Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Palmer ichida klub joylashgan eski bino vestibyuliga kirib keldi va liftning kashtasimon temir 
panjarasi oldiga kelib to‘xtadi. Bunday eski uy allaqachon buzib tashlanishi kerak edi. O’ttizinchi 
yillarda uning o‘rnida to‘ybop tortga o‘xshagan didsiz naqshli, granitdan tiklangan hapqat bir inshoot 
yoki quruq temir-beton quticha yuzaga kelgan bo‘lardi. Keyingi besh yil davomida esa bu yerda 
zamonaviy shisha akvarium-uy barpo etishlari mumkin edi, deb mushohada yuritardi Palmer, 
erinchoqlik bilan pastga sho‘ng‘iyotgan lift shovqiniga quloq solgancha; butun bino, aftidan, klubga 
kirardi, boshqacha bo‘lishi mumkin emasdi. Faqat klub a’zolarining urinib-chiranishlari tufayligina bu 
uy taraqqiyotning qaqshatqich hujumlariga qarshi turib bera olardi. Hozir ham  o‘z umrini yashab 
bo‘lgan davrda o‘ziga xos bir yodgorlikka aylangandi. 
Daqqiyunusdan qolgan qulf bilan birmuncha olishuvdan keyin kamida yetmishni urib qo‘ygan liftchi 
chol nihoyat lift eshigini ochdi va Palmer xonachaga kirdi. 
— Klubga, iltimos. 
Palmer liftchining oppoq ko‘rkam soqoliga razm soldi. Eshik yopildi va lift qandaydir jangir-jungur 
va qulq-qulq qilgan ovozlarga jo‘r bo‘lib tepaga ko‘tarila boshladi. Palmer qoshini chimirdi: nahotki, bu 
bino shu qadar eski bo‘lsaki, undagi lift hali ham suv bosqoni bilan ishlasa? 
— Qulqullayotgan nima? — so‘radi u liftchi choldan. 
Chol asta burilib, unga qulog‘ini tutdi: 
— Kechirasiz, bir nima dedingizmi? 
— Yo‘q, hech nima. 
Ular tantanavor sukut saqlab asta ko‘tarilib borar edilar, go‘yo lojada filarmoniya joylashgan-u, ular 
lift shovqinini emas, simfonik kuy tinglayotganday. 
O’n ikkinchi qavatda liftchi liftni vaqtidan oldin to‘xtatdi, keyin ular kerakli holatdan tepaga o‘tib 
ketishdi va chol bir qancha shunaqangi murakkab va shovqinli urinishlar qilishiga to‘g‘ri keldiki, butun 
kabina silkinib ketib, Palmerning hatto biroz kayfi ham uchdi. 
— Mijozlar o‘zlarining kelganlarini metrdotelga xabar qiladilar, — g‘udrandi liftchi chol nihoyat lift 
eshigini ocharkan. 
Metrdotel joyida yo‘q edi va Palmer baland .stolda turgan qo‘ng‘iroqchani chaldi. U bong ovoziday 
bo‘g‘iq va cho‘ziq sado berdi. Vaqt o‘tib borardi. Palmer u yoq-bu yoqqa qaradi. Ha, hozir bunaqa qilib 
qurishmaydi. Shiftlarning balandligi kamida o‘n besh fut kelardi. Devorlari mum surtib yaltiratilgan 
dub baget qoplamasi va usti yashil shishasimon yuqorigi qismi kulrang tusda. Devor  yoniga qo‘yilgan 
o‘rindiqlar oq dubdan yasalgan bo‘lib, yon suyanchiqlari g‘oyat zalvorli. Suyanchig‘i va o‘tirg‘ich 
qismlariga qora charm qoplangan. Palmer o‘rindiqlardan birini ko‘tarib ko‘rdi: u manavi yerda ellik 
funt kelardi. Qiziq, bu buyumlar qachon yasalgan bo‘lsa? Yarim asr oldinmi yo yetmish yilmi? 
Bundaylarga o‘xshaganini yasattirish uchun hozirgi narxlarda  odamning aqli bovar qilmaydi. Darvoqe, 
bunday o‘rindiqlar sinmaydi ham, shu bois ular hech qachon ta’mir ham talab etmaydi. 
— Ser? 
U o‘girilib qaradi va och ko‘krang shim va qora sarg‘ish pidjakdagi  yoshi katta kishini ko‘rdi. 
— Vude Palmer. Mister Lumis huzuriga. 
— Ha, mister Palmer. Mister Lumis sizga muntazirlar. Bu yoqqa marhamat etsinlar. 
Palmer xiyla ensiz va haddan tashqari uzun yo‘lakdan unga ergashdi: deyarli uyning yarmini yurib 
o‘tishga to‘g‘ri keldi, nihoyat ular ichiga taxminan yigirmatacha dumaloq stol terib qo‘yilgan keng 
tanobiy xona eshigi oldida paydo bo‘lishdi. Kun yorug‘i bu yerga ko‘chaga ochiluvchi ko‘tarma 
derazalardan tushar edi. Bir vaqtlar derazalardan daryo manzarasi ko‘rinib turardi, ammo  hozir 
ko‘chaning narigi tomonida oyna va alyumindan tiklangan ko‘p qavatli binolar bo‘y cho‘zib, daryoni 
deyarli butunlay to‘sib qo‘ygandi. Uning bostirib kelganini bu yerda qanchalik yoqtirmay qarshi 
olishlarini tasavvur qilib, Palmer bilinar-bilinmas jilmayib qo‘ydi. 
Palmer tanobiyning to‘riga, boshqalardan sal narida turgan bir dumaloq stol oldiga borib to‘xtadi va 
stolda o‘tirgan qotmagina keksa odamga odob bilan ta’zim qildi. 
— Mister Lumismisiz? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish