan boshqarilishi mumkinligini yozadi, chunki u falsafani yaxshi tushungan odam ezgulik tushunchasini ham yaxshi anglashini taʼkidlaydi. Biroq Hatto Aflotun ham faylasuflar oʻz ustida, oʻzining fikrlashi va olam-odam, odam-jamiyat aloqalarini qunt bilan oʻrganishni va biror jamiyatni boshqarishni keksalik (taxminan ellik yoshlardan soʻng) paytida, vazmin, ogʻir-bosiq fikrlay oladigan darajaga yetgandan soʻnggina oʻz qoʻliga olishi mumkinligini aytadi. Arastu uchun esa odamlar siyosiy (ijtimoiy) hayvondirlar va hukumatlar jamiyatga eng koʻp samara keltirish uchun oʻrnatiladi. Arastu davlat (polis) jamiyatning eng yuqori shakli boʻlganligi uchun uning maqsadi eng koʻp ezgulik (samara) keltirishdir, deb oʻylagan. Arastu siyosiy kuchni mohirlik va aqlning individlarda notekis tarqalgani, tabiiy notenglik natijasidir, deb koʻrgan. Bu notenglik bor ekan, demak siyosiy kuch eng mohir va aqllilar - aristokratiya qoʻlida yigʻilishini afzal bilgan. Arastuga koʻra, shaxs jamiyatda yashar ekan, komillika erisha olmaydi. Uning The Nicomachean Ethics va The Politics ishlarida shu masala koʻriladi. Birinchi kitobda ezguliklar (yoki "komilliklar") fuqaro-shaxsda olib koʻrilsa, ikkinchi kitobda fuqarolarni komillikka olib borishi mumkin boʻlgan hukumat shakli borasida bahs ketadi. Ikkala kitobda ham adolatning jamiyatdagi muhim roli uqtiriladi.
Nicolaus Cusanus XV asr boshida Aflotun fikrlarini qayta koʻtardi. Oʻzining ishlarida va Florensiya Kengashida u Oʻrta Asrlar Yevropasida demokratiya qurish masalasini koʻradi. Biroq u Arastu va Hobbes anʼanalaridan farqli oʻlaroq barcha odamlarni teng koʻrgan (yaʼni hamma xudoning bandasidir, deb) va shining uchun demokratiya eng toʻgʻri hukumat shaklidir, deb oʻylagan. Cusanus'ning qarashlarini italyan Uygʻonish davri uchqunlari sifatida koʻrishadi; bu qarashlar "milliy davlat" tushunchasiga asos soldi.
Keyinchalik Niccolò Machiavelli Arastu va Thomas Aquinas gʻoyalarini noreal deya rad etdi. Ideal mustaqillik doim ham ezgulikka olib kelmaydi; mustaqil shaxs foydali va muhim amallarni bajarishga intiladi, bu amallar esa ezgu boʻlmasligi mumkin. Arastu qarashlarini Thomas Hobbes ham shubha ostiga oldi. Hobbes'ga koʻra, odam tabiati aslida aksilijtimoiydir: odamlar tabiatan egoistdirlar va bu egoizm tabiiy holiga qoʻyib qoʻyilgan hayotni mushkullashtiradi. Bundan tashqari, Hobbes odamlar tabiatan noteng boʻlishsa-da, bu farqlar ahamiyatsizdir va boshqalardan kelishi mumkin zararlardan saqlamaydi. Shularga asoslanib, Hobbes davlat jamiyatni tabiiy ahvoldan koʻtarish uchun oʻrnatiladi, deydi. Bu ishni esa faqatgina jamiyatni qoʻrquv va kuch orqali ushlab turuvchi, suveren va qudratli davlat bajara oladi.[23]
Oydinlanish davridagi faylasuflarning koʻpchiligi demokratik davlat qurishga yoʻl qoʻymaydigan mavjud siyosiy falsafa doktrinalaridan norozi edilar. Jean-Jacques Rousseau shu doktrinalarni yiqishga uringanlardan biri edi: u Hobbes'ga odam tabiatan "olijanob yovvoyi" ekanligini, jamiyat va ijtimoiy aloqalar esa bu tabiatni buzishini aytib, eʼtiroz bildirgan. John Locke ham bu tanqidga qoʻshilgan. Oʻzining Second Treatise on Government asarida u Hobbes'ning millat-davlat usuli insoniyatni qutqara olishi haqidagi gapiga qoʻshilsa-da, erkinlikka erishgan shaxs vahshiylashib ketishi iddaosini tanqid ostiga olgan.
Fakt-qiymat farqi doktrinasi hamda David Hume va uning shogirdi Adam Smith ishlaridan soʻng siyosatni odam tabiatiga bogʻlashga urinishlar susaydi. Biroq hamon koʻpchilik siyosiy faylasuflar, ayniqsa realistlar, oʻz argumentlarini odam tabiatiga asoslashadi.
Konsikvensializm, deontologiya va aretaik burilish Tahrirlash
Jeremy Bentham
Asosiy maqola: Konsikvensializm
Zamonaviy etikada konsikvensializm (amallar ularning oqibatlariga koʻra baholanishi kerak) va deontologiya (amallar ularni bajaruvchilarning burch yoki huquqlariga kirishi-kirmasligiga qarab baholanishi kerak) orasida bahs kechmoqda.
Jeremy Bentham va John Stuart Mill utilitarianizmni - amallar "imkon qadar koʻp shaxslarga imkon qadar katta baxt" yetkazishiga qarab baholanishi kerakligi gʻoyasini targʻib etishdi. Bu gʻoya konsikvensializmni kengaytirdi.
Immanuel Kant konsikvensializmga qarshi chiqib, maʼnaviy prinsiplar shunchaki ong mahsuli ekanligini taʼkidladi. Kant amallar oqibatini etikaga kiritish xatodir, deydi. Kant'ga koʻra, ong mutlaq burch boʻlmish kategorik imperativga boʻysunadi. Bunga qoʻshimcha qilib, XX asr deontologi W.D. Ross prima facie deb ataluvchi imperativlar ham
Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.
Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Sharq falsafasi atamasi bilan Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya, Yaponiya falsafiy anʼanalari nomlanadi. Gohida bu roʻyxatga Yaqin Sharq ham qoʻshiladi, biroq Yaqin Sharq falsafasi Ibrohimiy dinlar yoyilishi va Yevropa bilan savdo-sotiq faolligi tufayli Gʻarb falsafasining koʻpgina alomatlariga ega.
Xitoy falsafasi Tahrirlash
Konfutsiy. Xitoy Afsonalari va Asotirlari kitobidan, 1922, E.T.C. Werner.
Xitoy falsafasi
Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega.
Hind falsafasi
Hind ostqitʼasi tarixida Oriy–Vedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.
Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan.
Adi Shankara (markazda), 788-820, hind falsafasining yirik maktabi - Advaita Vedanta asoschisi.
Fors falsafasi Tahrirlash
Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar - Iskandar Zulqarnayn, arablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylik, mazdakiylik va hokazo kiradi.
Oʻrta Osiyo falsafasi
Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri - ibn Sino Oʻrta Osiyo va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi[25]. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir.
Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar - Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk - ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy kuch-qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi5 . O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi, uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat markazida bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat doirasida o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish uchun yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi.
Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan atrof-muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Asta-sekin o‘sha qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish salohiyati odam, tirik mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan. Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz mumkin. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson va uni yashaydigan joyi bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog‘liq qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir shakli tanadan boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. Hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan: ..qayta tirilish – hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib, renkarnatsiya g‘oyasi – bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz tug‘ilishdan qutilishdan iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, qarilik – azob, kasallik va o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, sevimli kishidan judo bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida xohish-istaklar va ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob haqidagi haqiqatdir. 2. YAshashga nisbatan kuchli irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan narsani izlaydi. Bu – azoblarning sababi haqidagi haqiqatdir. 3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi. Bu – azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga (nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi, kuchg‘ayratga erishish zarur. Bu – azoblarning sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson va jamiyat haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi. Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan CHjou davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli hodisalari kelib chiqqan ekan. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli zarbasidan er va osmonga bo‘linib ketgan. O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot bir umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida ijtimoiy munosabatlar keskinlashib ketdi. Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini topdi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Inson yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, uning o‘zi ham o‘zgarib borishi haqidagi fikr mulohazalar eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan. Odam degan tirik mavjudotning paydo bo‘lishi sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning inson darajasiga ko‘tarilishida tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy, huquqiy normalarni tushuntirib berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining ahamiyati katta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar. Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson xulqatvorining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha, odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lib, lekin xulq atvoriga ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insonparvarlik)dir. Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”6 . Inson va jamiyat haqidagi fikrlarni er. avv.
VII-VI asrlarda o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday ta’limotlardan biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, inson iymon e’tiqodining uchta yirik tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda yozilishicha, iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. Xususan bergan so‘zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va hiyonatdan holi bo‘lish iymon-e’tiqodlilik alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, gap haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik va xunuklik haqida boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod etishga qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»7. Zardushtiylik ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy (216-277) qarashlari Zardo‘sht qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi ushbu kitobdagi ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi.
Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai nazaridan tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan urfodatlari, rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga moslashtirishda beqiyos ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Xulosa:
Mustaqil ishdan shuni tushunib yetdimki inson tabiati g’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashganligini lekin u hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va manaviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’tarilishini insonni o’rganadigan fan antropologiya deb yuritilishini va tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizasiyani bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo’lish shakllariligini va ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqligini bildim.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Konfutsiy. Xitoy Afsonalari va Asotirlari kitobidan, 1922, E.T.C. Werner.
2. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. – T.: O’FMJ, 2006.
3. Shermuxamedova N.A. Falsafa. – T.: Noshir, 2012.
4. A.Choriyev. Inson falsafasi. – T.: O’FMJ, 2007 y.
5.Wikipedia (internet) ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |