Falsafa yo‘nalishi 2-kurs talabasi Otaqulov Karimjon



Download 13,42 Kb.
bet2/2
Sana11.12.2021
Hajmi13,42 Kb.
#104259
1   2
Bog'liq
Otaqulov Karimjon. Falsafiy antropologiya. Oraliq nazorat ishi

Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?

Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.

Shahs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shahsni o’z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak G’oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi.

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim hususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaho’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g`amho’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir.

Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga hos hususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.

Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, ta`lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg`unligini ta`minlashga erishish butun ta`lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.

Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shahs jamiyat a`zosi deb ataladi

2. Hozirgi falsafiy antropologiyani tushunish uchun uning tarixiga nazar tashlash lozim. Bu oqimning asoschilari Maks Sheler, Gelmut Plesner xisoblanadi. Ular falsafiy antropologiyaning dasturini yaratib berdi. Аsosiy tamoyillar, metodologik-nazariy asoslar keyinchalik yanada kengayib rivojlanib bordi, xozirgi kunda xam bu jarayon uzluksiz davom etmoqda. Shuningdek, bu okim rivojiga uzining salmokli xissasini kushgan yana bir faylasuf А.Gelen xisoblanadi.

А.Gelenning falsafiy-biologik antropologiyasi. Inson «tulik bulmagan» mavjudot sifatida. Inson xayotining ongsiz xayotiy soxasini ustunligi xamda F.Nitsshening insonni «yakunlanmagan xayvon» sifatidagi karashi А.Gelen (1904-1976) falsafiy antropologiyasining tayanch nuktasi buldi. Gelen taʼlimotida biologik xususiyatlar ustuvorlik kiladi. U dastlab insonning tabiiy (xayvoniy) instinktlarini, bu instinktlarning insonning xayotiy faol xarakatiga taʼsirini urganadi. Gelen inson bilan xayvon urtasidagi farkni, ularning biologik tuzilishini solishtirish asosida kursatib beradi. Gelen Shelerning xayot bilan rux dualizmidan voz kechadi, lekin maʼnaviy ruxiyatni fakat insonga xos xususiyat ekanligini tan oladi. Maʼnaviyat, Gelen fikricha, xayotdan tashkaridagi boshlangʼich emas, balki inson tabiatining real xayotiy imkoniyatidir.

Gelen taʼlimotining asosiy tezisi bu insonni biologik tulik bulmagan mavjudot sifatida talkin kilishdir. Chunki inson uzining xayvoniy-biologik tuzilishida instinktlar bilan kurollanmagan, «yakunlanmagan», «mustaxkamlanmagan». Biologik chala-yarimlik inson mavjudligini, uning dunyoga ochikligini aniklab beradi. Xayvonot olami muayyan muxitga, uz xududiga katʼiy bogʼlangan. Inson bulsa muayyan muxitga mukim bogʼlanmagan, unda moslashish kobiliyati bor, u uzgaruvchandir. Biologik chala yarimlik va ochiklik inson dunyosining, inson borligʼining asosiy, belgilovchi xususiyatlaridan birini tashkil kiladi. Xayvonot dunyosidan ajralib kolib inson, uz takdirini uzi xal kiladigan buldi. Uzini saklab kolish uchun u yangi shart-sharoitlarni, muxitni, uz xayoti uchun zarur bulgan omillarni yaratishga majbur buladi. Jumladan, uzini xam uzgartirib, uzi yaratgan sunʼiy muxitda istikomat kiladi. Shunday kilib, biologik jixatdan moslashmagan «chala yarim» insonning faol mavjudot ekanligini Gelen uz tezisi orkali asoslab beradi.

Shunday kilib, Gelenning antropologiya taʼlimotiga binoan, tabiat insonni «insoniy» kilib yaratdi, unga xayvoniy instinktlarni bermadi. Bu yerda Gelen insonga fakat bir yoklama yondashdi. Gelen uz taʼlimotini empirizmga asoslangan taʼlimot, deb ataydi. U uz tadkikotlaridan umumiy fan nazariyasiga oid xulosalar chikarmaydi. U kupgina xodisalarni urganadi, munosabatlarni ochib berishga xarakat kiladi.Gelen madaniy-tarixiy xayotning muassasaviy shaklini xam inson xayotiy faoliyatining antropobiologik asosi bilan bog‘laydi. U madaniy-tarixiy asoslashda oila, xususiy mulk, boshkaruv, xarbiy ish muassasalarining ta’sirini inkor kilmaydi. Bu muassasalar, uning fikricha, «ishlab chikaruvchi korxonalar» rolini uynaydi. Ular inson xayotida zarur vazifalarni bajaradi, ularsiz inson xayot kechira olmaydi, ya’ni bu muassasalar kupayish, bokish, xavf-xatardan ximoya kilish xamda tartibga solish, insonlar urtasidagi uzok muddatli munosabatlarni ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi. Demak, bunday tuzilmalar insonlarning xayotini bir maromda muxofaza kilib turadi, inson tabiatiga xos bulgan chalalikni, ximoyasizlikni bartaraf etadi.

Shunday kilib, Gelen falsafiy antropologiyasida insoniyatning madaniy, ma’naviy-axlokiy imkoniyatlari tan olinmaydi. Inson uz xarakatida fakat xayotiy instinktlarga amal kilgan xolda yashaydi. Umuman, inson fakat biologik mavjudotdir, deb Gelen bir tomonlama talkin kildi. Uning ruxiy imkoniyatlari, irodasi, kalbi kabi xilkatlari axamiyatini yetarli darajada baxolamay, instinkt tabiatiga buysundirib kuya koladi.

20 asrning boshlarida nemis falsafiy antropologiyasi asoschisi Maks Sheller ijodida inson masalasi yangicha qo‘yildi. O‘zining “Simpatiyaning moxiyati va shakllari” deb nomlangan asarida Sheller insonning biologik va ijtimoiy evolyusiya jarayonida ruxiy muxabbat tuyg‘usini egallagan o‘rnini va insonning rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’sirini taxlil qildi. Sheller fikricha inson ruxiy muxabbat va mexr qonunlariga asoslangan ruhiy olamning mavjudotidir, shuning uchun u bu olamning qoidalariga va tizimiga bo‘ysunadi. Sheller antropologiyasining markazida inson ruhi turadi, u tana va xissiyotlar bilan bog‘liqdir, chunki ularsiz ruh kuchsiz va ojiz. Lekin aynan ruh inson irodasini turli xil xarakatlarga yo‘naltiradi. Faqat ruh tufayli inson iloxiy qadriyatlarni anglab yetadi, ular orqali yuksaladi va nixoyat u xaqiqiy insonga aylanadi. Shu bilan bir qatorda inson ruhi yordamida o‘zining jismoniy va xissiy emosional jixatlarini xam mukamallashtiradi, u o‘zini va atrofidagi narsalarni yaxshilashga xarakat qiladi, tananing go‘zalliligiga va qalbdagi mehru muxabbatga intiladi. Shu bilan sivilizasiya davrida tabiatga va boshqa insonlarga nisbatan paydo bo‘lgan salbiy munosabatlar yengiladi. Olloxdan oqib kelayotgan mexru muxabbat nurlari va insonni xam olloxga bo‘lgan muxabbati shaxs faoliyatini belgilaydi va yo‘naltiradi. Ruhiy muxabbat tufayli inson olloxni tan oladi, boshqa odamlarga, qadriyatlarga , olamga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Sheller ruhiy muxabbatni kuchli xis tuyg‘u sifatida emas, balki inson qalbidagi xotirjamlik sifatida, sevgan narsasiga egallik qilish tuyg‘usi sifatida emas, balki narsalar moxiyatiga va iloxiy qadriyatlarga intilish sifatida tushunadi. Shuning uchun ruhiy muxabbat doim ijodiy tabiatga ega bo‘lib, yangi narsalarni yaratishga intiladi, u insonni faol xarakat qilishga chorlaydi. Sheller o‘z asarlarida jismoniy, psixik va shaxsiy “men”, xamda tashqi va ichki, umumiy va individual tana shakllarini xam ajratadi. , Shuni aytish joizki tana uning asarlarida ruhning buyruqlarini bajaruvchi mashina emas, u o‘zi ayrim ruhiy xissiyotlarni va xolatlarni yuzaga keltiradi. U “Ilm sosiologiyasi” asarida xissiy emosional bilimni rasional bilimdan ustun qo‘yadi, uning fikricha tabiatni ilmiy nazariy bilishdan oldin uni sevish kerak. Xayotimizning maqsadi faqat moddiy manfaatlarimizni qondirish, qullay xayot sharoitlarini yaratish, erkinlikka erishish bilan chegaralanmaydi, bularning barchasidan yuksak bo‘lgan maqsad bu ruhiy poklikka erishish. Ruhiy poklik deb Maks Sheller mexnat va ta’limni tushungan, ta’lim esa uning fikricha bilim olish bilan chegaralanmaydi, ruhiypoklikka o‘z fe’l atvoridagi yomon illatlardan qutulish, ezgu jixatlarni, mexr, saxovatni, samimiyliknio‘zida rivojlantirish, xullas ruxiy, iloxiy kadriyatlarga erishish. Ruxiy poklik orqali inson o‘z ichki olamida shunday bir mikrokosmosni yaratadiki unda ruxiy muxabbat orqali inson xam xudoga , xam odamlarga yaqinlashadi va ular bilan birlikda bo‘ladi. Sheller shunday deb yozadi: “Urush bizga dunyoimiz bir butunlikni tashkil etishini, barchamiz manaviy birlikni tashkil etishimiznieslatdi” . Ruxiy muxabbatning inson xayotidagi o‘rni va axamiyati shundan iboratki uning yordamida ruh tana va tashqi olam ustidan xukmronlik qiladi.

Gʻoyalar ruxiy xissiyotlar bilan birlashib, muxabbat bular ichida eng kuchlisidir, birlashib inson faoliyatining xarakatga keltiruvchi asosiga aylanadi, bu faoliyat esa g‘oyalarni xilma xil soxalarda amalga oshishiga yordam beradi.

Shunday qilib, biz mashxur nemis faylasufi Maks Shellerning tana va ruh o‘rtasidagi munosabatlarni qanday taxlil qilganini ko‘rib chiqdik.
Download 13,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish