www.ziyouz.com kutubxonasi
173
bankirning zamonaviy namunasini o‘zingizda namoyon qilgansiz, — qo‘shib qo‘ydi u Virjiniyaga ko‘z
qisib, — hamkorlik qilishga hoziru nozirsiz va umuman oliy darajadagi zakovat sohibisiz.
— Maqtov so‘zlaringiz maqoladan boshqa siz uchun hamma narsa qilib bera oladi, — javob berdi
Palmer. — Yana o‘shanday matbuot uchun emas — men Berns va Tammani bilan aloqani meros qilib
olganman. Bunda qandaydir mantiq bor. YuBTK sizning savollaringizga o‘xshagan savollarga o‘rin
qoldirmaydigan qilib ish ko‘rmog‘i lozim, xolos.
— Boshqacha aytganda, Tammani bilan hamkorlik qilish sizga yoqmaydi, shundaymi?
— Men qarshi emasman, faqat men uni o‘yinning asosiy qoidalaridan biri deb bilaman, xolos.
— Uh-h, — dedi Mollett. U yana Virjiniya tomon o‘girildi: — Kelasi safar men undan intervyu
olganimda qalamni xonada qoldirishimni eslatib qo‘y.
— Bunaqa tikka savollar bermagin-da, — maslahat soldi Virjiniya.
— Biz norasmiy gaplashayapmiz. Chegara — osmon bilan yercha, xo‘pmi? — dedi u Palmer
tomonga o‘girilib.
— So‘rang.
— Ha, albatta-da, — kuldi Mollett, — yana qanaqa yo‘l bilan biron narsa bilib olardim? — U stolga
shunchalik chuqur engashib oldiki, viskili stakan uning ko‘kragiga qisilib qoldi. — Bunga nima deb
javob bergan bo‘lardingiz: siz Mak Bernsga ishonasizmi?
— Ishonmasligim kerakmi? — uni qayirib tashladi Palmer.
— Kasodgarchilik borasidagi ishlarni olib boruvchi sudlar unga ishonadigan odamlarga liq to‘la.
— Tushunishimcha, uning mijozlaridan ko‘pchiligi ancha boy odamlar bo‘lgan.
— Men aynan ana shundaylar haqida gapirayotibman hozir, Makning siyosiy ta’siridan foydalanish
niyatida uning oldiga tanda qo‘yuvchi chakana-chukanalar haqida emas. U bunday odamlarning
ayamay siqib suvini ichdi va agar ulardan loaqal bir foizginasi qachonlardir hukumat shartnomasini
olgan bo‘lsa, hayratdan yoqa ushlagan bo‘lardim.
— Bunday odamlarga ko‘zingiz tushganida yuragingiz qonga to‘lmaydi, shunday emasmi? — so‘radi
Palmer. — Bunday o‘yinning mohiyati shundan iboratki, yurakni siqib, qonini ichuvchi odamning
yuragi toshdan bo‘lishi kerak.
— To‘g‘ri. YuBTK ga nisbatan meni xuddi shu narsa tashvishga soladi.
Palmer yana ofitsiantni chaqirdi.
— Qaytaring.
— Zo‘r, — rozi bo‘ldi Mollett.
— Meniki — bas, — dedi Virjiniya.
— Aytmoqchi, yeyishga u-bu buyursak qalay bo‘larkin? — qo‘shimcha qildi Mollett. — Men ozroq
omar olaman, qovurilganidan va yangi sabzavotdan salat ham. Sen-chi, Jinniy?
— Nyuburgcha omar.
— Pushti mag‘iz bifshteksi, chala qovurilganidan, — dedi Palmer. — Qanaqa gazak bo‘lsin?
— Menga hech narsa. — Mollett boshini bir yonga solintirdi. — Bilasizmi, u buyurtma olib
ketganida men sizga yana o‘sha savolni beraman?
— Xuddi shundan qo‘rqib turuvdim, Virjiniya!
— Rahmat, omardan boshqa hech narsa kerak emas.
— Bo‘ldi. — Palmer ofitsiantning uzoqlashayotganini kuzatib turdi. — Siz, — deb davom etdi u, —
YuBTKning ko‘nglida o‘g‘irlikka moyillik bor ekan, deb o‘ylayapsizmi?
— Ko‘nglida shunday moyillik borga o‘xshab ish tutilyapti deyapman.
— Sizning bank haqida bunday o‘ylashingizdan hayronman. Bank biznesi — bu insoniyatga ma’lum
yagona qonunlashtirilgan o‘g‘rilik ekanini nahotki bilmaysiz?
Mollett tugmadekkina semiz lablarini bujmaytirib, bosiq jilmaydi.
— Siz mening savolimga hazil bilan chap berib ketmoqchimisiz?
— Bo‘pti. Buni boshqacha ifoda qilib berishimga ijozat bering: o‘tgan yillarda Olbanida shtat
chekkalaridagi qonun chiqaruvchilar tijorat banklarini homiylikka oldilar. Nyu-York qonun
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |