Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
o‘pishishlar va erkalatishlardan Humoyun o‘zini baxtiyor sezardi-yu, ammo ko‘nglining 
bir chetidan «bu baxt juda omonat, hushyor bo‘l, senga qarshi qilich qayragan g‘animlar 
atrofingni o‘rab kelmoqdalar», degan ogohlantirish eshitilib turganday bo‘lardi. 
Gap faqat Jun daryosining narigi qirg‘og‘ida unga tahdid solib turgan shoh Husaynda 
emas edi. Yuz mil narida shoh Husayndan yirikroq va xatarliroq yov — roja Mal Deva 
Humoyunni qo‘lga tushirish va Sherxonga topshirish fikrida yurardi. Sherxonning o‘zi esa 
shimolda Panjobni, sharqda Ajmirni, janubda Malvani ishg‘ol qilib, Humoyunning bu uch 
tomonga boradigan barcha yo‘llarini bekitgan va uning atrofidagi halqani tobora qisib 
kelmoqda edi. Ganga bo‘yida bir marta g‘aflatda qolib Beka begimni va qizchasi Aqiqani 
oldirib qo‘ygan Humoyun endi Akbar bilan Hamidani bunday balolardan omon saqlash 
haqida tun-u kun o‘y surardi. 
Uning odatdagidan o‘ychanroq bo‘lib qolganini sezgan Hamida bonu: 
— Biz Akbar bilan ne qilsak sizning mushkulingiz oson bo‘lg‘ay, hazratim? — deb so‘radi. 
— Uzoq yo‘lga chidab bersalaring, ikkovlaringni bexatar joylarga olib ketsam... ko‘nglim 
sal tinchirmidi? 
— Uzoq yo‘lingiz qayer — Gujaratmi? 
Humoyun og‘ir tin olib bosh chayqadi — hozir u Gujaratdan ham umidini uzgan. Chunki 
Sherxon Malvani olib, sakson ming qo‘shin bilan Gujarat chegarasiga yaqinlashgach
Humoyunning u yerdagi xayrixohlari tahlikaga tushib qolgan edi. Ular Humoyunga yon 
bosib, keyin Sherxonning g‘azabiga uchrashdan qo‘rqishar edi. Bayramxon Humoyunga 
chopar yuborib: «Zinhor Gujaratga kelmang, men o‘zim huzuringizga borib jon 
saqlamasam, bu yerda yana asoratga tushib qoladiganga o‘xshaymen», deb xat yozgan 
edi. Humoyun uni birga olib kelish uchun Xadang eshik og‘ani va filbon La’l Chandni 
jo‘natganiga ikki kun bo‘ldi. 
— Bayramxon kelsa, Kobulgami yoki Qandahorgami ketishdan boshqa chora yo‘q, — deb 
Humoyun Hamida bonuga ma’yus termuldi. 
— Nahotki Hindistonni butunlay tark etsak? — armon to‘la tovush bilan so‘radi Hamida 
bonu. — Kechagina hind ayoli Ruparani Akbarni bag‘riga olib siynasini berganda mening 
dilimda qancha yorug‘ orzular bor edi. Zora, butun Hindiston shu ona timsolida Akbarni 
o‘z farzandidek bag‘riga olsa. Zora, o‘g‘limiz ham shu ulug‘ mamlakatga chin farzandlik 
xizmatini qilsa. Nahotki bu orzular bari puch chiqsa, hazratim? 
— Noumid shayton, Hamida bonu! Shoyadki, bu orzularingiz kelajakda ro‘yobga chiqsa. 
Lekin Akbar o‘sha kelajakka eson-omon yetib borishi uchun uni bexatar joylarga olib 
ketmog‘imiz kerak. 
Hamida bonu Kobuldagi Komron mirzoni va Qandahordagi Hindol mirzoni ko‘z oldiga 
keltirdi-yu, ularning yoniga borishdan yuragi bezilladi. 
— Mening Hinddan hech ketkim yo‘q. 
Mening ketkim bor deysizmi, Hamida? Hindiston et bo‘lsa, biz unda tirnoqdek o‘sdik. 
Tirnoqni etdan ajratib ko‘ring, og‘rig‘iga chiday olmaysiz! Men ikki yildan beri Hinddan 
ketolmay sargadon bo‘lib yurganim — tirnoqni etdan ajratib ololmayotganimdan. 
Bo‘lmasa bultur Bhakkardan Kobulga yo Qandahorga ketaylik deganlar ko‘p edi. Hozir 
ham, agar siz bilan Akbardan xavotir olmasam, shu yerlarda tavakkal qilib, shoh 
Husaynlar bilan olishib yuraverishim mumkin. Lekin vaziyat yomon, qavat-qavat 
g‘animlar halqasi atrofimizni o‘rab kelmoqda. 
— Men-ku, otliq yurib chiniqqanmen. Yoz issiqlarida ham ketavergaymen. Lekin Akbar 
hali ikki oylik chaqaloq. Yana o‘sha jazirama sahrodan o‘tadigan bo‘lsak, murg‘ak bola 
bardosh berolmagay. 
Panjob Sherxonning qo‘lida, Humoyun shimoldagi Kobulga yoki Qandahorga ketish 
uchun yana ulkan Tar sahrosi orqali o‘tishga majbur. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish